Standartlashtirish obyektlariga, o‘z navbatida, quyidagilar




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
Standartlashtirish obyektlariga, o‘z navbatida, quyidagilar 
kiradi:
– yagona texnikaviy tilni qo‘shib hisoblaganda umumtex-
nikaviy obyektlar, umumiy mashinasozlikda qo‘llaniladigan 
buyumlarning namunaviy konstruksiyalari (mahkamlash vosi-
talari, asboblar va boshqalar), materiallar va moddalarning 
xususiyati haqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy 
axborotni­tavsiflash­va­kodlash;
– aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy, ijti-
moiy-iqtisodiy dasturlar va loyiha obyektlari;
– respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot 
yoki texnologiyasining raqobat qilish qobiliyatini oshirishini 
ta’minlash imkoniyatini beradigan fan va texnika yutuqlari;
– respublikada ichki ehtiyojni qondirish uchun, shuningdek, 
boshqa davlatlarga eksport sifatida yetkazib berish uchun ishlab 
chiqariladigan mahsulotlari;
– standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, 
mintaqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy 
standartlari talablari bilan uyg‘unlashtirilishi.
«O‘zstandart» agentligi, Davlat arxitektura va qurilish 
qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni 


15
saqlash vazirligi standartlashtirish bo‘yicha tarmoqlararo 
ishlarni­ tashkil­ qilish­ va­ muvofiqlashtirish­ uchun­ o‘z­ huquqlari­
doirasida yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko‘rsatmalar, 
rahbariy hujjatlarni (RH) va tavsiyalarni (T) ishlab chiqadilar va 
manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, 
kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi O‘z RST 1.1-92 
standarti bilan belgilanadi.
Standartlashtirish obyektining o‘ziga xos xususiyatlariga 
va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda 
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi 
standartlarni nazarda tutadi:
– asos bo‘luvchi standartlar;
– umumtexnikaviy standartlar;
– texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) 
standartlari;
– texnikaviy talablar standartlari;
–­ nazorat­ usullari­ (sinovlar,­ tahlillar,­ o‘lchashlar,­ ta’riflar)­
standartlari.
Lozim bo‘lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini), oqilona 
tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi 
mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin.
Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning 
bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash 
jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek, faoliyatning 
muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) 
qoidalarini belgilaydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan 
bir-biriga mos bo‘lishini va o‘zaro almashuvini ta’minlash uchun 
zarur bo‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni 
qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek, mehnat 


16
xavfsizligi, atrof-muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, 
tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik 
jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari
hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy 
shartlarini ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona 
va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil 
topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlash-
tirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish obyektlariga, o‘z navbatida, quyidagilar

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish