• Savdodagi firibgarliklar
  • Profil yaratish
  • 11-§. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari
  • Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




    Download 8,31 Mb.
    bet55/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Pul o‘g‘irlash/firibgarlik: bu fuqarolarning bankdagi hisob raqamlaridan pul yechib olish maqsadida ularning shaxsiy bank hisob raqamlari, xususan shaxsiy identifikatsiya raqamlari (PIN) va bitimlarning individual raqamlari (TAN) haqida ma’lumotlarni olish jarayoniga aytiladi. Yoshlar yolg‘on veb-saytlarni haqiqiy veb-saytlardan ajratishni bilmaydilar va o‘zlarining bank ma’lumotlarini oshkor qiladilar.
    Savdodagi firibgarliklar: sotuvchilar xuddi tovar yoki xizmatni sotayotgandek bo‘lib, aslida esa to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng bu tovar yoki xizmatlar aytilgan tavsiflarga ega bo‘lmasligi yoki xaridorga umuman yetkazib berilmasligi savdodagi firibgarlik deb ataladi. Bu firibgarlik ham shaxsiy ma’lumot lar o‘g‘irlanishi yoki fishing bilan bog‘liq. Savdodagi yana bir firibgarlik — raqamli xizmat-larni (masalan, ringtonlarni) yolg‘on yoki noto‘g‘ri narxda sotish bo‘lib, ko‘pincha, foydalanuvchi istamagan xizmatlarga doimiy yozilishiga bog‘langan bo‘ladi. Ko‘p hollarda foydalanuvchilar (o‘smirlar va bolalar ayniqsa) bunday shartnomalarni onlayn tuzish bilan bog‘liq xavfni to‘liq anglamaydilar.
    Profil yaratish: inson turli platformalar uchun qancha ko‘p profil yaratsa, ushbu platformalardan birida joylashtirilgan shaxsiy ma’lumotlar boshqalarga berilishi xavfi shuncha ortadi (masalan, aholi ichida so‘rov o‘tkazish yoki lotereyada ishtirok etish uchun). Demak, profil lar bevosita biror odam bilan aloqa bog‘lash va unga kerakmas kontent yoki reklamani yuborish, yoxud biron xizmatni taklif etish uchun yaratiladi. Foydalanuvchi har qanday veb-saytda, shu jumladan shaxsiy ma’lumot lar ochiq e’lon qilinadigan veb-saytda profil yaratishi mumkin.


    11-§. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari


    Masofaviy ta’limbu istalgan joydan turib, qaysi vaqt bo’lishidan qat’iy nazar, shaxsiy re’ja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir. 
    Masofaviy ta’limning asosiy maqsadi - tinglovchilarning qayerda yashashidan qat’iy nazar, jahondagi ixtiyoriy ta’lim muassasasida o’qish imkoniyatini yaratish, ta’lim muassasalaridagi professor – o’qituvchilarning salohiyatlaridan foydalangan holda, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarning uzluksiz ta’lim olishlarini ta’minlash va ta’limning turli shakllarini bir – biriga yaqinlashtirishdan iborat.28
    Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi.Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.

    Download 8,31 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

    Download 8,31 Mb.