Sana: " " " " 020-yil Sinf: " " Fan: Kimyo




Download 140.99 Kb.
bet5/19
Sana04.04.2022
Hajmi140.99 Kb.
#19279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-sinf III chorak yangi konspekti 2019-2020
7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020, Воспал.забол.кишечника
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga, O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: 
Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalariamaliyotda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Metall holida magniyva kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi.Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlar tayyorlashdahamda fotografiyada magniy keng qo‘llaniladi. Ular asosiyqurilish materiallari: asbest, alebastr, giðs, ohak, marmar, oddiyva silikat g‘isht, sementlarning asosini tashkil qiladi. Magniyva kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo‘llanadi: magnezit,kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat, talkkabilar shular jumlasidandir. Shisha, po‘lat, cho‘yan ishlab
chiqarishda, ohak, tuproqning kislotaliligini pasaytirishda kalsiykarbonat va so‘ndirilgan ohak, rezina, bo‘yoqlar, tish pastalari(kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda,qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda so‘ndirilgan ohak kabi kalsiy birikmalari keng ishlatiladi.Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi oq
tindirmasi ohak suti deb ataladi. So‘ndirilgan ohak qurilishdakeng ishlatiladi. Ohak suti qand ishlab chiqarishda qand lavlagisisharbatini tozalashda qo‘llanadi. biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdanmuhim elementlar qatoriga kiradi:
Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchunmuhim ahamiyatga ega kimyoviy elementlardir.
• O‘simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchixlorofill asosida magniy joylashgan.
• Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdaniborat.
Ma’lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilganva kislorodni havoga, asosan, o‘simliklar yetkazib beradi.Undan tashqari, sayyoramizdagi ozuqaviy zanjirda o‘simliklar
eng muhim o‘rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridniquyosh nuri ishtirokida organik molekulalar-ozuqaviy zaxiralargaaylantiradi. Bu jarayonni o‘simlik hujayralarida markaziy
atom sifatida magniy tutgan kompleks-xloroplast, xlorofilldonachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatdahayvonlar harakat-tayanch sistemasining asosini tashkil etadi,himoya funksiyasiga ega. Organizmda kalsiy disbalansi allergic kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi.Qonning ivishi, ba’zi fermentlar faolligi ham kalsiy bilanbevosita bog‘liq omillardir.Magniy muskul to‘qimasida 0,09 %, ilikda 0,07—0,18 %,qonda 37,8 mg/l miqdorda bo‘ladi. har kuni ovqat bilan 250—380 mg iste’mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg)o‘rtacha 42 gramm miqdorda bo‘ladi.Kalsiy muskul to‘qimasida 0,14—0,7 %, ilikda 17 %, qonda60,5 mg/l miqdorda bo‘ladi. har kuni ovqat bilan 0,6—1,4 g iste’mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o‘rtacha 1,7 kg
miqdorda bo‘ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99 % suyakda, 1 % esa qon va limfada bo‘ladi.Professor I.R.Asqarov tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsati bilan amaliyotgajoriy etilgan “Askalsiy” birikmasi tarkibiga, asosan, kalsiy vamagniy hamda 20 dan ortiq mikroelementlar kiradi. “Askalsiy”birikmasi organizmning himoya vositasini kuchaytirish evazigasuyak, qon, xavfli o‘sma, polimiyelit kabi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.O‘simliklarda fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi pigment — xlorofill tarkibida 3 % magniy bo‘ladi. Magniy tuzlariyetishmasligi o‘simliklar barglarining yashilligini yo‘qotadi, fotosintez jarayoni buziladi, hosildorlikning keskin kamayishiga olibkeladi.birikmalari: kalsiy oksid – CaO.
Kalsiy oksid xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan moddalardan hisoblanadi va so‘ndirilmagan ohak deb ham ataladi.Sanoatda kalsiy oksid “ohak pishirish” sexlarida ohaktoshnikuydirish yo‘li bilan olinadi:
CaCO3t CaO + CO2
Kalsiy oksid oq rangli qattiq modda, siz uni qurilish maydonlarida ko‘p marotaba uchratgansiz. Ochiq holda uzoq muddat turib qolsa, havodagi CO2 va suv bug‘lari bilan reaksiyagakirishib, o‘zining xususiyatini yo‘qotadi:
CaO + CO2 = CaCO3
Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Reaksiya issiqlikchiqishi bilan sodir bo‘ladi:
CaO + h2O = Ca(Oh)2 + Q
Kalsiy oksid, asosan, kalsiy gidroksid olish uchun sarflanadi.Kalsiy gidroksid – Ca(Oh)2. So‘ndirilgan ohak deb ataladi.U oq rangli g‘ovak modda bo‘lib, suvda oz eriydi (1 l suvda
1,56 gramm).

So‘ndirilgan ohak, qum, suv va sement bilan birgalikdaqurilishda bog‘lovchi qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi.Kalsiy gidroksid asoslar uchun xos bo‘lgan barcha reaksiyalarga kirishadi (7- sinf kimyo darsligi “Asoslar” mavzusi).Ohak suti — so‘ndirilgan ohakning suvdagi suspenziyasi.Sutga o‘xshash loyqa eritma.Ohakli suv — ohak sutini filtrlab olingan so‘ndirilgan ohakning to‘yingan eritmasi. Ohakli suv karbonat angidrid va suvdaeriydigan karbonatlar uchun reaktivdir.Ohakli suv orqali karbonat angidrid gazi o‘tkazilsa, loyqalanish kuzatiladi:
Ca(Oh)2 + CO2 = CaCO3 + h2O
Karbonat angidrid o‘tkazish davom ettirilsa, eritma yanatiniq bo‘lib qoladi. Bunda karbonat angidrid gazi CaCO3 gata’sir etib, eruvchi tuz Ca(hCO3)2 ni hosil qiladi:
CaCO3 + CO2 + h2O  Ca(hCO3)2
Xlorli ohak – CaOCl2. Oksidlovchi modda bo‘lib, xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. To‘qimachilik sanoatida oqartirgich sifatida, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Dezinfeksiyalash maqsadida ham ishlatiladi.So‘ndirilgan ohakka xlor ta’sir ettirib olinadi:
2Ca(Oh)2 + 2Cl2 = Ca(OCl)2 + CaCl2 + 2h2Ogiðs.

  1. tabiiy giðs – CaSO4 .2h2O2) kuydirilgan giðs – (CaSO4)2. h2O
    3) suvsiz giðs – CaSO4Kuydirilgan giðs alebaster deb ham ataladi:2CaSO4.

  2. 2h2O 150—170oC (CaSO4)2.h2O + 3h2O
    Alebaster xalq xo‘jaligida ko‘p maqsadlarda, qurilishda,tibbiyotda ishlatiladigan modda. U suv bilan qorishtirilganda tezqotadigan qorishma hosil bo‘ladi:(CaSO4)2.h2O + 3h2O  2[CaSO4.2h2O]
    Kalsiy fosfat [Ca3(PO 4)2] — tabiatda, asosan, fosforit vaapatit tarzida, shuningdek, inson va hayvonlarning suyagi,tishlari tarkibiga kiradi.


Download 140.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 140.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: " " " " 020-yil Sinf: " " Fan: Kimyo

Download 140.99 Kb.