Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




Download 8,31 Mb.
bet49/84
Sana14.05.2024
Hajmi8,31 Mb.
#230471
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
1 Media va axborot savodxonligi

Ijtimoiy media shakllari:
1. Foydalanuvchilar profillarini o‘z ichiga oluvchi hamjamiyatlar portali, tarmoqdagi o‘zaro harakat va izohlar.
2. Munozara va izohlarga asoslangan bloglar.
3. Foydalanuvchilar tomonidan tahrir qilinadigan viki-veb sahifalari. Unda taqdim etilgan axborot foydalanuvchilar hamjamiyatiga nafaqat mavjud axbo-rotni izohlash, balki yangi bilimlarni yaratishda ishtirok etish imkonini beradi. Bunda hamjamiyatning har bir a’zosi unga axborot kiritishi yoki uni olib tashlashi mumkin.
4. Foydalanuvchi lar bir biridan qanday masofada bo‘lishidan qat’iy nazar yuzma-yuz muloqotga kirishish imkonini beruvchi tezkor axborot almashinuvi.
Ijtimoiy platformada profilni yaratishda foydalanuvchi lar hamjamiyatga o‘zini tanishtirish uchun shaxsiy axborotni taqdim etishi lozim. Chat yoki forum-larda foydalanuvchilar ba’zan shaxsiy axborotni ham, ya’ni manzil yoki telefon raqamlarini taqdim etishadi. Bolalar va o‘smir lar shaxsiy ma’lumotni barchaning e’tiboriga taqdim etish oqibatlarini ko‘ra olmaydi. Ko‘plab ijtimoiy media xizmatlaridagi muloqot ma’lumotlari formasi shaxsga yuboriluvchi reklamaga asoslangan. Foydalanuvchi o‘zi haqida qanchalik ko‘p ma’lumot bersa, reklama shunchalik ixtisoslashtirilgan bo‘ladi.
Internetdagi axloqsiz xatti-harakat (bulling) asosan undagi foydalanuvchilarning anonimligi natijasida yuzaga keladi. Bugungi kunda ijtimoiy mediada bulling ommaviy tus olgan. Demak, bulling obyektiga aylangan inson uchun uning oqibatlari o‘ta jiddiydir. Tanaffus paytida sinfdosh lar tomonidan aytilgan haqoratli so‘zni bir nechta odam eshitishi mumkin, chunki qurbon va uni haqorat qilgan shaxs bir maktabda o‘qib, bir birini taniydi. Ammo tuhmat mazmunidagi videodan Internetda juda ko‘p saytlarga, uyali aloqa telefon-lariga, kompyuter lardagi arxivlarga nusxa ko‘chirish mumkin. Bunday material tarmoqda uzoq vaqt saqlanadi.
Internetning anonimligi hisobiga muayyan guruh va alohida shaxslarga nisbatan nafrat uyg‘otish va uning targ‘iboti keng tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, virtual dunyoda inson larning xatti-harakati u larning real hayotdagi faoliyatidan tubdan farq qiladi. Chunki ular o‘z raqibining yuzini ko‘rmaydi va o‘z harakatining oqibati haqida o‘ylamaydi. Shuning uchun ham Internetda inson huquqlarining kamsitilishi va tuhmat qurboniga aylanish xavfi yuqoriroq. Bundan tashqari axloqsiz kontent bolalar va yoshlar uchun xavfli hisoblanadi. Chunki berilgan soxta ma’lumotlar ularning qarashlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Aksariyat hollarda yoshlar o‘z yoshiga mos bo‘lmagan materiallar, masalan, pornografiya yoki reklamani Internetdan olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Pornografiya mazmunidagi material bilan tanishish yoshlarning ruhiyatiga ham, jinsiy rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 8,31 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Download 8,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

Download 8,31 Mb.