|
Internetdan foydalanish bilan bog‘liq chaqiriq va xatarlarni tushunish
|
bet | 53/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiInternetdan foydalanish bilan bog‘liq chaqiriq va xatarlarni tushunish
Onlayn-kontent bilan bog‘liq muammolar va xatarlar
«Youth Protection Roundtable Tool Kit — Stiftung Digitale Chancen 2009» bo‘yicha moslashtirilgan shaklda iqtibos qilinmoqda.
Yoshga to‘g‘ri kelmaydigan kontent: Internet barcha yoshdagi foydalanuvchilar uchun xilma-xil kontent taklif etadi va shu orqali ham ommaviy foydalanuvchi-larning hamda alohida guruhlarning turli qiziqishlarini qondiradi. Bolalar va o‘smirlar kontentning hammasidan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaslik-lari kerak. Shu munosabat bilan muayyan kontent qanday yosh guruhigamos kelishini aniq belgilash lozim. Qonun bilan taqiqlanmagan, ammo yosh foydalanuvchi larga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentga alohida e’tibor qaratish kerak. Yoshga to‘g‘ri kelmaydigan kontent, xususan kattalar uchun mo‘ljallangan pornografiya bolalarga zarar yetkazishi mumkin, ayniqsa undan foydalanish imkoniyati tasodifan yuzaga kelgan bo‘lsa. Yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan kontentga duch kelish xatari foydalanuvchining o‘z xatti-harakatlari bilan bog‘liq. U bu kontentni atayin qidirishi yoki bexosdan unga to‘qnashishi mumkin. Yoshi nuqtai nazaridan cheklangan kontent tijorat asosida taqdim etilishi mumkin, ammo foydala-nuvchilar tomonidan ham yaratilishi mumkin. Yoshi nuqtai nazaridan cheklangan kontentdan foydalanish huquqi muayyan foydalanuvchi larga beriladi, umumiy kontentdan esa, odatda, hamma foydalanuvchilar foydalanadi va shu sababdan u alohida e’tibor talab etadi. Bugungi kunda ko‘p bolalar va o‘smirlarning multimedia imkoniyatlariga ega telefonlari bor va bitta tugmani bosib Internetga kirishlari mumkin. Bunda, ular yoshlariga to‘g‘ri kelmaydigan kontentga duch kelganlarida, yonida kattalar bo‘lmasligi mumkinligini unutmasligi kerak.
Kontent tekshirilmasligi: Internetdan olingan kontent mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirilmaydi, shunday ekan o‘smirlar kontentga tanqidiy yondashishni o‘rganishlari va u yerda o‘qiganlarining hammasiga ko‘r-ko‘rona ishonmasliklari juda muhim. Veb 2.0 muhitiga xos bo‘lgan foydalanuvchilik kontenti ko‘pincha to‘liq emas, noxolis va noaniq bo‘lishi mumkin. Yoshlaronlayn o‘qisabo‘ladigan narsalarning hammasiga ham ishonib bo‘lmasliginibilishikerak.27 Zarar yetkazishga undash: Tarmoqda foydalanuvchi larni o‘ziga-o‘zi zarar yetkazishga undaydigan ko‘plab saytlar bor (bu o‘z joniga suiqasd qilishni, anoreksiya yoki sektachilikni targ‘ib qiladigan sayt lar). Veb 2.0 va kontent joylashtirish bo‘yicha yangi texnologiya lar bor ekan, foydalanuvchi o‘ziga o‘zi zarar yetkazishga undaydigan kontentning ta’siriga tushib qolishi mumkin. Xususan, bolalar va o‘smirlar, ko‘pincha, bu kabi sayt larning yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan xavfni real baholay olmaydilar.
|
| |