Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




Download 8,31 Mb.
bet45/84
Sana14.05.2024
Hajmi8,31 Mb.
#230471
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Bog'liq
1 Media va axborot savodxonligi

Mediadan foydalanish — bu ishtirokdir: Insonlar televizorni birgalashib ko‘radi, chatda do‘stlari bilan muloqot qiladi, bir-biri bilan interfaol o‘yin o‘ynaydi, xatto kinoga borish ham jamoaviy tadbir hisoblanadi. Odatda mediadan yonimizda hech kim yo‘qligida foydalanishimizga qaramay, biz baribir yagona hayoliy hamjamiyatda ishtirok etayotganimizni his qilamiz. Media vositasida insonlarda milliy birdamlik hissi mustahkamlanadi. Masalan, Olimpiada kabi sport o‘yinlari vaqtida. Bundan tashqari, global yangiliklar dasturlari barcha insonlarni yagona umumjahon auditoriyaga birlashtira oladigan axborotni tarqatadi.
Ma’lum bir guruhga tegishlilik, ayniqsa bolalar va o‘quvchilar uchun muhimdir.
Bunday guruhlar aksariyat hollarda mediakontent ta’siri ostida hamda suhbat madaniyat mahsuli sifatida shakllanadi. Do‘stlar bir biriga teleseriallarni yoki veb-saytlarni tavsiya etishi, o‘smir atrofida hamma gapirayotgan videoni ko‘ra olmagani uchun o‘zini noqulay sezishi mumkin, va aksincha umumiy media-tajriba muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Qiziqishlar, do‘stlar, uslub va intilishlar esa bizni xuddi shunday ishqibozlikka ega insonlar bilan yaqinlashtiradi. Shu bilan birga media tanlovi bizni mutlaqo boshqa mazmun va toifadagi mediakontentni iste’mol qiluvchi insonlardan uzoqlashtiradi.
Internet mediadan foydalanishda ishtirokimiz shakllarini o‘zgartirib yubordi.
Internet va o‘yinlar olamida yoshlar faol tarzda yetakchilik qilmoqda. Virtual, interfaol olam ana’anaviy mediadan ham samaraliroq bo‘lishi mumkin. Odam virtual olamda bo‘lganligini boshqa odamlar ko‘rishi uchun o‘zidan keyin iz qoldiradi, masalan video ko‘rinishida. Yolg‘iz qolganimizda o‘z vaqtimizni bag‘ishlagan qiziqishlarimiz, endi o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatga aylanmoqda. O‘z navbatida hamjamiyatlar esa o‘z a’zolarini ijodiy ishtirokka undamoqda. Qayerda yashashidan qat’iy nazar, qiziqishlari o‘xshash odamlar bir-birini Internet orqali izlab topishlari mumkin. Shu bois, bugungi kunda olimlar Internetda va uning vositasida rivojlanayotgan maxsus partisipativ madaniyatlarni o‘rganmoqdalar.
Axborot erkinligi, axborotning etik jihatlari, odob-ahloq va mas’uliyat yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yaratilishi bilan an’anaviy medianing (radio, televideniye va gazeta lar) qamrovi va ta’sir doirasi bir necha barobarga oshdi, axborot va yangiliklarni olish har qachongidan ham osonlashdi.
Axborot asrida jurnalistlar, axborot uzatuvchilar, media (ham eski, ham yangi lari) xodimlar insonlarning bevosita tajribasi doirasidan tashqaridagi axborotlar bilan ta’minlashda bosh rolni bajaradilar va fuqarolarning ochiq, demokratik va barqaror jamiyat qurishda ishtirokini ta’minlaydilar.
So‘z erkinligi sifatida tanish bo‘lgan o‘z fikrini ifoda etish erkinligi, anchadan buyon inson potensialini to‘liq sarflash uchun shart bo‘lgan boshqa huquqlar va erkinliklar asosi hamda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning asosi bo‘lgan huquqlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘z fikrini erkin ifoda etish axborot va fikrlar bilan samarali almashish imkonini beruvchi jamoat maydonlarisiz amalga oshmaydi. Bundan ana shunday maydon larni taqdim etishda media muhim o‘ringa ega ekanligi kelib chiqadi. Lekin, bu vazifani bajarish uchun media davlat yoki hukumat nazoratidan tashqarida bo‘lishi lozim.
Bu erkinlik esa o‘z navbatida, inson larga odob-axloq meyorlariga rioya etish majburiyatini yuklaydi.
Tarmoq odob-axloqi ijtimoiy kelishuvlar jamlanmasi sifatida tarmoqdagi o‘zaro munosabatlarni yengillashtiradi. Odob-axloq meyorlari turli hamjamiyatlarda doimiy tarzda rivojlanib boradi. Deyarli barcha tarmoqdagi meyorlarda unda qatnashayotgan insonlar real ekanligi hisobga olingan.
Real dunyodagi muloqot qoidalari virtual dunyo uchun ham to‘g‘ridir:

  • o‘zingga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasang, o‘zgalar bilan ham shunday munosabatda bo‘l.

  • Yuzma-yuz beriladigan axborotni Internetga joylashtirish nojoizdir. Virtual dunyoda xabarni qabul qiluvchi inson mutlaqo boshqa madaniyatga mansub bo‘lishi mumkin, bu tushunmovchilik yuzaga kelish xavfini orttiradi. Masalan, hazil-mutoyibani tushunish bevosita madaniy an’analar va tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, kim bilan gaplashayotganingni ko‘rmasang, hazil qilishda ehtiyot bo‘lgan ma’qul.

Ayniqsa yuzingiz ifodasini suhbatdoshingiz ko‘rmasa, gapingizning ohangini his qilmasa, unga kinoyani uzatish juda ham qiyin. Xabar yo‘llovchi suhbatdoshi uni to‘g‘ri tushungan yoki tushunmaganligini bilmasligi mumkin.
Internet keng muloqot vositasi bo‘lgani bois, undan foydalanish o‘ziga xos qoidalar bilan tartibga solinishi lozim. Quyida keltirilgan qoidalar odob-axloqning umumiy qabul qilingan meyorlari hisoblanadi:
− boshqa inson lar tomonidan yaratilgan obyekt (masalan, tasvir, qo‘shiq yoki film)larni ruxsatsiz tarqatish yoki nusxa ko‘chirish orqali mualliflik huquqini buzish mumkin emas.
internetda tuhmat, ishonchsiz va tekshirilmagan axborotni tarqatish mumkin emas. Bunday axborotga grafik tahrirda qayta ishlangan tasvir va o‘zida tuhmatni aks etgan, elektron pochta orqali yuborilgan matn, bir zumlik xabar va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlar kiradi.
− jinsiy qarash va diniy e’tiqodga oid ijtimoiy, siyosiy va diniy mavzulardagi xususiy axborot va tasvirlarni tarqatish noqonuniydir.
− balog‘at yoshiga yetmagan shaxsning jinsiy hayotiga oid tasvirlarni tarqatish noqonuniydir.

Download 8,31 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Download 8,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

Download 8,31 Mb.