Qo‘shiqlar tasnifi
Hozirgi paytda ham qo‘shiqlar xalq hayotiga hamrohdir.
Ularda mehnat, tarixiy voqealarga munosabat, mavsummarosimdagi
urf odatlar, qolaversa, yosh yigit qizlarning
ishqiy kechinmalari o‘z ifodasini topadi. Shu jihatdan xalq
qo‘shiqlarimizni quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganishimiz va
tahlil qilishimiz mumkin:
1. Mehnat qo‘shiqlari.
2. Mavsum-marosim qo‘shiqlari.
3. Lirik (ishqiy) qo‘shiqlar.
4. Tarixiy qo‘shiqlar.
Mehnat qo‘shiqlari. Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi
mehnat jaryonini o‘zida ifodalashi bilan mashhur.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi asrlardan buyon dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib keladi.
Mehnat esa o‘ziga yarasha tashvishdan, irodalilikni namo -
77
yish qilishdan, ba’zan insonning o‘zini majburlashidan iborat
bo‘ladi. Ayniqsa, kun davomida doimiy ravishda bir xil
zerikarli harakat qilish odamni toliqtiradi, qilinayotgan ishni
to‘xtatmagan holda ovunish choralarini topishga majbur
qiladi. Ana shunday damlarda eng samarali yechim qo‘shiq
aytishdan iborat bo‘ladi. Tanob-tanob yerga don sochish
yoki bug‘doy o‘rish, chelak-chelak sut sog‘ish, metr-metr
gilam to‘qish faqat aytishga oson. Aslida bu ishlar dehqon,
sut sog‘uvchi, gilam to‘quvchidan katta jismoniy kuch va
malaka talab qiladi. Shuning uchun ajdodlrimiz har bir ishni
qo‘shiq bilan bajarib ham mehnatning samarali bo‘lishini,
ham qilinayotgan ishni zerikmasdan bajarish yo‘lini o‘ylab
topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan mehnat
qo‘shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo‘ladi:
1. Dehqonchilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari.
2. Chorvachilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari.
3. Kasb-hunar bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari
Ajdodlarimiz madaniyati merosi bo‘lmish ≪Avesto≫da
shunday parcha bor:
≪Zardusht iloh Ahura Mazdadan so‘radi:
— Ey, Ahura Mazda! Zaminni hammadan ham baxti -
yor qiluvchi zot kim?
Ahura Mazda javob berdi:
— Ey, Zardusht! Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga
tayyorlasa!..
Ey, Zardusht! Kimki g‘alla eksa, u haqiqatni ekadi...≫1
Demak, ota-bobolarimiz yer yuzidagi eng qadim
zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib kela -
yotgan xalq ekan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish esa ijtimoiy
hayotning ma’lum pog‘ona bosqichlari bosib o‘tilgandan
keyin paydo bo‘ladi. Demak, bizning ajdodlarimiz
o‘sha paytlarda ham madaniyat o‘chog‘iga aylangan
hududlarda yashaganlar va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar.
Ehtimol, shuning uchun ham Mahmud Koshg‘ariy -
ning ≪Devonu lug‘otit turk≫ asarida bog‘dan mevalar te rish
haqidagi qo‘shiqlar uchraydi. Xalq og‘zaki ijodi asarlarini
to‘plash ekspeditsiyalarida dehqonchilik bilan bog‘liq
mehnat qo‘shiqlaridan ko‘plab yozib olinishi bu tur
qo‘shiqlarning xalq hayoti bilan juda yaqin ekanini yana bir
bor isbotlaydi.
78
1 Mahmudov T. ≪Avesto≫ haqida. ≪Guliston≫ jurnali, 1999 yil, 4-son,
24-bet.
Shohlari bir quloch-quloch
Shoximga qo‘nar qaldirg‘och
Yuray desam, voy, qornim och,
Men qo‘shga qanday yarayin.
Ho‘kizginam, bo‘yniginang ezildi,
Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi.
Bo‘yinturuq bilan omoch tortmasang,
Sening bilan menga go‘rlar qazildi.
Dehqonchilik qo‘shiqlarida yil-o‘n ikki oy mobaynida
olib boriladigan mehnat jarayoni bosqichma-bosqich o‘z
ifodasini topadi. Ularda yer haydash, dalaga yangi yil hosili
uchun bug‘doy sepish, unib chiqqan va boshoqlari yetilgan
bug‘doylrni o‘rish, ularni yanchib donini ajratish kabi har
bir jarayon albatta qo‘shiq aytish bilan qo‘shib amalga
oshirilgan. Agar bu qo‘shiqlarda faqat dehqonning bajara -
yotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo‘ladi. Chunki har
bir qo‘shiqda dehqon albatta o‘zining ichki kechinmalarini,
hayot tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini
bayon etishga urinadi. Qo‘shiq aytuvchi kishi sahnada
san’atkor emas, balki dalada ham oddiy ijrochi, ham
tinglovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Aslini olganda, uning
qo‘shiqlarini yer haydayotgan yoki bug‘doy yanchayotgan
ho‘kizi eshitadi xolos. Dehqonga ho‘kizidan boshqa ting -
lovchining keragi ham yo‘q. Chunki u dilidagi his-tuyg‘uni
o‘ziga o‘zi aytadi va shu yo‘l bilan qilayotgan ishini
yengillashtiradi, ko‘ngliga taskin beradi.
Bu qo‘shiqlarda ho‘kizni erkalash, unga biron kimsaga
murojaat qilgandek munosabatda bo‘lish, uning tilidan
qo‘shiq to‘qib o‘zining dardini ifodalash tuyg‘usi yetakchilik
qiladi. Ho‘kiz: ≪Yuray desam, voy, qornim och≫, —
deganida, dehqon nomidan gapiradi. Aslida dehqonning
qorni och emasmi?! ≪Men qo‘shga qanday yarayin≫, —
deganda, ko‘proq dehqon o‘zini nazarda tutmayaptimi?!.
Shu o‘rindayoq omoch tortayotgan ajdodimiz ho‘kizni
erkalashga tushadi. Uni ≪Ho‘kizginam≫deb siyladi. O‘z
taqdirini ho‘kizning qismati bilan teng ekanini: ≪Sening
bilan menga go‘rlar qazildi≫ kabi misralar vositasida ifodalaydi.
Quyidagi qo‘shiqqa e’tibor bering:
≪Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda,
Qalqon qulog‘im, hayda,
Temir tuyog‘im, hayda
79
Ostingda bosgan donni
Oyog‘ing qilsin mayda≫.
Demak, bug‘doyni ≪po‘stidan judo qilayotgan ho‘kiz≫
dehqon uchun eng qadrdon kishisidan ham azizroqdir. Shu
sababli ≪qalqon qulog‘im≫, ≪temir tuyog‘im≫ sifatlashlari
yaratilgan. Hatto bir qo‘shiqda:
≪Jilviragan qoshingni mayda-yo, mayda,
Surmalayin jonivor, mayda-yo, mayda≫ deyiladi. Bu
qadar e’zoz, bu qadar go‘zal fikrlarning bayoni ho‘kizga
qaratilganiga ishonging ham kelmaydi. Ammo bu hayot
haqiqati edi. Dehqon uchun ho‘kiz hayot va mamot
masalasi edi (A. Qahhorning ≪O‘g‘ri≫ hikoyasini eslang).
Shuning uchun ham yuzlab qo‘shiqlarda, ayniqsa, ≪qo‘sh≫
va ≪mayda≫ qo‘shiq larida bobo dehqonlarimiz ho‘kizning
fazilatlarini maqtab kuylaganlar. O‘rim qo‘shig‘ida esa
tasvir markaziga o‘roq chiqadi. Endi o‘roqning olmosligi,
o‘tkirligi ta’riflanadi. O‘roq shu qadar keskir-ki, bug‘doyni
o‘rmasdan turish mumkin emas:
O‘rog‘im olmos,
O‘rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O‘rmasam bo‘lmas.
≪Yorg‘ichoq≫ qo‘shiqlarida ham qo‘shiqchi yorg‘ichoq -
qa murojaat etadi. U bilan gaplashadi, hasratlashadi, dar -
dini to‘kadi. Natijada yorg‘ichoq dehqonning his tuyg‘usini
samimiy bayon qilish vositasiga aylanadi:
Yorg‘ichoq yalpoqqina,
Un qilar oppoqqina,
Yorg‘ichoq xir-xir etar,
Mushtdakkina xamir etar
Yorg‘ichog‘im guldur-guldur,
Bo‘g‘zim to‘la oppoq undir,
Boy bobomning xonadoni
Ikkimizni eydir-eydir.
Ma’lum bo‘ladiki, yil fasli o‘zgaradi, dehqonning muomala
qiladigan narsasi (ho‘kiz, o‘roq, yorg‘ichoq) o‘zgaradi,
ammo qo‘shiqning yaratilishidan nazarda tutilgan
maqsad (og‘ir mehnatni yengillatish, ichki his tuyg‘uni ifodalash)
o‘zgarmaydi. Har qanday vaziyatda ham xalq ha -
yotining badiiy ifodasi sifatida qo‘llanadi.
80
Chorvachilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari asosan
sog‘ish jarayoni aks etgan lirik parchalardan iboratdir. Ular
sigir, echki, qo‘y kabi hayvonlarni sog‘ish paytida aytiladi.
Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar kabi sog‘im qo‘shiq -
lari ham tinimsiz bir xil harakat jarayonini nisbatan
yengillashtirishga xizmat qilgan. Ikkinchi tomondan sog‘i -
layotgan sigir ham aytilayotgan qo‘shiqqa bora-bora o‘rgangan.
Qo‘ shiqni eshitganida o‘zini ancha tinch tutgan va
ko‘proq sut bergan. Shuning uchun ≪ho‘sh-ho‘sh≫ larda
sog‘uvchi kimsa sigirni erkalagan, unga shirin-shirin
so‘zlarni aytgan:
Ho‘shim molim-govmishim,
Emchaklaring sog‘mishim,
Oralab yeding o‘tingni,
Iyiblab bergin sutingni.
Seni siylab boqayin,
Ko‘zmunchoqlar taqayin,
Quralay ko‘z govmishim,
Tuyoqlari kumushim.
Zotli molim ho‘sh-ho‘sh,
Sutli molim ho‘sh-ho‘sh.
E’tibor bersak, dehqonchilikda ho‘kiz ≪temir tuyog‘im≫
deb erkalangan edi. Endi sigir ≪quralay ko‘z≫, ≪tuyoqlari
kumushim≫ deb atalayapti. Har qanday holatda ham inson
bu erkalashlarni ho‘kiz yoki sigir tushunib yetmasligini
yaxshi biladi, ammo qo‘shiq ijrosidagi tovush tovlanishi -
ning, ohangning hayvonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga
ishonadi.
Turey-turey qo‘shiqlari qo‘ylarni sog‘ish paytida aytilgan.
Qorako‘lchilikda qimmatbaho teri olish uchun qo‘zilar
tug‘ilganidan ko‘p vaqt o‘tmay so‘yilgan. Sovliqlardan sut
olish esa keyin ham davom etavergan. Ona qo‘yni sog‘ish
bilan bolasidan ajralgan sovliqning qismati nisbatan
yengillashgan. Shuning uchun turey-tureylarda ona qo‘y -
ning qo‘zisidan ajralganiga hamdardlik bildirilgan, unga
achinish tuyg‘usi ifodalangan:
Bolalilar bosh bo‘lar, turey-turey,
Bolasizlar yosh bo‘lar, turey-turey,
Kelar yili tuqqaning, turey-turey,
Qo‘zingga yo‘ldosh bo‘lar, turey-turey,
Boshqa xalq qo‘shiqlari singari turey-tureylarda ham
erkalash, qo‘shiq ohangini qo‘yga muloyim yetishiga
81
harakat qilish aniq seziladi. Uning aqlli ekani, egasiga yordam
berishga tayyorligi ta’kidlanadi. Hatto bog‘da ochilgan
gul bilan teng ko‘riladi. Bu o‘rinda qo‘y sog‘ishning xalq
turmushi tarixida juda uzoq qadimgi zamonlarga borib
taqalishini ham yodda tutish kerak. ≪Alpomish≫ dostonida
Boysari Barchin qizini maktabdan chiqarib oladi. ≪Qizimga
Ko‘kqa mish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini
o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin≫, — deydi. Demak,
ko‘chmanchi qabilalarda qo‘y sog‘ish alohida ko‘nikmani
talab qilar ekan. Shuning uchun ham bu ish bilan shug‘ul -
lanadigan odamlar asrlar davomida sog‘iladigan qo‘ylar bi -
lan qanday muomalada bo‘lish sirlarini egallaganlar. Shirin
so‘zlar bilan qo‘ylarning ko‘ngliga yo‘l topishga uringanlar:
Esli molim-oqilim, turey-turey,
Yelkamdagi kokilim, turey-turey,
Shuncha molning ichida, turey-turey,
Bog‘da ochilgan gulim, turey-turey.
Chorvachilikda churiya qo‘shiqlarining ham o‘ziga xos
o‘rni bor. Avvalo sog‘iladigan sigirga, qo‘yga, echkiga alohida-
alohida qo‘shiq yaratilishiga e’tibor beraylik. Ho‘sh
qo‘shiqlari qo‘y sog‘ishda aytilmaganidek, turey-tureylar va
churiya-churiyalar sigir sog‘ishda aytilmagan. Tabiiyki, hay -
von uchun qanday qo‘shiq aytib sog‘ish bari bir emasmi?—
degan savol tug‘iladi. Ha, hayvon uchun bari birdir. Ammo
egasi uchun bunday emas. Gap shundaki, chorvador xalq
har bir qo‘y yoki echkiga o‘ziga xos munosabatda bo‘ladi.
Ular hatto sigirning qaysi rangni yaxshi ko‘rishini, qaysi
qo‘shiqni ijro etganlarida ko‘proq sut berishini bilganlar:
Og‘ziginangda o‘ting bor, churey-churey,
Yelinginangda suting bor, churey-churey,
Sersoqolim jonivor, churey-churey,
Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
Churiyalardagi ≪Og‘ziginang≫, ≪Yelinginang≫, ≪sersoqolim
≫ kabi so‘zlarga e’tibor bering. Nega ≪og‘zing≫ yoki
≪Yelining≫ deb qo‘yaqolinmagan. Avvalgi tur qo‘shiqlardagi
kabi bularda ham echkini erkalash, uning tabiatiga
moslashish harakati seziladi:
Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya,
Minora qushlar qo‘nara, churiya-churiya,
Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya,
Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya.
82
Xullas, chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar xalqimiz -
ning qadimdan bu kasbni egallab kelganidan, chorvachilik -
ning sir-sinoatlaridan xabardor ekanliklaridan dalolat beradi.
Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek muomalada
bo‘lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan.
Eng muhimi, bu shirin so‘zlarning hayvonlarga ijobiy ta’sir
qilishiga ishongan.
≪Ho‘sh≫, ≪Turey-turey≫, ≪Churiya-churiya≫ qo‘ shiq -
larini chorvadorlar ichida yashagan shoirtabiat odamlar
to‘qishgan. Bu qo‘shiqlarda so‘z san’atining boshqa namunalarida
bo‘lganidek turli badiiy san’atlardan foydalanilgan.
Xususan, ≪esli molim≫, ≪qalam qoshing≫, ≪zotli molim≫
kabi sifatlashlar; ≪qozon-qozon suting bor≫, ≪aqllisan,
donosan≫, ≪shoxlaring bor bir minor≫ kabi mubolag‘alar;
≪Yelkamdagi koki lim≫, ≪bog‘da ochilgan gulim≫ kabi istioralar;
≪qalam qoshing suzilsin≫, ≪sutliligingni bildirgin≫ kabi
jonlantirishlar qo‘llangan. Qo‘shiqlarning qofiyalanishiga
ham alohida e’tibor berilgan. Bu tasvir vositalari qo‘ -
shiqlarning estetik qimmatini oshiradi, alohida jo ziba
bag‘ishlaydi.
O‘zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan
shug‘ullanib kelgan. O‘zbekiston hududida ishlab chiqa -
rilgan shohi atlaslar, banoras to‘nlar, amaliy san’at
namunalari, to‘qilgan gilamlar butun dunyoga mashhur
bo‘lgan. Qadimda o‘z hunari bilan nom taratgan ustalar
o‘z shogirdlaridan kasbiy ko‘nikmalar qatori she’r
o‘qish, qo‘shiq aytish, biron musiqa asbobida kuy cha -
lishni ham talab qilganlar. Ularning fikricha, har
tomonlama yetuk bo‘lmagan inson, ayniqsa, estetik
zavqi yo‘q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan
o‘zlashtira olmas ekan. Shuning uchun xalqimiz orasida
turli kasb bilan shug‘ullanayotgan odam bor-ki, qo‘shiq
aytadi, askiya aytadi, musiqa chaladi. Bu fazilat unga
o‘zi ishlab chiqarayotgan narsaning go‘zal ko‘rinishga
ega bo‘lishini ta’minlaydi. Qo‘shiq bilan tayyorlanayotgan
narsaga ustaning mehri quyiladi.
O‘zbek xalq mehnat qo‘shiqlarining salmoqli qismini
kashta tikish, bo‘z to‘qish, charx yigirish kabi faoliyat bilan
qo‘shib turli ohangda ijro etiladigan she’r namunalari egallaydi.
Jumladan, ularning eng qadimgilaridan biri charx
qo‘shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo
bo‘lmasidan avval paxtaning chigiti qo‘lda ajratib olinar va
83
paxta momig‘idan charxni aylantirish vositasida ip yigirilardi.
Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shu g‘ullanib,
tayyor bo‘lgan iplardan gazlamalar to‘qi shardi. Bu mehnat
jismonan ortiqcha kuch talab etmasa ham, o‘ta zerikarli va
unumsiz edi. Mehnat azobini yengillashtirish uchun charx
qo‘shiqlari aytilgan:
Charx yigirib, charx yigirib,
Shul qo‘lginam toladir,
Agar shuni yigirmasam,
Bolalar och qoladir.
Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham
chegarasi bo‘ladi. Ammo agar odam bevosita charxda ip
yigirish orqali kun ko‘rsa, unga bu azobli mashg‘ulot
chegarasizdek bo‘lib tuyulgan. Ana shunday daqiqalarda
odam o‘ziga o‘zi chorasiz, najotsiz bir shaxs bo‘lib
ko‘ringan. Qo‘shiqda bu holat shunday kuylangan:
Charxginam, ey, charxginam,
Yurakkinam olasan,
Ayt-chi, sen bu yurtlardan,
Qachongina yo‘qolasan?!
Xalq qo‘shiqlari asosan she’riyatning barmoq vaznida
to‘qilgan. Barmoq vaznidagi she’rlarda misradagi bo‘g‘inlar
soni asosiy she’riy o‘lchov bo‘lib qoladi. Masalan, birinchi
to‘rtlikdagi 1 va 3 misralari 8 bo‘g‘indan, 2 va 4 misralari 7
bo‘g‘indan iborat. Ammo ba’zan aruz vaznida to‘qilgan
qo‘shiqlar ham uchraydi. Aruz vaznidagi she’riy misralarda
cho‘ziq (yopiq) va qisqa (ochiq) hijo (bo‘g‘in)lar ma’lum
tartibda oldinma keyin keladi. Quyidagi parchaga e’tibor
bering:
Charxginam sarparasi sakkiz tugun,
Sakkizoy ketgan og‘am kelsin bugun.
Bu misralar aruz vaznining ramali musaddasi mahzuf
bahrida aytilgan. Ammo xalq qo‘shiqlarida biz aruz vazni
qoidalariga mukammal amal qilgan holda to‘qilgan she’rlarni
ko‘p uchratmaymiz. Taxmin qilish mumkin-ki, odatda
bunday misralar mumtoz she’ri yat bilan shug‘ullangan
yoki mumtoz she’riyatdan xabardor farzandlar tomonidan
yaratilgan bo‘lishi mumkin. Xalq she’riyatining asosiy vazni
barmoq deb belgilanishida bunday holatlarni ahamiyat
jihatidan ikkinchi darajali deb hisoblaymiz.
O‘rmak qo‘shiqlari gilam to‘qish paytida ijro etilgan.
84
Ma’lumki, o‘zbek gilamlari va sholchalari gul bezaklarining
rang-barangligi, murakkab chizgilarga boy ekanligi, o‘zi -
ning pishiq-puxta to‘qilishi bilan shuhrat topgan edi.
Deyarli hamma viloyatlarda ayollar to‘qigan gilamlar ham
turmushga uzatiladigan qizlarga sep, ham ro‘zg‘ordagi
biron kamchilikni to‘ldirish vositasi bo‘lgan. Qo‘shiq esa
ana shunday murakkab jarayonni yengillatgan. Agar bir
o‘rinda bu hunarning azobi bayon etilsa, ikkinchi o‘rinda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri his-tuyg‘u o‘z ifodasini topgan:
O‘rmagimga o‘ray-yo,
Men boshimga qaray-yo,
O‘rmakkinam o‘ngin deb,
Endi sendan so‘ray-yo.
Boshqa bir to‘rtlikda esa ommaviy muammolar ham
qo‘shiqchi diqqat markazida turgan:
O‘rmagim yotibdi o‘ralib,
Men yuribman kerilib,
Qaynonam qaramaydi,
O‘rmagimga o‘yrilib.1
Bo‘zchi kosiblar soatlab bir xil qo‘l va oyoq harakatlari
bilan shug‘ullanganlar. Ular bu harakatlarga shu qadar
o‘rganib ketgan edilar-ki, bo‘z to‘qiydigan qurilma —
do‘kon bo‘lmasa ham qo‘llari bevosita aynan o‘sha shakllarni
hosil qilaveradigan darajaga yetgandi. Shuning uchun
bo‘zchi qo‘shiq aytganida yoki askiyaga qo‘shilganida o‘zini
juda erkin tutgan. Natijada qo‘shiq aytishdan bo‘zchi
estetik qoniqish hosil qilgan:
Bo‘z to‘qiyman, qirog‘ini o‘xshatib,
Mokki otaman qo‘lginamni qaqshatib,
Bozordagi shohilardan yaxshiroq
Nafisdan o‘xshagan bo‘zim yaxshidir.
Yuqoridagi qo‘shiqda bo‘zchining o‘z mehnatiga baho
berishi ham ifodalangan, deyishimiz mumkin. Ma’lumki,
bo‘z paxta ipidan to‘qilgan. Bunday matoni odatda kambag‘
al, iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan odamlar
sotib olganlar. Bo‘zning pishiq va ayni paytda mayin
chiqishi bo‘zchi mahoratiga bog‘liq bo‘lgan. Uzilgan ipni
o‘sha zahoti ulash, mokkini ustalik bilan otish, mato to‘qiydigan
qurilma — do‘konni bir maromda ishlatish mahsu-
85
1 O‘yrilib-o‘girilib, qayrilib.
lotning sifatli chiqishini ta’minlagan. Binobarin, bo‘zchi
ham ish faoliyatiga zehn bilan qarashga, ham kayfiyatini
yaxshi tutishga uringan. Ammo turmush tashvishlari unga
har doim salbiy ta’sir qilgan. Quyidagi qo‘shiqqa o‘xshagan
namunalar ana shunday damlarda aytilgan:
Do‘kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o‘lmay qolsam, yaxshiydi.
Qarish tillaga ketsa yaxshiydi
Shunday mening bo‘zim arzon ketarmi.
Do‘kon, ya’ni bo‘z to‘qiydigan qurilmali uyga kirishdanoq
kun bo‘yi qilinadigan mashaqqatli mehnat azobi
bo‘zchiga tinchlik bermagan. Qish kunlari esa qo‘l-oyoqla -
rining ishlashi yanada qiyinlashgan. Bunday ko‘ngilsiz
vaziyat qo‘shiqlarda aks etmasligi mumkin emasdi.
Marg‘ilon, Qo‘qon shahridagi keksa bo‘zchilar bilan
bo‘lgan suhbatimizda ular bo‘z qo‘shiqlarini doimiy ravishda
xirgoyi qilmasliklarini ham qayd etganlar. Ish paytida
ular ≪Galdir≫, ≪Omonyor≫, ≪Sumbula≫ kabi qo‘shiqlarni,
askiya payrovlarini aytishar ekan. Bu holat boshqa mehnat
sohalari bilan shug‘ullanuvchi odamlar uchun ham taalluqlidir.
Xususan, gilam to‘qiydiganlar faqat o‘rmak, ip
yigiruv chilar faqat charx qo‘shiqlarini aytishgan ekan,
degan tasavvur hosil bo‘lmasligi lozim. Ularning har biri
o‘ziga yoqqan qo‘shiqni xirgoyi qilgan. Ammo bari bir
tabia tan she’r to‘qiy oladigan tug‘ma shoir odamlar o‘z
kasb lariga atab qo‘shiq yaratganlar.
Shunday qilib, mehnat qo‘shiqlari haqida quyidagi
xulosalarga kelishimiz mumkin:
Mehnat qo‘shiqlari qaysi mavzuda yaratilganidan qat’i
nazar lirik asarlar hisoblanadi. Ularda qo‘shiqchining ha -
yotiy voqealarga bo‘lgan munosabati his-tuyg‘ular orqali
aks etadi.
Xalqimizning mehnat qilishi, chorvachilik, deh -
qonchilik, kasb-hunar bilan shug‘ullanishi qanchalar tarixiy
bo‘lsa, qo‘shiqning yaratilishi ham shunchalik tarixiydir.
Turli sohadagi faoliyat bilan shug‘ullangan ajdodlarimiz
mashaqqatli va zerikarli mehnat jarayonining samarasini
oshirish maqsadida maxsus o‘z kasb-hu narlari bilan bog‘liq
qo‘shiqlar kuylaganlar.
Mehnat qo‘shiqlarida turli hayvonlarni va ish qurollarini
erkalash, ularga murojaat qilish, ularni jonlantirish
xususiyati yetakchilik qiladi.
86
Mehnat qo‘shiqlarining tili sodda, kuyi yengil, fikrni
ifodalash usuli oddiy bo‘lib, asosiy maqsad ish faoliyatini
osonlashtirish, qo‘shiq aytuvchi shaxs ruhiy holatini ko‘ta -
rishga qaratilgan bo‘ladi.
|