|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 54/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiInson huquq larini poymol etish: Internet anonimlikka asoslangan, shuning uchun ayrim aholi guruhlari va alohida shaxslarga qarshi yo‘naltirilgan targ‘ibotni osongina tarqatish mumkin. Boz ustiga, odamlar o‘zraqiblari yoki qurbonlari bilanto‘qnashganda, o‘zxatti-harakatlari uchun javob bermaslik-larini bilganlarida onlayn tartibda o‘zlarini o‘zgacha tutishlari mumkinligini e’tibordan qochirmaslik kerak. Shunday qilib, inson huquq lari buzilishi va diffamatsiya qurboni bo‘lish xatari real hayotga qaraganda virtual muhitda ko‘proq.
Reklama va marketing ko‘rinishidagi bolalar uchun nomaqbul ma’lumotlar: bolalar uchun mo‘ljallanmagan reklama ta’sirida bolalar ular uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki xizmatlarini (masalan, plastik jarrohlik) sotib olishlari mumkin. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini (ismi, yoshi, jinsi) qancha ko‘p oshkor qilsalar, reklamada ishtirok etish yoki lotereya o‘ynashga taklifnoma olishlari etimoli shunchalik ko‘payadi. Bolalar biron blankada yoki Internetdagi parchalarda o‘z ismini yozish istagi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin-ligini ko‘p hollarda oxirigacha tushunib yetmaydilar.
Shaxsiy hayot daxlsizligi: Intenetda paydo bo‘lgan kontent cheklanmagan vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab aylanib yurishi mumkin. Foydalanuvchilar, ayniqsa bolalar va o‘smirlar, matn va rasmlarning qisqa va uzoq muddatli oqibatlarini tasavvur qila olmaydilar, vaholanki keyinchalik ularning o‘zi bu kontent ochiq makonda turishini istamasliklari mumkin. Server yoki platformada saqlab qolingan ma’lumotlardan har kim foydalanishi mumkin, ma’lumot egalari esa ularning shaxsiy ma’lumot lari qanchalik himoyalanmaganligini tasavvur ham qilolmaydilar. Internetda ishlar ekanlar, odamlar ushbu muhitning o‘ziga xos jihatlarini tushunishlari kerak.
Mualliflik huquqlarining buzilishi: mualliflik huquq larining buzilishi — bu ko‘pgina foydalanuvchilarning o‘z xatti-harakatlari bilan bog‘liq xatar. Mualliflik huquqlari atayin buzildimi yoki atayin emasmi, bundan qat’iy nazar, foydalanuvchi buni buzish deb hisoblashi va huquqni buzgan shaxs jazolanishini talab qilishi mumkin.
|
| |