• 7. Darslik, ilmiy asarlar yoki maqolalarni o‘qib o‘rganish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin
  • Mustaqil ta’lim olish uchun talaba bibliografiya qanday bo‘lishi, qanday tuzilishini bilib olishi lozim




    Download 8,11 Mb.
    bet147/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Mustaqil ta’lim olish uchun talaba bibliografiya qanday bo‘lishi, qanday tuzilishini bilib olishi lozim. Bibliografiyaga doir yozuvlarni alohida daftarga, bloknotga yoki kartochkalarga qayd etib (yozib) borishi kerak. Bunda quyidagi tartibga amal qilinadi: avvalo, kitob yoki maqola muallifining familiyasi, ismi-sharifi, kitobning nomi, joy nomi, nashriyot nomi, chiqqan yili, hajmi (necha betligi) ko‘rsatiladi (masalan, J.Xolmirzayev. Bu kunlar ham o‘tib ketar. Toshkent, “Yozuvchi” nashriyoti 2015, 204-bet).

    Ilmiy jurnal yoki ilmiy to‘plamda bosilib chiqarilgan maqola bo‘lsa, unda avvalo muallifning familiyasi, ismi-sharifi, so‘ngra maqolaning nomi, jurnal (to‘plam)ning nomi, joyi, vaqti (yili), soni, so‘ngra betlari ko‘rsatiladi (masalan, G.Keldiyorova. Muammoli ta’limning didaktik asosi “O‘zMU” , Toshkent, 2015 y,120 bet).
    SHu bilan birga talaba kutubxonadan o‘ziga kerakli kitobni qanday qidirib topishni ham bilishi lozim. Har bir kutubxonada mavjud kitoblar bibliografiyasi (ro‘yxati) shifrlanib, bibliografik kartochkalar shkaflardagi qutichalarga alfavit tartibida hamda mavzular bo‘yicha (sistemalashtirilib) joylashtirilgan bo‘ladi. Talaba o‘ziga kerakli kitobning nomi yozilgan kartochkadan kitobning nomi va shifrini aniqlab, kitob olishga buyurtma berishi mumkin.
    7. Darslik, ilmiy asarlar yoki maqolalarni o‘qib o‘rganish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: tavsiya etilgan kitob, risola, darslikning bobi, paragrafi (fasli) avvalo boshdan oxirigacha bir marta o‘qib chiqiladi, umumiy tasavvur hosil qilinadi: muallifi, kitobning, maqolaning, bob yoki paragrafning nomi bilib olinadi; kitobning muqaddimasi, asarning boshida yozilgan va shu asarning mazmunini ifodalaydigan tsitata, annotatsiya, epigrafi bilan tanishish shu kitobning muhim g‘oyasi va yo‘nalishi haqida tasavvur beradi.

    Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:





    MT1

    Ixtisoslashtirilgan boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish.

    MT2

    Mutaxassislik fanlarining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

    MT3

    Ona tili ta'limi orqali o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari.

    MT4

    Nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga qo'yiladigan talablar.


    Download 8,11 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim olish uchun talaba bibliografiya qanday bo‘lishi, qanday tuzilishini bilib olishi lozim

    Download 8,11 Mb.