Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, o‘simlik hom
ashyolari, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, infundir
apparati, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy matn
«Mucilagines» so‘zi lotincha bo‘lib, «mucus» - shilimshiq , «agare» - qilish, ta‘sir qilish
degan ma‘noni anglatadi.
Shilimshiqlar ximiyaviy tuzilishi jixatidan polisaxaridlarga yaqin azotsiz murakkab
organik moddalar bo‘lib, liofil kolloidlar tipidagiquyuq va elimshak suyuqlliqdir.
SHilimshiq dori shakli asosan ichishga, ba‘zan tugri ichakka yuborish (klizma) uchun
qo‘llaniladi. SHilimshiq ichilganda ;
1.Me‘da va ichak shilliq qavatlarini qoplab olib, dorini so‘rilishini sekinlashtiradi , ta‘sir
vaqtini uzaytiradi .
2.Balgam ko‘chiruvchi sifatida ayniqsa bolalar kasalliklarida ko‘p qo‘llaniladi.
3.Dori moddalarining qitiqlovchi ta‘sirini kamaytiradi.
Shilimshiqlar farmatsiyada yana emulgator sifatida xam xab dori va tabletkalar
tayyorlashda ishlatiladi.
Bu dori turini tayyorlashda shilimshiqlarning kislotalar, asoslar, og‘ir metal tuzlari va
spirtga zid ekanligini xisobga olinishi kerak, shuningdek xom ashyoning fizik kimyoviy xossalari
o‘simlik xujayralarining gistologik tuzilishi va ulardagi qo‘shimcha moddalar xususiyatiga
e‘tibor beriladi.
Tushuntirish matni
Gulxayri ildizi damlamasi – Infusi radicis Althaeae
Shilimshiqlar «ex tempore» tayyorlanadi. Dorixona sharoitida eng ko‘p uchraydigan
Gulxayri ildizi damlamasi hisoblanib, undan doim shilimshiq tayyorlanadi. Gulxayri ildizi
tarkibida 35 % shilimshiq moddalar va 37 % kraxmal, 10,2 % qand, pektin asparaginat kislota,
betain saqlaydi. Gulxayri ildizidan damlama tayyorlashda shilimshiq moddalarni maksimal
darajada ajratib olish bilan birga yordamchi moddalarni (kraxmal) ajralib chiqishini kamaytirish
lozim CHunki kraxmalni ajralib chiqishi hisobiga ajratma quyuqlashib, mikroorganizmlarni
ko‘payishi uchun yaxshi muxit xosil kiladi. Gulxayri ildizi damlamasi IX DF da 260 ,262
makollalarda Infusum radicis Althaeae deb keltirilgan va uni tayyorlashda quyidagi talablarga
rioya kilish kerak:
agar dorixatda damlama, qaynatma yoki shilimshiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa ham har
doim matseratsiya usuli bilan damlama tayyorlanadi.
sovuk usulda tindirish bilan, ya‘ni xona xaroratida 30 min. davomida aralashtirib turgan
xolda ajratib olinadi. Sovuq usuldan foydalanishdan maqsad, ajratmaga faqat shilimshiq
moddalarni o‘tkazishdir, vaholangki bu sharoitda ferment va mikroflora o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Sovuq usuldan foydalansak, u xolda ajratmaga kraxmalni o‘tishi, xarorat oshgan sari ko‘payadi,
va xujayralarda kraxmal kleysteri xosil bulib, shilimshiq moddalarni ajralib chiqishiga xalaqit
beradi.
agarda dorixatda gulxayri ildizini miqdor i ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u xolda 1:20 nisbatda
damlama tayyorlanadi (ya‘ni 5%, 5g. xom ashyo 100mlga.)
ajratmani siqmasdan suzib olinadi, chunki siqqanimizda kraxmalga to‘la xujayralar va
ularni bulaklari ajratmaga utib uni xiralashtiradi va natijada sifati tez buziladi.
gulxayri ildizi o‘zida ma‘lum darajada suv shimib qoladi, shuning uchun undan
damlama tayyorlashda sarf koeffitsientidan (K sarf) foydalaniladi.
Sarf koeffitsienti deb, ajratma olish uchun kerak bo‘ladigan xom ashyo va ekstragentni
miqdor ini -ancha oshishini ko‘rsatadigan kursatkichiga aytiladi.
Sarf koeffitsienti tajriba yuli bilan aniklanadi.
Masalan: 5 g gulxayri ildiziga 100 ml suv ko‘yib, ajratma olinganda uni xajmi 77 ml ni
tashkil etdi, ya‘ni 5 g xom ashyo uzida 23 ml suvni shimib koladi.
5,0-------------23ml
1,0-------------x
X-4,6 ml suv. 1g. ildiz 4,6 ml suv shimib qolar ekan .
K sarf formula yordamida xisoblab topamiz.
Ksarf - 100 g‘ 100 –(a x 4,6)
Bu erda, a- dorixatda yoziladigan xom ashyo miqdor i ,g
4,6- gulxayri ildizi SSHK
100- tayyor ajratma xajmi, ml
Ksarf - 100g‘100-(5x4,6)-1,3
Demak gulxayri ildizi damlamasini 1:20 nisbatda tayyorlasak, u holda Ksarf -1,3 ga teng
bo‘lar ekan.
Rp: Infusi radicis Althaeae 100, 0
D.S
Pasport: Gulxayri ildizi (1: 20) -5,0 x 1,3 - 6,5 g
Tozalangan suv 100 ml x 1,3 - 130 ml
Dorixatda ko‘rsatilgan Gulxayri ildizidan 100,0 shilimshi- tayyorlash uchun (dorixatda
shilimshi-, kaynatma deb yozilgan bo‘lsa ham, baribir shilimshi- tayyolab beriladi ) IX DF da
ko‘rsatilganidek , idishga 6,5 g maydalangan ildizdan solib , ustiga 130 ml uy xaroratidagi suv
kuyiladi va uy xaroratidagi joyga 30 minut kuyib ko‘yiladi , xamda vaqti – vaqti bilan
aralashtirib turiladi. So‘ngra tayyor damlamani suzib, -oldi-ni si-masdan 100 ml gacha suv
ko‘shiladi.
Gulxayri ildizidan olinadigan ajratmani konsentratsiyasiga qarab Ksarf o‘zgaradi. Har
birini aloxida tajriba yo‘li bilan topilib, jadvalda ko‘rsatilgan.
Konsentratsiya 1: 100 Ksarf - 1,05
100 - 1,1
100 - 1,15
100 - 1,2
100 - 1,3
Tabobatda gulxayri ildizi ajratmasini sil, bronxial astma, yo‘tal va kukrak ogrigida o‘rab
oluvchi, yumshatuvchi, balg‘am kuchiruvchi sifatida ishlatiladi.
Gulxayri ildizidan tashqari uni ekstrakti va kukunidan foydalaniladi, bu holda Ksarf dan
foydalaniladi.
Rp: Infusi radicis Althaeae 100, 0
D.S
Pasport: Gulxayri ildizi ekstrakti 1:20 -5g
Tozalangan suv 100ml
Gulxayri ildizi kukuni miqdor iga nisbatan 4 marta ko‘p suv bilan bir xil bo‘t-asimon
massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi va qolgan suvni oz - ozdan qo‘shiladi va tindirish uchun
qoldiriladi . Bunda kraxmal bo‘kib, cho‘kmaga tushadi, shilimshiq moddalar esa ajratmada
qoladi. Tindirish vaqti ajratmani konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan: 1% shilimshiq uchun -30 min.
2% shilimshiq uchun - 70 min.
3% shilimshiq uchun - 250 min.
4% shilimshiq uchun - 260 min. va x.k
Zigir urug‘i shilimshigi.
Rp.: Mucilagenis semenis Lini 90,0
D.S
Zigir urug‘i shilimshig‘i konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, VIII DF buyicha 1:30
nisbatda tayyorlanadi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 6% shilimshiq , 35% gacha moy saqlaydi (kraxmal
saklaydi). SHilimshiq moddalar urug‘ining yuz qavatida joylashgan, shuning uchun zig‘ir urug‘i
maydalanmaydi. Agar maydalab tayyorlasak, u holda ajratmaga bo‘yovchi moddalar, oqsil va
moy kislotalarni o‘tishi hisobiga yoqimsiz maza hosil bo‘ladi.
3 gr zig‘ir urug‘ini sovuq suv bilan yuvib, shisha idishga 90 ml qaynoq suvda, og‘zini
berkitib 15 min. davomida chayqatiladi, so‘ng ikki qavat doka orqali suziladi, jihozlanadi.
Salep tuganagi shilimshig‘i.
Rp.: Mucilaginis Salep 100,0
D.S.
Salep tuganagi shilimshig‘ini 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Salep tuganagi tarkibida 50%
gacha shilimshiq , 25% kraxmal va dekstrin saqlaydi. SHilimshiq moddasi asosan YUMB
kleaksan degan uglevoddan iborat.
Abu Rayxon Beruniyning «Saydana» asarida bu o‘simlikni kam quvvatli va mijoz
sustligi, sil davosi, keksalarni quvvatga kiritish, shuningdek qon oqishini to‘xtatish, qoni
tozalashda foydalanishni tavsiya etgan. Salep shilimshig‘i zararli moddalarni me‘da ichak
yo‘lida surilib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Uni uzoq vaqt kasallikdan turgan bemorlarga, ularni
quvvatga kirgizish uchun beriladi.
Pasport: Salep tuganagi kukuni – 1g
Etil spirti 90% – 1ml
Sovu- suv - 10 ml
Kayno- suv - 88 ml
1g Salep tugunagi kukunini 1 ml etil spirti bilan aralashtiriladi, bu kukun xujayralar
orasidagi xavoni si-ib chikarib, ularni bir biriga yopishib kolishini oldini oladi, so‘ng 10 ml
sovuq suvni YUMB ni bo‘kishi uchun qo‘shib aralashtiramiz va oxirida 88 ml qaynagan suv
qo‘shib aralashtiriladi va sovishini sekinlashtirish uchun biror mato bilan o‘rab, soviguncha
ajratmani aralashtiriladi va dokadan suzib o‘tkaziladi. Bunda shilimshiq bilan birga kraxmal ham
ajralib chi-adi va kerakli yorlik bilan jihozlanadi.
|