Qo‘shiqlarimiz tarixiga bir nazar




Download 434,34 Kb.
bet30/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Qo‘shiqlarimiz tarixiga bir nazar

Xalq qo‘shiqlari uzoq tarixga ega. Chunonchi turkiy

xalqlar og‘zaki ijodida, hatto eramizdan avval ham qo‘shiq

janriga mansub asarlar borligi ma’lum. Nisbatan keyingi

namunalar esa Mahmud Kosh g‘ariyning ≪Devonu lug‘otit

turk≫ asaridan ham o‘rin olgan. Mahmud Koshg‘ariy yozib

olgan qo‘shiqlar asosan mehnat (ov) qo‘shiqlari, qahramonlik,

mavsum-marosim va lirik asarlardan iborat.



Masalan,

Yigitlarig ishlatu,

Yig‘ach yamish irg‘atu,

Qulan, kiyik avlatu,

Bazram qilib avnalim.

M a z m u n i :

Yigitlarni ishlataylik,

Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik,

Qulon, kiyik ovlataylik,

(So‘ng) bayram qilib quvnaylik.

73

Bu qo‘shiqda ajdodlarimizning mehnat jarayoniga



bo‘lgan munosbati aks etgan. Bir ko‘rinishda qo‘shiqchi ro‘y

berayotgan voqealarni bayon qilayotganga, daraxtlardagi

mevalarni qoqib yig‘ish, qulon, kiyikni ovlash harakatini

tasvirlayotganga o‘xshaydi. Ammo e’tibor bilan she’r matni

mazmunini his qilsak, unda ro‘y berishi lozim hodisaga

munosabat yetakchi ekanini sezamiz. Jum ladan, qo‘shiq

matnida jamoa bo‘lib mehnat qilishga, har bir ishni ko‘tarinki

ruhda bajarishga, mehnat samarasidan bahramand

bo‘lishga chaqiriq aniq bilinib turibdi. Shuning uchun ham

to‘rtlikni lirika namunasi sifatida baholashimiz, mazmunan

esa mehnat qo‘shiqlari qatoriga qo‘shishimiz mumkin.

Keyingi to‘rtlikka murojaat qilaylik:

Takra olib akuralim,

Atgin tushib yukaralim,

Arslanlayu kukaralim,

Kuchi anin kavulsin.

Mazmuni:

(Dushman) atrofini o‘rab, qamal qilamiz,

Otdan tushib yuguramiz,

Arslondek na’ra tortamiz,

Uning kuchini quritamiz.

To‘rtlikda qadimgi turkiy xalqlar vakillarining dushman

ustidan g‘alaba qozonish rejasi aks etgan. Bizningcha, boryo‘

g‘i shu to‘rt misrada uchta harbiy usul ifodalangan.

Birinchidan, dushman qo‘shinini qamal holida tor-mor qi -

lish, ikkinchidan, otdan tushib ovoz chiqarmay hujumni

uyushtirish va, uchinchidan, raqibni ruhiyatiga ta’sir qilgan

holda na’ra tortib talvasaga solish. Ammo bu reja ham

voqeaning oddiy bayoni tarzida emas, emotsional ko‘tarinki-

ruhiy vaziyatda ifodalangan. Shu bilan birga misralardagi

mazmun endi oddiy-kundalik mehnatni emas, jang

sharoitini anglatmoqda.

Endi quyidagi to‘rtlikka e’tibor bering:

Yoy qish bilan qarishti,

Ardam yosin qurishti,

Chirik tutub ko‘rishti,

O‘qtag‘ali o‘trushur.

Mazmuni:


Yoz qish bilan qarama-qarshi bo‘lishdi,

(ularning har biri) maqtanish yoyini qurishti,

74

Qo‘shin tuzib (bir-birini) ta’qib qilishti,



(Yoy) otish uchun (bir-biriga) yaqinlashdi.

Yuqoridagi misolda Mahmud Koshg‘ariy har yili tabiatda

bo‘lib o‘tadigan manzara haqidagi qo‘shiq namunasini

keltiradi. Yil fasllaridagi o‘zgarishlar hozirgi paytlardagidek

odamlarni loqayd qoldirmagan. Yoz o‘z fazilatlarini, qish

esa o‘z ijobiy tomonlarini birma-bir sanab o‘tishga tayyor.

Agar yozning otgan o‘qida aholining issiq kunlarda

yayrashi, ekin ishlari bilan shug‘ullanishi, rizq-ro‘z jamlash

faoliyatlari qayd etilsa, qish o‘z navbatida o‘zi hukmron

bo‘lgan davrda qirg‘in-barot urushlarning to‘xtashini

ta’kidlab o‘q otadi. Har ikki faslning ijobiy va salbiy tomonlari

tilga olinadi.

Muhimi, shundaki, ≪Devonu lug‘otit turk≫da mavsumiy

qo‘shiqlar bilan bir qatorda marosim bilan bog‘liq lirik parchalar

ham o‘rin olgan. Xususan, olim aza marosimida

aytiladigan qo‘shiqlardan namunalar keltiradi:

Ulishib eran bo‘rlayu,

Yirtin yaqa urlayu,

Siqrib uni yurlayu,

Sig‘tab ko‘zi o‘rtilur.

Mazmuni:

Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar,

Yoqalarini yirtib baqirishdilar,

Faryod chekdilar,

Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi.

Keltirilgan qo‘shiqda Sug‘d elining botir farzandi Alp

Ertunga (Afrosiyob) o‘limidan keyingi voqealar haqidagi

his-tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan. Agar bu jasur va mard

o‘g‘lonning eramizdan avval yashab o‘tgan Iskandar

Makedonskiyga qarshi kurashib yurtini himoya qilganini

nazarda tutsak, mazkur qo‘shiqlarning tarixi taxminan ikki

ming yildan ziyod ekani, ayni choqda marosim qo‘ shiqlari

ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar singari uzoq o‘tmishga

egaligi ma’lum bo‘ladi. Xalq marosimlari qatoridan to‘ylar

ham hamisha yetak chi o‘rin egallagan edi. El-yurt bor ekan,

jamoa bo‘lib yashash bor ekan, to‘y qilish odati ham bo‘ladi.

Xalq bu marosimni o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rgan.

Chunki to‘y har bir insonning hayotida juda muhim

hisoblangan tarixiy lavhalardan, kelgusi umidlardan tashkil

75

topadi. Tabiiyki, shuning uchun ham to‘y marosimi o‘yinkulgilar,



raqslar, teatrlashtirilgan sahnalardan iboratdir.

Ular ning asosini o‘lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi.

Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar

tashlasak, ba’zan o‘sha asarlardan namunalar uchraganiga

guvoh bo‘lamiz. Masalan, Alisher Navoiy ≪Xam sa≫ning

beshinchi dostoni ≪Saddi Iskandariy≫da Iskandarning uyla -

nish to‘yida o‘lan aytish va yor-yor kuylash bilan tomoshalar

ko‘rsatilganini ta’kidlaydi:

Mug‘anniy tuzub chinga vaznida chang,

Navo chekki, hay-hay o‘lang, jon o‘lang!

Desang senki: jon qardoshim yor-yor!

Men aytayki, munglug‘ boshim yor-yor!

Albatta, biz o‘tmishda o‘lan aytishlar, yor-yorlar qaysi

kuyda ijro etilganini, qay yo‘sinda amalga oshirilganini bilmaymiz.

Ammo Alisher Navoiy keltirgan shugina misoldan

hozirgi o‘lanlar va yor-yorlar ham juda uzoq tarixga ega

san’at namunalari ekanini tasavvur qilishimiz mumkin.

Albatta, qadimgi xalq qo‘shiqlarining ham eng go‘zal

namunalari ishq-muhabbat mavzusi aks etgan lirik

qo‘shiqlardan iborat. Chunki ularda yetakchi maqsad inson

tabiatidagi abadiy fazilat hisoblanmish muhabbat tuyg‘usini

ifodalash bilan uyg‘unlashgandir. Insoniyat tarixida ajdoddan

keyin avlod dunyoga keladi. Zamonlar o‘tadi. Hayot

rivoj topadi. Ota o‘rnida farzand turmush chambaragini

aylantiradi. Ammo har bir avlod vakili muhabbat tuyg‘usini

o‘zicha boshidan kechiradi. Bu tuyg‘u inson ruhiyatiga

ta’sir ko‘rsatish jihatdan zamon o‘zgarishi qoidalariga

bo‘ysunmaydi. Ehtimol, shuning uchun Mahmud Kosh -

g‘ariy bundan ming yil oldin yozib olgan ishqiy mavzudagi

lirik qo‘shiq kuni kecha qaysidir tumanda yosh yigit kuylagandek

tasavvur uyg‘otadi:

Bulnar meni ulas ko‘z

Qara mengiz, qizil yuz,

Andin tomar tukaltuz,

Bulnap yana o‘l qochar.

Mazmuni:


Bu mas ko‘zli (sevgilim)

Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi).

Yonoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qildi-yu,

Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib ketadi.

76

Xalq qo‘shiqlarining lirik turlari zamon o‘tishi bilan



boshqa mavzudagilardan kam o‘zgarishlarga duch keladi.

Alisher Navoiy ≪Saddi Iskandariy≫ dostonida keltirgan

quyidagi parchaga e’tibor qiling:

Mengizlari gul-gul, mijjalari xor,

Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.

Bizningcha, buyuk shoirimiz bu parchani bevosita xalq

og‘zaki ijodiga mansub qo‘shiqdan olgan yoki juda bo‘lmaganda

o‘sha qo‘shiqqa mos holda ijod qilgan.

Shunday qilib, qadimgi qo‘shiqlar mazmun jihatdan

turli mavzularni o‘zida aks ettiradi. Bu namunalar til jihatdan

bugungi kundagilardan farq qilishiga qaramay, shaklan

hozirgi qo‘shiqlarga o‘xshashdir. Ularning hammasini inson

ichki kechinmalarini ifodalash xususiyati birlashtirib turadi.

Chunki bu lirik asarlarda bevosita hayotda ro‘y berayotgan

hodisa emas, balki ana shu hodisaga his-tuyg‘ular orqali

munosabat bildirish yetakchidir. To‘la ishonch bilan aytish

mumkinki, o‘zbek xalq qo‘shiqlarining bugungi kunda el

orasida ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi zamonlarda

omma orasida yashagan qo‘ shiqlar tashkil etadi. Va

nihoyat, qo‘shiq xalqimizning quvonchli va tashvishli kunlarida,

mehnat qilish jarayonida unga hamisha hamroh

bo‘lgan. Binobarin, xalq qo‘shiqlarini millatimiz tarixining

go‘zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin.


Download 434,34 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo‘shiqlarimiz tarixiga bir nazar

Download 434,34 Kb.