|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 24/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKO‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi : Bolalar bugun biz sizlar bilan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi mualliflari bilan chuqurroq tanishamiz. “Madhiya”so‘zi – Madh so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, maqtov, ulug‘lash sharaf ma’nolarini bildiradi.Har bir davlatning madhiyasida o‘z xalqi, yurti va milliy boyliklarimi madh etilgan. Madhiyamiz matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oropov qalamiga mansub bo‘lib, shoir unda yurtimizning go‘zalligi va boyliklarini juda zo‘r ta’riflagan.
S izlar bilan bugun Abdulla Oripov va Mutal Burhonov hayoti va ijodi bilan tanishamiz.A. Oripov 1941 yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan. O‘rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyat bilan tugatib, Yozuvchilar yuyshmasida mehnat faoliyatini boshladi.Yillar davomida shoirning bir qancha she’riy to‘plamlari bosilib chiqa boshladi . Bu to‘plamlar xalqimizni Vatanga, insonlarga mehr- muhabbatli bo‘lishga, tabiatni sevish va ardoqlashga, imonli va vijdonli kishilarni ulug‘lashga o‘rgatdi.
Bugun ijodlari bilan tanishgan shoir va bastakorning she’r va qo‘shiqlaridan namunalar topib kelish vazifasi topshiriladi.
Yozgin , dedilar. A. Oripov
Shoir bir she’rida kuyladi gulni Nahot odamlarda so‘ngan aqida,
Uni o‘qiganlar :-Takror ! –dedilar . Nahot she’r yo‘lidan ozgin , dedilar.
Yana bir she’rida yozdi bulbulni, Shoir she’r yozgandi Ona haqida
Yani ham: Bu –eski ash’or ,-dedilar. Yozaver dedilar, yozgin !- dedilar.
|
| |