• Ranglar jilosi.
  • Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning




    Download 211.22 Kb.
    bet6/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
    Ranglardan foydalanish.
    Kartograflarning ranglardan foydalanishining asosiy sababi ham uning jalb etuvchiligidadir. Ranglar kartaning asosiy ramz- laridan biri hisoblanadi (7-bob). Turli xil ranglardan foydala- nish har xil raqamli qiymatlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Turli shakldagi obyektlarni ko‘rsatish uchun bir xil rang beri- lishi ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatishi mumkin. Bir shakldagi ramzlarda turli ranglarning ishlatilishi ularni bir-biri- dan farqlashga yordam beradi, masalan yo‘nalishlar transport turlari uchun bir xil shaklga ega bo‘lgan chiziqli ramzlar bilan tasvirlansada turli rangda berilishi ularning turlarini ajratish im- konini beradi. Nuqtalar kartada rangli tasvirlangan va har bir rangli nuqta turli mahsulot va ekinga misol bo‘ladi.
    Kartani yaqindan bilish, undagi ma’lumotlarni osonroq qa- bul qilishda va uni rivojlantirishda ranglarning ahamiyati kat- ta. 4.4-rasmdagi kartada yo‘nalish oq-qora rangda ko‘rsatilgan. Tasvirlangan chiziqlar turli ko‘rinishda bo‘lsada, bularni bir-biri- dan ajratish mumkin va ular legendada bayon qilinadi. Karta- da chiziqlar qo‘shimcha ranglar bilan ajratilsa yanada aniqroq va qulay bo‘ladi. Rang ma’lumotlarni ochiq-oydin ko‘rsatish, o‘zaro bog‘lash va vizual iyerarxiyani tashkil etishning qulay yo‘llaridan biri hisoblanadi (4.3-rasm).
    Ranglar jilosi.
    Rang ko‘zni jalb etishi va e’tiborni tortishi shubhasizdir. Ranglar ichida qaysi rang e’tiborni kuchliroq tortishi va jozibali- roq ekanligi aniq emas, ammo qarama-qarshi sinov natijalari va fikrlar mavjud. Umuman olganda, e’tiborni tortish qiymati uning ko‘rinishiga bog‘liq. Binobarin masofadan yaqqol ko‘rinib turgan rang e’tiborni kuchli jalb etadi. Bundan tashqari sof va yorqin rang ham ranglar qatorida ajralib turadi. Shu bilan birga, ko‘rini- shi fonga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sariq to‘q ko‘k rang bilan juda yaxshi ko‘rinadi ammo oq sahifasida chop etilganda yorqin tasvir pasayadi. Ranglar o‘rtasida tipografiya, chiziqlar, nuqtalar yoki joylar uchun alohida ishlatiluvchi ranglar mavjud.

    4.4-rasm. Rangdan foydalanish kartadagi yo‘nalishni yanada tezroq anglash imkonini beradi.

    Chop etilgan kartalarda shuni ko‘rishimiz mumkinki kar- tograflar qora va oq rangga qo‘shimcha ravishda qizil rangni ham eng yuqori qiymatga ega deb hisoblashadi. Ko‘p tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki eng ko‘p ishlatiladigan rang qizil hisoblanadi. Ba’zi darsliklar kartalarida oq va qoraga rangdan, qo‘shimcha ravishda jigarrang va yashildan foydalanilgan. Jigarrang odatda e’tiborni tortishda past baholansada, bu kartada yaqqol ajralib turuvchi yagona rang ekanligi oddiy haqiqatdir. Bir mamlakat yoki min- taqa kartasida bitta rangdan foydalanish zarur bo‘lsa, maqsadni tasvirlashda qizil rang yaxshi samara beradi.



    Download 211.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning

    Download 211.22 Kb.