|
Ko‘plab mamlakatlarda mualliflik huquqining turli jihatlarini nazorat qiluvchi qonunlar qabul qilingan
|
bet | 46/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiKo‘plab mamlakatlarda mualliflik huquqining turli jihatlarini nazorat qiluvchi qonunlar qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 60 bobida mualliflik huquqining asoslari qonunan belgilab berilgan. Bundan tashqari, “Mualliflik huquqi va turdosh huquq lar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yurtimizda mualliflar huquqini himoyalaydi.
2006 yil 22 iyunda «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Shuningdek, bugungi kunda internet muhitida nashr etilayotgan xabar lar saytlarida © (Copyright) belgisini uchratishimiz mumkin. Bu albatta, mazkur OAV da nashr etilgan materiallarni mualliflik huquqini himoya qilish uchun ishlatiladi. Mana shu belgi ostida axborot yaratuvchi mazkur axborotdan foydalanish va muallif talablarini ko‘rsatib o‘tadi. Masalan,
Creative Commons tomonidan e’lon qilingan olti turdagi litsenziyalar ham pedagoglar va axborot yetkazuvchi larga o‘z materiallarni turli usullar yordamida himoya qilish imkonini beradi.
Axborot uzatish uchun media qaysi usullardan foydalanadi?
Media va axborot savodxonligining tarkibiy unsurlaridan biri — bu medialar voqealar tarixi hamda axborotni qanday talqin etishi va qanday usullardan foydalanishini tushunib yetish hisoblanadi. Muhimi, medialar qo‘llaydigan turli usul, kod va ramzlarni tushunish va talqin etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir.
Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lish uchun medialarning timsol va reprezentatsiyalarini o‘rganish, bunda nafaqat tasvir yoki matnni tahlil qilish, balki e’tibordan chetda qolayotgan kontekstni ham yoddan chiqarmaslik zarur. Jamoatchilik fikrini yo‘naltirish va jamiyat oldiga dolzarb masalalarni ko‘ndalang qo‘yish borasida kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan medialar ijtimoiy hayotni yoritishini va amalda biz kutadigan hamda qabul qilishga tayyor bo‘lgan voqea va timsollarni taqdim etishini nazarda tutish zarur.
Mediamatnni tanqidiy tahlil qilish jarayonida odatda unda qaysi siyosiy guruhning nuqtai nazari aks etganligini anglash mumkin. Jumladan, mediamatnda kimning nuqtai nazari va qarashlari ifoda etilganligi, nima haqida va qanday rakursda xabar berilganligi, nima haqida esa sukut saqlanayotganligi ham namoyon bo‘ladi. Medialarning o‘z hukmronligi qanday axborot (masalan, yangiliklar)ni haqiqat sifatida taqdim etishi hamda qaysi mavzularni e’tiborsiz qoldirishida ham namoyon bo‘ladi.25
− Media matn yaratuvchi lar turli ko‘rinishdagi axborotni taqdim etish uchun qanday usul va vosita lardan foydalanadilar?
− Jamoat ushbu usul va vositalarni ajrata oladimi va ularni qanday qabul qiladi?
− Ma’lum bir medianing kodi, shartli belgilari, kalit komponentlari, grammatikasi qanday?
− Media masalalari bo‘yicha mutaxassis Marshall Maklyuen «kommunikatsiya vositasi xabardir» degan, chunki axborot uzatish vositasining shakli (matbuot, televideniye, radio yoki Internet) ham bizning idrokimizga ta’sir qiladi.
|
| |