|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 146/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganMa’ruzani yozib olish. Har bir ma’ruza mazmuni (jarayoni)da quyidagilar bo‘ladi: ma’ruzaning asosini tashkil etadigan muhim g‘oya; muhim g‘oyani asoslash, juz’iy xulosalar; qisqa muddatli pauzalar; ta’riflar, tamoyillar, tushunchalar.
Ma’ruzani matnlashtirayotganida talaba asosiy g‘oya, muhim masalalar, asosiy tushunchalar, tamoyillar, ta’riflar, xulosalarni o‘z daftarida qayd etib, yozib borishi kerak. Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi shu xil joylarni ovozini o‘zgartirish, nutq tempini kamaytirish bilan ajratib beradi, e’tibor berib tinglansa, zarur joylarni yozib olish imkoni bo‘ladi.
Yozib olish paytida ma’lum tartibga amal qilinsa (ma’ruzaning muhim masalalari; fakt, dalil, ta’rif, xulosalar; savol-javoblar, mulohazalar), tinglash jarayonida asosiy narsalarni ajrata olish malakasi hosil bo‘ladi.
Matnlashtirayotganda quyidagilarga rioya qilish lozim:
hoshiya qoldirish; har bir masalani tartib raqami bilan belgilash va satr boshidan yozish; ravshan yozish, ostiga chizib, ajratish; shaxsiy shartli qisqartirishlardan foydalanish: (qarama-qarshilik), kabi; tsitatalarning hoshiyasini ko‘proq qoldirish; imloga, husnixatga rioya qilish, tartibli, toza yozish; yozib ulgurmaganlariga joy holdairib ketish; ruchkada yozish; yozuvlarni uyda o‘qib chiqib, xatolarini to‘g‘rilash, to‘ldirish, bu ishni iloji boricha o‘sha kuni yoki vaqt ko‘p o‘tmay qilish; o‘zingiz qatnashmagan ma’ruzani o‘rtog‘ingiz matnidan ko‘chirib, kitoblardan o‘qib o‘rganish zarur.
Kitob, manbalar bilan ishlash. Yuqori malakali mutaxassis bo‘lish, o‘z bilimlarini muntazam oshirib borish uchun talaba kitob bilan, birinchi manbalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi zarur. Kitob bilan ishlay olish malakasi nazariy bilimlarni chuqurroq egallashning shartidir.
Birinchi kurs talabalari, odatda, zarur kitobni tanlash, topishga qiynaladilar, kitobni maqsadga muvofiq tarzda qunt bilan o‘qish o‘rniga ayrim joylarinigina o‘zgarishsiz ko‘chirib qo‘ya qoladilar. Vaholanki, talaba kitobni qanday topish va undan qanday foydalanishni bilmog‘i lozim.
Talaba mustaqil o‘qib o‘rganishi zarur bo‘lgan kitoblarni professor - o‘qituvchi ma’ruza, amaliy paytida tavsiya qiladi va kerakli maslahatlarni beradi. Oliy o‘quv yurti talabasi DTS va malaka talablarining ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy, ixtisoslik va boshqa fan bloklariga doir kitoblar, manbalarni o‘rganishi zarur. U professor- o‘qituvchilarning maslahati va ko‘rsatmalariga amal qilishi kerak. SHu tariqa zarur kitoblarni tanlash va mustaqil ta’lim olish malakalarini egallab oladi.
|
| |