|
Xalqaro kelishuvlar va bolalar huquqlari bilan bog‘liq vositalar
|
bet | 52/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiXalqaro kelishuvlar va bolalar huquqlari bilan bog‘liq vositalar
Yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgani kabi ommaviy axborot vositalari uchun ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish uchun rioya etilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar zarur. Medialar uchun ham qoidalar qabul qilinishi kerak, masalan, nima haqda gapirish mumkin yoki mumkin emasligi va mazkur qoidalarning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida va hokazo. Matbuot ishlari va jurnalistika odob-axloq meyorlari bo‘yicha birinchi tavsiyalar Birinchi Jahon Urushidan so‘ng shakllana boshladi. Bugun deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida mazkur yo‘nalishda muvofiq organ va standartlar ta’sis etilgan.26 Ularning aksariyati quyidagi tamoyillarga amal qiladi: − fikrni ifodalash va sharhlashda erkinlik;
− irqi, jinsi, millati, diniy qarashlari, ijtimoiy kelib chiqishi, kasbi, jismoniy imkoniyatlari va boshqa har qanday shaxsiy sifatlaridan qat’iy nazar tenglik;
− axborotni to‘plash va bayon etishda faqat halol usullardan foydalanish;
− axborot manbalari va foydalanuvchilariga hurmat va shaxsiy hayotga daxlsizlik; − har qanday tashqi ta’sirni rad etish va pora olmaslik.
Axloqiy meyor lar turli madaniyat lar doirasida va turli muddatlarda o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham turli madaniyatlarda kommunikatsiya qay tarzda amalga oshirilishi xususida bir yoqlama xulosa chiqarish mumkin emas. OAV auditoriyasi turli madaniyatlarga mansub insonlar hisobiga kengayganida muammolar yuzaga keladi. Bunday holatda jurnalist turli auditoriyaa’zo larining qadriyatlari o‘rtasidagi farqni inobatga olishi zarur.
OAVni boshqarishning ikkita darajasini ajratish mumkin: qonunchilik va jurnalist odob-axloqi. Ularning o‘rtasidagi asosiy farq meyorva qoidalargaamal qilinishining ta’minlanishidadir. O‘z navbatida, jurnalist odob-axloqi mohiyatiga ko‘ra tavsiyaviy mazmunga ega bo‘lib, majburiy emasdir. Media ishlari bo‘yicha kengashlar kabi tashkilotlar sud vakolatlariga ega bo‘lmasada, odob-axloq meyorlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Digitallashuv va ommaviy faoliyat yuritish imkoniyatining kengayishi qonun qabul qiluvchilar uchun yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Virtual dunyoda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash og‘ir. Onlayn medialarning foydalanuvchilari undanda ko‘proq muammo lar keltirib chiqarmoqda, chunki u larning aksariyati Internetda faoliyat yuritishning axloqiy meyorlaridan bexabardir. Mazkur odob-axloq meyorlarining mohiyatini tushunish, shuningdek, foydalanuvchilarning medialarga oid huquqini bilishi media va axborot savodxonligining tarkibiy komponentlarini tashkil etadi.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida aytilishicha: «Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi».
Mazkur deklaratsiya Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning yuzaga kelishiga asos bo‘lib, uning 13-moddasiga yuqorida qayd etilgan larga quyidagi larni qo‘shadi: yoshi 18 yoshdan kam bo‘lgan shaxslar «o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday axborotni chegarasidan qatiy nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mazkur huquq boshqa shaxsning huquqi va mavqesini himoya qilishga qaratilgan qonunlar bilan cheklanishi mumkin.
|
| |