• Internet tarmog‘ining tuzilishi.
  • Internetga bog‘lanish
  • Ijtimoiy media
  • Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




    Download 8,31 Mb.
    bet48/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Internet tarmoqg‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.
    Internet tarmog‘ining tuzilishi. Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:

    • texnik;

    • dasturiy;

    • axborot.

    Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
    Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
    Internetga bog‘lanish-Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    Ijtimoiy media - Ijtimoiy media foydalanuvchilarning bevosita muloqotini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar o‘z mediakontentini ochiq foydalanish uchun yuklashi mumkin.
    Internetning xususiyati va an’anaviy OAVdan farq laridan biri foydalanuvchilar imkoniyatini kengaytirishidir. Zarur dasturlar yordamida keng auditoriya uchun har bir foydalanuvchi o‘z kontentini yaratishi mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Internetda uncha keng bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhi kontentning asosiy qismini yaratadi, masalan, video, bloglar yoki matnlar. Ijtimoiy mediada ishtirok etishning eng keng tarqalgan usuli — mavjud kontentni tahrir qilish, baholash va izohlashdir. Ishtirok etishning boshqa usullari qatoriga turli guruhlarga a’zo bo‘lish, “menga yoqadi” belgisini qo‘yish orqali munosabat bildirish yoki onlayn imzolash aksiyalari kabilar kiradi.

    Download 8,31 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

    Download 8,31 Mb.