• Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar
  • Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet148/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
    Dorixona amaliyotida qanday uchuvchan erituvchilar ishlatiladi?
    Rеtsеptda spirt quvvati ko‘rsatilmagan bo‘lsa qanday spirt ishlatiladi?
    70% li 120 ml spirt eritmasini tayyorlash uchun 95% li spirt qanday suyultiriladi?
    Uchmaydigan erituvchilarda eritma tayyorlashning o‘ziga xosligi nimalardan iborat?
    Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar
    1. Oling: Mеtilеn ko‘kidan 0,2
    Etil spirtidan 40 % - 15 ml
    A.B.B. Surtish uchun.
    2. Oling: Timoldan 0,3
    Mеntoldan 0,1
    Etil spirtidan 10 ml
    A.B.B. 1 stakan suvga 5 tomchi, chayish uchun
    3. Oling: Mеntoldan 0,05
    Kamforadan 0,06 
    Suyuk parafindan 
    10,0
    A.B.B. Ingalyatsiya uchun
    4. Oling: Brilliant yashilidan 0,05 
    Etil spirtidan 10 ml
    A.B.B. Surtish uchun
    Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarning ―B\B\B usulidan foydalanib o’tkaziladi.
    Mashg‗ulotda ko‗rib chiqilgan ma‘lumotnomalar, adabiyotlarga asoslanib uchuvchan va
    uchuvchan bo‘lmagan eritmalarni texnologiyasini ―B\B\B‖ jadvalidan foydalanib ifodalash.
    B\B\B jadvali
    Bilaman
    Bilishni xoxlayman
    Bilib oldim
    Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi
    toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar,
    ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
    Asosiy matn
    Tibbiyotda ishlatiladigan spirt - etil spirti bo‘lib, amalda vino spirti deb ham yuritiladi, 
    95%, 90%, 70%, 40% konsentratsiyalari ishlatiladi. Spirtli eritma yozilganda konsentratsiyasi 
    shifokor tomonidan ko‘rsatilmasa, unda 90% spirt ishlatiladi. Etil spirti kraxmal saqlovchi 
    donlardan bijgitish yo‘li bilan olinadi. Uni tozalab (rektifikatsiya) ma‘lum bir darajaga 
    etkazilgandan so‘ng iste‘molga chiqariladi. Toza etil spirti oson chayqaladigan, tinik, rangsiz, 
    achchiq kuydiruvchi mazaga ega bo‘lgan, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, 
    oson alangalanadi. Etil spirti ko‘pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Ya‘ni 
    organik kislotalar, efir moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi.


    Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi 
    aralashadi.
    Suvni spirt bilan aralashtirilganda aralashma isib, umumiy hajm kamayadi, buni 
    amaliyotda kontraksiya xodisasi deb yuritiladi. SHu sababli ham suv-spirt aralashmasining 
    ma‘lum darajasini olish uchun uni albatta oldindan hisoblab, hajmlari belgilanib, so‘ng 
    aralashtirish kerak. Hisoblashda spirt-suv aralashma nisbatlarini ko‘rsatuvchi alkogolometrik 
    jadvallardan foydalanish mumkin.
    Erituvchi sifatida etil spirti ichish va surtish uchun mo‘ljallangan dori preparatlarini 
    tayyorlashda ishlatiladi. Ba‘zi hollarda esa in‘eksiyaga mo‘ljallangan dori preparatlari tarkibiga 
    ham spirt kiritilishi mumkin.
    Spirtda eritiladigan moddalarning eruvchanligi spirtli aralashmadagi spirt miqdor i bilan 
    bog‘li-ligini hisobga olib, spirtli aralashmadagi aniq miqdori belgilangan bo‘lishi ahamiyatlidir.
    Spirtli eritmalarning 15-20% dan yuqorilari bakteritsid ta‘sirga ega bo‘lib, ularni idishlarni, 
    ko‘lni, xirurgik asboblarni artishda qo‘llash mumkin.
    Spirtni ogzi maxkamlangan shisha idishlarda, Salqin erda ―B‖ ro‘yxat saqlash zarur. 
    Eritmalar tayyorlanganda olinadigan spirtni darajasi shu eritmani tayyorlash bo‘yicha
    tuzilgan normativ xujjatlarda ko‘rsatiladi va shunga asosan shifokor ko‘rsatmasi bo‘lishi ham 
    mumkin.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish