• KO‘K RANG YASHIL RANG SARIQ RANG
  • Ranglarning inson ruhiyatiga fiziologik ta’siri
  • Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning




    Download 211.22 Kb.
    bet2/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
    Elektromagnitli spektr
    4.1-jadval
    4.2-jadval
    Ko‘rinadigan spektr
    QISQA « TO’LQIN UZUNLIGI > UZUN

    BINAFSHA RANG

    KO‘K RANG

    YASHIL RANG

    SARIQ RANG

    TO‘Q SARIQ RANG

    QIZIL RANG

    Boshqa rang turlarini shakllantirish uchun har xil uzunlik- dagi to‘lqinlar bir-biriga qo‘shiladi va bu birlashmali praymeriz deb ataladi (4.1-rasm) Rangli monitorlar va televizor ekranida- gi ranglar birlamchi va qo‘shimcha ranglardan tashkil topadi. Ular kompyuter ekrani orqali kartalar bilan ishlashda ishlatiladi. Hozirda bu sohada batafsil tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.


    Ranglarning inson ruhiyatiga fiziologik ta’siri:
    Qizil — qo'zg'atuvchi, elituvchi, serharakatlikka undovchi, sin- guvchi rang hisoblanadi. Butun organizmni hakatlantiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olishni tezlashtiradi.
    Zarg‘aldoqqizil singari, unga o'xshash ammo sustroq ta’sir etuvchi.
    Sariq — fiziologik jihatdan optimal, charchatmaydigan, nerv va ko‘rish faoliyatini stimullashtiruvchi.
    Yashil — fiziologik jihatdan optimal, ko’rish organiga eng ta- nish, orombaxsh, qon bosimini kamaytiradi, kapillyarlarni ken- gaytiradi, tinchlantiruvchi, mushak harakatlarini qo‘zg‘atuvchi va hokazo.
    Havorang — tinchlantiruvchi, mushaklar tarangligini va qon bosimini pasaytiradi, tomir urushini maromlashtirib nafas olish- ni sekinlashtiradi.
    Ko‘k — tinchlantiruvchi, ta’siri asta-sekin siqilishga, ezilishga eltib boradi. Insonning fiziologik tuzilishi tizimi funksiyalarini to‘silishiga olib keladi.
    Binafsha — qizil va ko‘k ranglar effektini o'zida mujassam- lashtiradi. Asab tizimini siquvchi, ezuvchi kabi ta’sir qiladi.
    Umuman olganda turlicha och ranglar tonlari masalan, qi- zil, sariq, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va hokazo ranglarning oq rang qo‘shilib yoki o‘zaro aralashmasidan hosil bo‘lgan tonlar kishi ru- hiyatiga murakkablashgan, nozik tuyg‘u chaqiradi va turlicha hissi- yot qo‘zg‘atadi. Masalan, tongdagi osmon o‘ziga xos va kechki namozshom osmoni kishiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Bun- da osmonda sodir bo‘layotgan nyuansli ranglar majmuasini farqlay olgan holda kishining kayfiyati o‘zgaradi. Shuningdek, har bir toza yoki aralashgan rang odam ongida assotsiativ tuyg‘ularni chaqiradi.
    Jismoniy assotsiatsiyalar: ranglar vaznli, haroratli, fakturali va akustikali assotsiativ ko‘rinishga egaligini ta’kidlashadi. Masalan, ranglar og‘ir, yengil, havodor, bo‘g‘iq, bosiq ko‘rinishda (vaznli); issiq, sovuq, muzdek, kuydiruvchi (haroratli); yumshoq, qattiq, silliq, g‘adir-budir (fakturali); sekin, jarangdor, bo‘g‘iq, musiqa- viy (akustik) ko‘rinishlarda yoki bo‘rtib chiquvchi, uzoqlashuvchi, chuqurlikni eslatuvchi, yuzida bo‘lib ko‘rinuvchi kabi fazoviylik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
    Emotsional assotsiatsiyalar chaqiruvchi: ijobiy, quvnoq, yo- qimli, ko‘tarinki, dadil, lirik; salbiy, g‘amgin, lanj, zerikarli, fojiali, sentimental; xolis-sokin, vazmin, bosiq, ahamiyatsiz.
    Shunday qilib biz keltirgan har bir rang albatta biror fe’limiz- ga to‘g‘ri keladi.
    Ranglarning yana bir subyektiv taassurotlaridan biri bu mil- liylik omili bo‘lib, hududning madaniy an’analari, yoshi, jinsi, shaxsning madaniy darajasi, kasbiy faoliyati, turi, psixologik tuzi- lishi kabilardir [21].
    Ranglarning obyektiv xususiyatlari va ular chaqiradigan reaksi- yalar:

    • rang qancha yorqin va to‘qroq bo‘lsa, unga psixik reaksiya aniqroq, intensivroq va turg‘unroq bo‘ladi;

    • ranglar murakkab, xiraroq, o‘rta yorqin bo‘lsa kishi diqqat- e’tiborini (reaksiyasi) kamroq, turg‘unsizroq jalb qiladi;

    • ranglarning haroratiga, og‘ir yengilligiga, akustik sifatlariga e’tibor o‘rtacha yoki umuman kam yengil qaraladi;

    • ranglarni qabul qilish va rang didi odamlarda turlicha bo‘lib, ya’ni ta’m, hid bilish, sezish, his qilish kabilarga assotsiativ reak- siyasi bir-biridan farqlanadi, ularning maxfiy ichki kechinmalari va sezgi organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi;

    • sariq va yashil ranglar eng boy va xilma-xil reaksiyalar cha- qiradi. Chunki ular tabiatda boshqa ranglarga qaraganda ko‘proq mavjud bo‘lib, ularning xilma-xilligi kishi ruhiyatiga singib qol- ganligi tufayli ularning assotsiativligi ham boy bo‘ladi.

    Biz an’anaviy qog‘oz kartalarda rangli chiroqlar bilan emas balki oddiy siyoh yoki pigmentlardan foydalanamiz. Qizil, yashil va ko‘k pigmentlarning aralashishi oq rangni emas, balki biroz sovuq rangga yondashgan qoraga yaqinroq bo‘lgan rangni hosil qiladi. Qizil rangda aks ettirilgan obyektlar qizil nurli to‘lqin- lardan boshqa hamma nurlarni yutadi. Ba’zi yorug‘lik to‘lqinlari sabab ranglar qog‘ozda so‘riladi, shuning uchun ayrim rang ish- lab chiqarish uchun bir sahifada birlashtirilishi mumkin bolgan pigment ranglar subtraktiv deyiladi. Subtraktiv birlashgan ranglar qizil, ko‘k va sariq (4.1-rasm). Bu ranglar va qo‘shimcha qora rang har qanday rang yoki soyali ranglarni chop etish uchun ish- latiladi.


    Download 211.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning

    Download 211.22 Kb.