|
Yoshlar, ular hamjamiyatlarining media bilan o‘zaro munosabati
|
bet | 43/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiYoshlar, ular hamjamiyatlarining media bilan o‘zaro munosabati
Mass-media foydalanuvchilari (tomoshabin, tinglovchi, mushtariy, Internetdan foydalanuvchilar) turli hamjamiyatlarni tashkil etadi. Faqat ayrim milliy va xalqaro miqyosdagi, masalan, Olimpiya o‘yinlari, harbiy harakatlar, Fukusima atom stansiyasidagi halokat, Islandiyadagi vulqonning otilishi singari dunyoning barcha mamlakatlar televideniyesi orqali namoyish etiladigan voqea-hodisalarni yagona auditoriya uchun yaratilgan desa bo‘ladi. Auditoriyaning muayyan ko‘rinishlari aniq bir media, kanal yoki dasturlar atrofida shakllanadi.
Texnologik taraqqiyot va ijtimoiy medialar sabab “auditoriya” konsepsiyasi interfaollik mazmunini kasb etdi va, umuman olganda, faollashdi ham. Masalan, onlayn auditoriya sirasiga nafaqat passiv o‘quvchilar yoki yangiliklarni ko‘zdan kechiradiganlar, balki bahslarda va kontentni yaratishda faol ishtirok etadigan foydalanuvchilar ham kiradi. Bunda yaxlit auditoriyaning emas, balki uning faol a’zosining, masalan, onlayn hamjamiyat a’zosining faoliyati bilan bog‘liq savollarni muhokama qilish maqsadga muvofiq.
Har bir maqsadli auditoriya guruhi media bilan o‘z munosabatlarini
O‘rnatadi “Media bilan munosabat” deganda alohida olingan inson yoki hamjamiyatning media bilan o‘zaro munosabati tushuniladi. Media bilan munosabat mediadan foydalanish davriyligi, mediakontentni tanlash, odamlarning media haqidagi fikrlari, yoki ulardan foydalanish ko‘nikmalari xususidagi bahslarni qamraydi. Media bilan individual munosabat har doim inson va mediamatn o‘rtasidagi muloqotni nazarda tutadi. Gap nima - dalil yoki to‘qima – haqida ketayotganidan qat’iy nazar, inson mediamatnning mazmunini shaxsiy qarashlari va tajribasi bilan solishtirib ko‘radi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, insonlar mediadan o‘z qarashlari, qadriyatlari va his-tuyg‘ulariga mos keladigan qarash va g‘oyalarni tanlashga moyil bo‘lar ekan (darvoqe, bu hol ham an’anaviy, ham yangi medialar uchun birdek xos).
Medialardan foydalanish faol tusga ega insonlar televizorni birgalashib ko‘radi, chatda do‘stlari bilan muloqot qiladi, bir biri bilan interfaol o‘yin o‘ynaydi, xatto kinoga borish ham jamoaviy tadbir hisoblanadi. Yonimizda boshqalar bo‘lmaganida esa biz odatda mediaga murojaat qilamiz. Media vositasida insonlarda birlashish hissi mustahkamlanadi. Masalan, “Ezgulik” yoki “Butun olam birga” teleaksiyalari yordamida bolalarni qutqarish, yoki “Hayot uchun!” xayriya marafoni jarayonida buni kuzatish mumkin bo‘lgan. Shunday ekan, yosh jurnalistning matni retsipiyentda auditoriyaning muayyan guruhiga mansublikni shakllantirishga qaratilganini anglash lozim. 22
Bunday guruhlar aksariyat hollarda mediakontent ta’siri ostida hamda submadaniyat mahsuli sifatida shakllanadi. Do‘stlar bir biriga teleseriallarni yoki veb-saytlarni tavsiya etishi, o‘smir atrofda hamma gapirayotgan videoni ko‘ra olmagani uchun o‘zini noqulay sezishi mumkin. Va, aksincha, umumiy media-tajriba muammolarga sabab ham bo‘lishi mumkin. Qiziqishlar, do‘stlar, uslublar va intilishlar esa bizni xuddi shunday ishqibozlikka ega insonlar bilan yaqinlashtiradi Shu bilan birga media tanlovi bizni mutlaqo boshqa mazmun va toifadagi mediakontentni iste’mol qiluvchi insonlardan farqlaydi. Internet mediadan foydalanishdagi ishtirokimiz shakllarini o‘zgartirib yubordi.
Internet va o‘yinlar olamida yoshlar faol yetakchilik qilmoqda. Virtual, interfaol olam ana’anaviy mediadan ham samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Demokratiya va media vositasida jamiyat hayotida ishtirok etish Yoshlar o‘z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahs-munozaralar uchun faol maydoncha vazifasini o‘taydi. Ular “partisipatsiya” xodisasini, ya’ni shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik, ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi. An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar virtual makonda o‘z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O‘zini jamiyatning faol a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Xabardorligi yuqori bo‘lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo‘ladi.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya bolalar va yoshlarning turli kanallar orqali o‘z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan, mediakontent imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda o‘zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni qayerdan va qanday olishni ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Medialar shuningdek, yoshlarga muhim bo‘lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar bahs-munozaralarida qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi kerak.
O‘z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish malakasi–media savodxonligining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, undan OAVning turli kanallari uchun maqola tayyorlashda, videomaterialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama tayyorlashda yoki bahs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchilar o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan muammo yuzasidan ijtimoiy mediakampaniyaga qo‘shilishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida ular opponentlar uchun ma’qul bo‘ladigan shaklda o‘z nuqtai nazarini shakllantirishni ham o‘rganib boradi. O‘z fikrini bayon etish erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o‘z qarashlarini bildirish imkonini berish zarurati tug‘ilgandagina yo‘l qo‘yiladi. Haqorat qilish, sha’nga tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko‘rinishidagi bunday cheklovlar turli suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur.
|
| |