• Rangning o‘zaro ta’siri.
  • rasm. Ranglar pog‘onasi kartada va legendada turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Miqdorli sxemalar




    Download 211.22 Kb.
    bet9/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
    rasm. Ranglar pog‘onasi kartada va legendada turli ko‘rinishda
    bo‘lishi mumkin.

    Miqdorli sxemalar.
    Miqdoriy kartalar harorat, yog‘ingarchilik darajasi, balandlik va shu kabi hududiy taqsimotning ayrim raqamli jihatini ifodalay- di. Agar ma’lumotlar kichik miqdordan kattaga qarab o‘shib borsa, odatda oddiy rang sxemasi ishlatiladi. Sxemani neytral ranglardan foydalanib ishlab chiqish mumkin. Misol uchun ko‘k, kulrang yoki sariq (4.6-rasm) ranglardagi bir rangdan ikkinchi rangga o‘tish yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Bunday hollarda farqlar yengil o‘zgarishda aks ettiriladi. Kartograflar miqdorni tasvirlovchi kartalar uchun besh- dan yettigacha bo‘lgan pog‘onalar orasidagi ranglardan foydalana- di. Sariq rang yuvish uslubida qizil rangga nisbatan sifatli va yorqin pog‘onalarga ajratilmaydi. Ikki xil rangdan foydalanish bir rangdan foydalanishdan ko‘ra yaxshi natija beradi.

    4.6-rasm. Grays ranglarining aniq farqlanishi unda joylashgan kvadratchalarda berilgan bir xil rang yordamida boyitilgan.

    Ba’zi ma’lumotlar yuqori ham, past ham darajada bo‘lmay o‘rta nuqta sifatida markazdan boshlanadi. Ijobiy va salbiy o‘zgarishlar noldan boshlanadi va bunga aniq bir misol keltiramiz. Ayrim misol- larda ma’lumot markazdan yuqori yoki pastda joylashadi, masalan o‘rtacha harorat ham muzlash nuqtasidan yuqorida yoki pastdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi ma’lumotlar uchun sxe- ma qulay hisoblanadi. Ba’zi misollar 4.7-rasmda ko‘rsatilgan.


    Rangning o‘zaro ta’siri.
    Ranglar kartada yakka ko‘rsatilishi mumkin emas, shuning uchun kartada turli ranglarning ishlatilish yo‘llarini ko‘rib chi- qish kerak. Misol tariqasida ko‘rsak bir rang atrofidagi ta’sir nati- jasida bir vaqtda turli va kontrast bo‘lib ko‘rinadi. Kulrang atrof- dagi yorug‘lik ta’sirida kartada och yoki to‘q ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (4.8-rasm). Shundan kelib chiqib kartadagi rang va le- gendadagi rang o‘rtasida yengil tafovut paydo bo‘lishi mumkin. 4.2-rasmdagi kulrang neytral shkala och va yorqin ranglar oldida joylashsa ochroq va, aksincha, to‘q ranglar oldida to‘qroq ko‘ri- nishda bo‘ladi. Bu muammo qisman maydonlar ichida chiziqlar joylashtirish yo‘li bilan yechiladi. Kartadagi juda kichik hudud- lar ko‘rinib turishi uchun yorqinroq ranglardan foydalanish ta- lab etiladi.
    Yozuvlar karta fonida muhim masala bo‘lishi mumkin. Yozuv uchun rangli fonda shu rangga yaqin bo‘lgan rangdan foydala- nishda ehtiyot bo‘lishi kerak. Ba’zi kombinatsiyalarni o‘qish qi- yinchilik tug‘dirishi va ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qora va sariq birga aniq va toza ko‘rinishni beradi va shuning uchun tez-tez yo‘l belgilarida ishlatiladi. Oq fonda yashil, to‘q ko‘k, ayniqsa qora yaxshi o‘qiladi va ko‘lamni kengaytirib ko‘rsa- tishga yordam beradi. Ranglarni ketma-ket joylashtirishda ayrim ranglar uzoqdan chalkash ko‘rinishga olib keladi va bu kombi- natsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu shuningdek yo‘l-yo‘l yoki boshqa naqshlar uchun ham taalluqlidir.

    Download 211.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Ranglar pog‘onasi kartada va legendada turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Miqdorli sxemalar

    Download 211.22 Kb.