|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 50/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiOnlayn va video o‘yinlar
Elektron o‘yinlar — kompyuter, konsol yoki mobil qurilmalar, interfaol televideniya yoki Internet vositasida o‘ynaladigan o‘yinlardir. Deyarli hamma umrida bir marotaba bo‘lsa ham elektron o‘yinni o‘ynagan. Uyali telefon va interfaol tartibdagi o‘yinlar esa uni oddiy mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymoqda.
Kompyuter texnologiyalarining ilk kashfiyotchilari 1940-yilda oddiy shaxmat o‘yinini yaratganlar. Bugungi kompyuter o‘yinlarining ilk ko‘rinishi haqida esa 1950-yillardan gapirila boshlangan. 1980-yillarga kelib o‘yin konsollari shaxsiy kompyuterga nisbatan ommaviyroq bo‘lib qoldi. Shaxsiy kompyuter quvvati izchillik bilan oshib bordi va 1990-yil larga kelib, o‘yin konsol lari kompyuter o‘yinlarini ma’lum darajada siqib chiqardi. Uchinchi ming yillik boshida esa eski o‘yin konsollari modernizatsiyalashdi va yangi avlod qurilmalari ularga jiddiy o‘yin maqomini qaytardi. 2010-yilga kelib, kompyuter va konsol o‘yinlari bozorda raqobatchiga aylandi.
O‘yin konsollarining rivojlanishi hozir ham davom etmoqda. Elektron o‘yinlar o‘zaro bog‘liq harakatga asoslangan bo‘ladi: o‘yinchining harakati o‘yinning keyingi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois o‘yinga mukkasidan ketish, aytaylik, kitob o‘qishga kirishib ketishdan osonroq va tezroq kechadi.
Ammo ayrim o‘yinchi lar meyorni unutgan holda o‘yinga o‘ta berilib ketadi, bu esa o‘yinga tobelikni keltirib chiqaradi. Bunday insonlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish zarur. O‘yinchilar uchun har doim ijtimoiy jihat muhim bo‘lgan: ular aksariyat hollarda birga o‘ynash uchun oila a’zolari yoki do‘stlarini taklif etadi.
Bugungi kunda ko‘plab onlayn o‘yinlar bir necha kishi ishtirokida o‘ynaladi. Internetda o‘yin o‘ynash uchun sherikni istalgan paytda, xatto kechasi ham topish mumkin. Ko‘p kishilik o‘yinlarbir vaqtning o‘zida ko‘plab ishtirokchining o‘yindaqatnashishiga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, aksariyat onlayn o‘yin larda o‘yinchi lar o‘zaro muloqot qilishi hamda o‘yin strategiyasini muhokama etib borishi uchun ham imkoniyat mavjud bo‘ladi. Ko‘ngilochar o‘yinlardan tashqari “jiddiy o‘yinlar” ham bor. Ular aniq ta’lim yo‘nalishiga egaligi bois, uyda yoki maktabda aniq ko‘nikmalarni singdirishni maqsad qiladi. Makonni qabul qilish, deduksiya, til va kooperativ (hamkorlikda harakat qilish) ko‘nikmalari o‘yin davomida yaxshilanib borishi mumkin. Ko‘plab strategik o‘yinlar mantiqiy masalalarning qiyinligi yuzasidan shaxmat bilan tenglasha oladi: xuddi shaxmatda bo‘lgani kabi bunday o‘yin larda ham bir necha yurishni oldindan o‘ylab mulohaza qilishga to‘g‘ri keladi. O‘yinlar shuningdek, sabr-bardoshga o‘rgatishi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi mumkin. Chunki o‘yin davomida qiyin bosqichlardan sakrab o‘tib ketish mumkin emas. O‘tolmadingmi, har safar yana boshidan boshlash zarur.
Shu ma’noda o‘yinlarni ta’limning ko‘makchisi deyish mumkin, chunki ular o‘yinchini harakat qilishga, fikrlashga va muammolarni hal etishga o‘rgatadi. Elektron o‘yinlar yordamida yosh lar mavzuni shunchaki yodlab olmaydi, balki ta’lim harakat va tajriba vositasida amalga oshiriladi
|
| |