• Rang estetikasi va uyg‘unlashuvi.
  • Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning




    Download 211.22 Kb.
    bet10/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
    Qora va oq ranglar.
    2-bobda ta’kidlanganidek rang har doim ham yagona yechim emas. Rang onlayn kartalash uchun umumiy ishlanib, bir printer- da ishlab chiqarilib, bir necha nusxaga aylantirilayotgan bo‘lsada, hali ham ko‘p maqsadlar uchun oq-qora kartalar zarur bo‘lmoq- da. Jurnallar va gazetalar tobora rangli ishlab chiqarilayotgan sa­ri ularning narxlari ham qimmatlashmoqda. Darsliklar va ay- rim kitoblardagi kartalarning ko‘pchiligi hali ham oq va qorada yaratiladi. Shuni hisobga olib oq-qora dizayndan ham xabardor bo‘lish zarurdir.
    Asosiy e’tibor kulrangning turli ranglarga ajrata olishiga qara- tiladi. 4.7-rasmda rang legendada bir-biridan alohida osonlik bi­lan ajratilsa, kartada esa bu birmuncha qiyin bo‘ladi.

      1. rasmda ikki kvadrat bir xil kulrang bilan tasvirlangan, le- kin ularga o‘ziga nisbatdan och yoki to‘q rang bilan birga qaral- sa, ularning rangi yaqqol ko‘rinadi. Bu kulrangning ochlashishi yoki to‘qlashib borishi yordamida 10 ta turli rangni yaratish das- turiy ta’minot orqali oson bo‘lsa-da, inson ko‘zi bularni oson- lik bilan ajrata olmaydi. 4.2-rasmda kulrang 10 xil shkalada ket- ma-ket pog‘onalarda ko‘rsatadi, ammo qo‘shni pog‘onalarni bir-biridan farqlash oson emas. Bundan kelib chiqib kartograflar oq-qora kartalar uchun ko‘pincha besh yoki olti pog‘onali shka- ladan foydalaniladi. Ko‘p hollarda ranglar miqdorini ham tasvir- lagani sabab rang pog‘onalarining ko‘pligi chalkashlikka olib ke- lishi mumkin. Bunday hollarda qo‘shimcha ravishda naqsh va chiziqlardan foydalanish yaxshi natija beradi.

    Chiziqlardan tashqari ramziy belgilardan foydalanish mum- kin boladi masalan, daraxtlar va yaylovlar shaklini tasvirlash orqa- li (4.7-rasm). Bu vizual o‘zgaruvchilar 7-bobda yanada to‘liqroq yoritilgan. Kartani loyihalashda ranglar oq va qora bilan cheklan- gan bo‘lsa dizayn jarayoni oson bo‘ladi. Kartada oq va qora rang- ni ko‘rish mumkin bo‘lsa, kulrangdan ham ba’zi ranglar tanlangan bo‘lishi kerak. Bu ba’zi bir ehtiyotkorlikni talab qiladi. Misol uchun, oq-qora rangli karta bosma ko‘rinishda bo‘lsa, PowerPoint taqdimo- ti uchun bu ranglarni tanlashda yana qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

    4.7-rasm. Oq-qora kartalar uchun shartli belgilar turi.
    Rampa, ya’ni kulrang silliq gradatsiya ko‘rinishida rang ket- ma-ketlik pog‘onasida bo‘lmay ular soni ham cheklangan bo‘li- shi (4.8-rasm) mumkin. ColorBrewer foto yoki bosma uchun rang tanlashda yordam berishi mumkin.
    Yozuvlar rangi joyga va uning xarakteriga mos bo‘lgan ranglar- da bo‘lishi kerak. Ko‘p ishlatiladigan ranglar ularning xususiyat- larini anglatishi lozim. ColorBrewer turli rang sxemalari, shrift turlari uchun shaxsiy jadval tuzish imkonini beradi va u shrift hamda chiziq o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi.

    4.8-rasm. Karta oq va qora rangda ishlansa ranglar diqqat bilan tanlanishi lozim bo‘ladi, chunki bu karta chop etilganda yoki nusxa ko‘chirilganda ranglarning o‘zgarishi va ma’lumotlar yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

    Rang estetikasi va uyg‘unlashuvi. Rangning yakuniy ko‘rib chiqiladigan jihati bu kartada ranglarning umumiy uyg‘unlashuvi hisoblanadi. Ma’qul ranglar kombinatsiyalaridan ishlangan kar- ta o‘ziga o‘quvchini yanada ko‘proq jalb etadi va o‘quvchanlikni oshiradi. Rang faqat ko‘proq jaranglaydigan ranglar emas. Kar- tani tahlil qilishda barcha yozuvlarning fonga mos kelishiga, ki- chik hududlarni ko‘rish qiyinchilik tug‘dirmasligiga yoki haddan tashqari ahamiyat berilganligiga va ranglarda mantiqning borligi- ga ahamiyat qaratish kerak.
    Download 211.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning

    Download 211.22 Kb.