|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 47/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiMedia matnlarni kontekst tahlili
Medialar axborotni turli usulda taqdim etishi mumkin. Bizni o‘rab turgan madaniy muhit timsol va tasvirlarga juda boy: har kuni medialar tomonidan veb saytlar, kino, yangiliklar va kitoblar orqali taqdim etiladigan axborot bilan to‘qnash kelamiz.
Jamoatchilik e’tiboriga havola etiladigan kontent, shubhasiz, medialarda faoliyat yuritayotgan insonlar tomonidan tanlanadi. Ularning tanlovi esa subyektivlikdan holi emas. Bu, o‘z navbatida, yorliqlar “yopishtirilishi”ga, ma’lum bir tasavvur larning jurnalist yoki muallifning o‘zi xoxlamasada, asoslashga olib keladi. Bundan tashqari, ba’zida o‘quvchi yoki tomoshabin tasvir yoki matndan unga muallif singdirmagan mazmunni ham chiqarib olishi mumkin.
Kontekst tahlil. Turli media nashrlarda yoritilgan bir voqeaning tafsiloti tahlili. Ushbu tahlilda media nashrning har birida bir xil mavzuning ma’lum sanada qanday yoritilishi va har bir nashrning axborotga bo‘lgan yondoshuvlarini (ma’lum bir fikr yoki masalaga oid tushunchani taqdim etishi) va bayon qilish (taqdim etilayotgan axborotning o‘zini, e’lon qilingan axborot manbalarini, taqdim etilgan intervyu lar va yangilik larni vizual qo‘llab-quvvatlanishi) usullari taqqoslanadi.
Media yordamida turli xil ma’lumot larni yaratish usullari, ular tomonidan axborotni taqdim etish usullari, tushunish uchun qiyin bo‘lgan hamda tartibsiz materiallarni qayta ishlash usullarini tushunish va foydalana olish media savodxonlikning asosini tashkil qiladi. Media tomonidan qo‘llaniladigan turli usullar va «kodlar» negizi hamda ularni talqin qilishni tushunish muhim hisoblanadi. Bunda materiallarni kimlar yaratishi va qayta ishlashi, media va axborotning faol yoki interfaol iste’molchi lari yoki axborot yaratuvchi larning qarashlari axborotni taqdim etilish usuliga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish ham foydadan holi emas.
10-§. Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon, global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” (Interconnec netwok) «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” (Interconnec netwok) «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
|
| |