• BOLALAR FOLKLORI
  • «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




    Download 434,34 Kb.
    bet51/73
    Sana18.06.2021
    Hajmi434,34 Kb.
    #15104
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
    Savol va topshiriqlar:

    1. Islom shoirning hayoti va ijodi haqida so‘zlang.

    2. Baxshi qaysi dostonni alohida mehr bilan ijro etgan?

    3. Islom shoir o‘tmishi haqida nimalarni eslaydi?

    Adabiyotlar:

    1. Jirmunskiy V. M., Zarifov X. T. Uzbekskiy narodnuy

    geroicheskiy epos. Moskva. GIXL. 1947. 52—53-betlar.

    2. Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o‘rni. O‘zbek

    xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. T., ≪Fan≫, 1978.

    3. Sobirov O. Atoqli xalq shoiri. O‘sha joyda, 3—9-betlar.



    BOLALAR FOLKLORI

    Har bir inson bolaligidan boshlab o‘zi bilmagan holda

    katta odamlarning e’tibori qaratilgan mo‘jizaviy mavjudotga

    aylanadi. Kattalar unga ism qo‘yadilar, beshikka belaydilar,

    allalar aytadilar, qo‘lchalariga ovoz chiqaruvchi

    o‘yinchoqlar tutqazishadi. Bir oz gap eshitadigan bo‘lgani

    zahoti ovunmachoqlar aytishadi. Keyinchalik esa farzand

    topishmoqlar, ertaklar, qo‘shiqlar olamiga kirib xalq rasmrusumlari,

    og‘zaki ijodi og‘ushida ulg‘aya boradi.

    Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma’naviy va

    jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Agar

    allalar, ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, turli

    o‘yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak

    uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida

    e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus badiiy

    so‘z namunalari yaratilgan. O‘zbeklar ana shunday xalqlar

    qatoridan munosib o‘rin oladilar. Tez aytishlardan tortib

    allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoq largacha

    bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan bolalar folklori

    janrlarini, namunalarini tashkil etadi.

    O‘zbeklar bolalar folkloriga oid asarlarni bir necha asrlar

    oldinoq hozirgi zamon pedagogikasi talablarini his etgandek

    yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni o‘zicha hisobga

    olgan. Pedagogika fani esa ularni keyinchalik kashf qilgan.

    Xususan, bolalar uchun yaratilgan asarlarning tili

    sodda, mazmuni esa esda qoladigan bo‘lishi lozim.

    Shuningdek, bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb

    etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadriyatlariga,

    ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak. Bunday

    namunalar farzandlarimizning ma’rifiy ozuqasi hisoblanadi.

    141

    Bo‘rining yirtqichligini, tulkining ayyorligini ular dastlab



    o‘zlariga atalgan ertaklardan bilib oladilar. Ayni paytda,

    bunday asarlar bolada go‘zallikka intilish tuyg‘usini

    uyg‘otishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, oy — o‘n

    to‘rt kunlik yoki hiloldek; qiz—go‘zal, chiroyli, o‘n to‘rt

    kunlik oydek; yigit-mard, jasur, pahlavon, hunarli kabi

    o‘xshatish va sifatlashlar bilan yonma-yon tasvirlanadi.

    Natijada, bolalar folklori bilan aloqada bo‘lgan yosh

    farzand ularni tinglash yoki o‘qish barobarida o‘zbekning

    o‘zbekona tarbiyasi bilan tanishib boradi va o‘zbek bo‘lib

    voyaga yetishadi.

    Bola tug‘ilgani zahoti dunyodagi eng mehr bilan aytiladigan

    qo‘shiqni eshitadi. Alla ana shu qo‘shiq hisoblanadi.

    Sevimli shoirimiz Cho‘lpon alla haqida shunday degan

    edi: ≪Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar.

    Chunki ul andin bir lazzat his qilur≫. Bu ifodada allaning

    eng muhim fazilati — bola ruhiga ta’siri aks etgan.

    Keksalarimiz allaning sadolari bola ruhiga iymon, vataniga

    muhabbat, xalqiga hurmat, o‘zi tug‘ilgan oilaga izzat bo‘lib

    quyilishini ko‘p aytganlar. Alla atamasi olimlarning ta’kidlashlaricha,

    ovutib uxlatish ma’nosini berar ekan. Ayni

    chog‘da bu so‘zning ≪Alloh≫dan olinganligi ham ta’kidlanadi.

    Alla deyarli hamma xalq og‘zaki ijodida bor. Uni

    ruslar ≪kolubelnaya≫, gruzinlar ≪nanina≫ deb atashadi. Al -

    la qo‘shiqlari matnida bir nechta mavzular ifodalanadi:

    1) ona ning farzand ko‘rganiga shukrona keltirishi; 2) ona -

    ning farzandiga baxt-saodat tilashi, uning kelajagi porloq

    bo‘lishini Allohdan so‘rashi; 3) o‘zining his-tuyg‘ularini,

    ba’zan turmushidan hasrat qilishlarini bayon qilishi. Ammo

    allaning matnida qanday mazmun ifodalanishidan qat’i

    nazar farzand ko‘rgan ayolning bolasiga bo‘lgan muhabbati

    ustivorlik qiladi.

    Alla aytish an’anasi bizga uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib

    keladi. Akademik shoirimiz G‘afur G‘ulom so‘z mulkining

    sultoni Alisher Navoiyning ≪Farhod va Shirin≫ dostoniga

    bergan sharhida Farhodning beshigi atrofida yig‘ilishib:

    ≪Yuz ohang bilan alla aytar edilar≫, — deydi. Yodimizda

    bo‘lishi kerakki, dunyoda o‘z kashfiyotlari, she’r va dostonlari

    bilan mashhur bo‘lgan hamma odamlar go‘dakligida

    alla eshitib ulg‘aygan. Alladagi fazilatlarni Abu Ali Ibn Sino

    ham alohida ta’kidlagan. Xususan, shifokor alloma allaning

    bola ruhiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini alohida uqtiradi.

    142


    Tabiiyki, beshikda tebranayotgan go‘dak allaning

    so‘zlarini idrok etolmaydi. Bola uchun, allaning kuyi, ijro

    usuli ahamiyatliroqdir. Ona shuning uchun allani berilib,

    butun vujudi bilan bolasiga ruhan ta’sir ko‘rsatishga urinib

    aytadi. Ayni paytda, alla matni onaning umidlar ifodasi,

    ba’zan hasrat qilish usuli, ko‘pincha dil so‘zlarini bayon

    qilish shakli sifatida qadrli bo‘ladi.

    O‘zbek bolalar folklorini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan

    olim, filologiya fanlari doktori, professor O. Safarov allalarning

    mazmun va kompozitsiya jihatidan bir necha

    turlarga bo‘linishini ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, ular orasida

    parokanda allalar, voqeaband allalar, maishiy allalar,

    tarixiy allalar bor bo‘lib, har biri boshqasidan ma’lum darajada

    farqlanadi. Parokanda allalarda matndagi bandlarda

    o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmaydi. Har bir to‘rtlik o‘zicha mustaqil

    mazmunga ega bo‘ladi:

    Men seni alla qilay, alla.

    Ko‘tarib katta qilay, alla.

    Alla jonning rohati, alla,

    Uyqu ko‘zning rohati, alla.

    O‘rik yog‘och beshiging, alla,

    O‘rgilib ketsin onang, alla.

    Tut yog‘ochdan beshiging, alla,

    Termulib o‘tsin onang, alla.

    Yuqoridagi bandlarni o‘rin almashtirib aytsa ham

    bo‘laveradi. Chunki ularning har biri alohida alla matnidan

    iboratdir.

    Voqeaband allalarda esa ona aytayotgan alla matnida

    o‘ziga xos bog‘liqlik seziladi. Ularni avvalgi namunalardek

    oldinma keyin aytish mumkin emas. E’tibor qiling:

    Past-pastgina tepadan,

    Toydim-tushdim-o, alla.

    Qo‘limga qaychi olib-o

    Senga qo‘zichog‘im-o,

    Chopon bichdim-o, alla.

    Yenglari tor kelmasin, deb,

    Qo‘lingga qarab-o, alla.

    Chopon bichgan qo‘limni-yo,

    Mening toylog‘im-o, alla,

    Oyi bordir-o, alla,

    Jonim bolam-o, alla.

    143


    Ko‘rinib turibdiki, endi bu alladagi misralarning o‘rnini

    almashtirib ijro etish mumkin emas. Chunki bu allada

    matn dagi mazmun bir butun bo‘lib, misralarning oldinma

    keyin, ma’lum tartibda kuylanishini talab qiladi.

    Maishiy allalarda esa ona ko‘proq alla aytish sababi

    bilan o‘zining dardini bayon qilishga urinadi.

    Shaftoli shoxiga zor, alla,

    G‘aynoli bargiga zor, alla.

    Men dadangga intizor, alla,

    Ko‘z tutarman beqaror, alla.

    Umuman, alla onaning farzandi bilan his-tuyg‘ular

    orqali munosabatda bo‘lish vositasi. Ular lirik asarlar sifatida

    kuylovchilarning ichki kechinmalarini ifodalaydi.

    Shuning uchun ham chaqaloqni estetik tarbiyalashda

    muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Bolalar folklorining yana bir janri ertaklardir. Tabiiyki,

    bu ertaklar kattalar folkloridagi namunalardan syujetdagi va

    tildagi soddalik bilan ajralib turadi. Ularning matnlari ham

    hajm jihatdan qisqa bo‘ladi. Ishtirok etadigan qahramonlar

    — obrazlar esa ko‘pincha hayvonlardir. Kattalar yosh

    bolalarga bag‘ishlangan ertaklar orqali bir qator maqsadlarni

    nazarda tutganlar. Jumladan, bunday ertaklar bolalarni ovutishga,

    ayrim yovvoyi va uy hayvonlari, qushlar haqida

    ma’lumot berishga, ularning nutqini o‘stirishga, uxlashdan

    oldin tinch-sokin kayfiyatni hosil qilishga qaratiladi.

    Boladagi ezgulikka intilishni shakllantiradi, rivojlantiradi.



    Masalan, ≪Qarg‘a bilan Qo‘zi≫ ertagida qarg‘a qo‘zini

    yemoqchi bo‘ladi. Qo‘zi qarg‘aga tumshug‘ini halollab

    olishini maslahat beradi. Qarg‘a daryo bo‘yiga tumshug‘ini

    halollash uchun keladi. Shu bilan qarg‘ani daryo ko‘za

    uchun kulolga, kulol ko‘za qilish uchun tuproqqa, tuproq

    tuproq qazish uchun kiyikka, kiyik shoxini sindirish uchun

    tozi itning egasi Po‘latvoy akaga, Po‘latvoy aka tozi kuch

    to‘plashi uchun sigir sutini olib kelishga va hokazo Toshvoy

    akaga, o‘tga, ustaga, ko‘mirga jo‘natishibdi. Oxiri qarg‘a

    o‘roqni olib uchib ketayotganida o‘roq qarg‘aning qanotini

    kesib ketibdi va u o‘libdi. Eng muhimi, qarg‘a o‘zining qora

    niyatiga yetolmaydi. Ammo ertakning oxiridagi qarg‘aning

    so‘zlari bilan tanishsak, bolalar eslashi uchun qiziq bir

    monolog hosil bo‘lganini ko‘ramiz:

    Qarg‘a bu yerdan ham uchib o‘shal ko‘mirchilarning

    oldiga borib:

    144

    — Ko‘mirchi aka, Ko‘mirchi aka, bering ko‘mir,



    qilsin o‘roq, o‘ray quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin

    tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin

    ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, semiz, a’lo, yeyman

    qo‘zi, — debdi.

    Agar e’tibor bersak, qarg‘aning bu monologida ertak -

    ning boshidan oxirigacha mazmuni to‘la singdirilganiga

    guvoh bo‘lamiz. Yosh bola bu ertakni eshitar ekan, hayo -

    tidagi hamma voqea-hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada

    ekaniga tushunadi. Yakka shaxs, yakka kasb hech qachon

    hayotdan ajragan holda yashay olmaydi. Ertakchi daryo,

    kulol, tozi, kiyik, dala, ko‘mirchi — hammasi qo‘zi tarafida.

    Qo‘zi esa beg‘uborlik, tozalik ramzi sifatida tasvirlanadi.

    Shuning uchun qo‘zini yemoqchi bo‘lgan qarg‘aning

    o‘zi o‘lib ketadi. Bolalar folkloriga oid deyarli hamma

    ertaklarda ana shu yo‘nalish yetakchi hisoblanadi.

    Maishiy ertak ≪Uch og‘a-ini botirlar≫da esa asar mazmuni

    va mohiyati keksa otaning uchta o‘g‘liga safar oldidan

    bergan uchta maslahatida o‘z ifodasini topadi. Ular

    quyidagilardan iborat:

    1. To‘g‘ri bo‘ling — bexavotir bo‘lasiz.

    2. Maqtanchoq bo‘lmang — uyatga qolmaysiz.

    3. Dangasa bo‘lmang — baxtsiz bo‘lmaysiz.

    Maslahatlar ma’nosidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki,

    ular aslida har bir o‘zbekning farzandiga qiladigan nasihatidan

    iboratdir. Binobarin, ular bevosita bizlarga ham taalluqlidir.

    Ertak matni esa ana shu pand-nasihatning badiiy

    ifodasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bolalar ertaklarida

    ortiqcha xayoliy fantaziyalar kattalar folkloridagi kabi

    bo‘lmaydi. Bolalar ertagi faqat soddaligi, tilining ravonligi

    bilan emas, hayotga yaqinligi bilan ham e’tiborni o‘ziga

    tortadi.

    Xullas, bolalarga atab yaratilgan ertaklar ko‘p jihatdan

    xalq pedagogikasi tamoyillari aks etgan badiiy so‘z namunasidir.


    Download 434,34 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




    Download 434,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 434,34 Kb.