• Rang assotsiatsiyasi.
  • Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning




    Download 211.22 Kb.
    bet7/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
    Rangning afzalligi.
    Yuqorida aytib o‘tilganidek, rang kartani tahlil qilishda eng ko‘p tanqid qilinuvchi jihatlardan biri hisoblanadi. Har bir ki- shining tanlovida rangning o‘z afzalliklari bor. Biroq, tadqiqot- lar shuni ko‘rsatadiki, rang tanlashda kishilar ko‘proq tez-tez ish- latiladigan aniq ranglardan ko‘ra mavhum ranglarni tanlashga harakat qiladilar. Shunday qilib, ba’zilarga qizil avtomobil yoqsa- da ammo qizil yotoqxona ma’qul bo‘lmaydi. Insonlar yoshining o‘sishi bilan rangga bo‘lgan qarashlarda ham o‘zgarishlar paydo bo‘ladi, turli madaniyatlar ham turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi, qolaversa erkaklar va ayollarning ham qarashlari turlidir.
    Rang assotsiatsiyasi.
    Rangdan foydalanish assotsiatsiyasi va rang birlashmalari ko‘rib chiqilishi mumkin. Ranglar hid va harorat kabi sifatlar bilan ham bog‘liq, lekin bu birlashmalarning ko‘pi individual yoki madaniy- dir. Harorat universal yondashuvlarning bir necha turlaridan bi­ri bo‘lib, ranglar aytilishiga qarab «issiq» yoki «sovuq» deyiladi. Qizg‘ish, apelsin, sariq kabi ranglar issiq, ko‘katlar rangi sovuq ranglardir. Bu assotsiyatsiya issiq haroratdagi joylarni odatda issiq ranglar bilan va salqin hududlar uchun sovuq ranglardan foydala- nishda o‘z samarasini beradi. Keng tarqalgan assotsiyatsiyalardan biri bu suv rangini moviy rangda berilishidir. Bu rang barcha kar- talarda, hatto ifloslangan suvlar uchun ham universal tarzda ish- latiladi. Ba’zan bu konvensiyalar chalkashlikga ham olib keladi. Iqlim kartalarida odatda sarg‘ish yoki to‘q sariq rang ishlatilsada ammo yog‘ingarchilik yuqori bo‘lgan hududlar ham ko‘k rangda tasvirlanadi. Ko‘p hollarda balandlikka ko‘tarilishni ko‘rsatuvchi gipsometrik kartalarda ko‘k rang bilan pasttekislik va qizg‘ish jigar- rang bilan tog‘li hududlar tasvirlanadi. Kartadan foydalanuvchi- ga issiq ranglar sovuq ranglardan ko‘ra yaqinroq tuyiladi. Malaka- siz foydalanuvchi bu gipsometrik rang pog‘onalarini balandlashuv deb anglashi mumkin ular o‘simlik qoplami, iqlim yoki yog‘ingar- chilikni ifodalashi mumkin. Yashil hududlar namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlarni, jigarrang esa issiq va quruq joylarni anglata- di deb noto‘g‘ri idrok qilinadi. Bunda legenda bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.
    Ranglar vaziyatlarni ham aks ettirishi mumkin. Masalan qi- zil xavfni va sariq ehtiyotkorlikni bildiruvchi ma’nolarga ega. Bu ma’nolarni hisobga olish mumkin bo‘lsada, lekin yodda tutish zarurki bu kartalar aynan shu holatlarda ishlatilishi universal qa- bul qilinmagan.
    Sariq rang qo‘rqoqlikdan va qizil jasoratdan darak beruvchili- gi kartalardagi ranglarga mutlaqo bog‘liq emas, ammo bu rang- da tasvirlangan mamlakatdagilar bu rangdan salbiy ta’sir oli- shi ham mumkin. Mamlakatdagi aholining irqidan kelib chiqib hududiga rang berish katta jinoyat bilan teng hisoblanadi. Bunda mavhum ranglarni ishlatish qulaydir. Amerika Qo‘shma Shtatlari- da daromad va boshqa moliyaviy vaziyatlar ko‘pincha yashil rangda ko‘rsatiladi, bu mantiqan hisoblanib birinchi navbatda valuta ran- gini bildiradi. Valutasi pushti yoki binafsha rangda bo‘lgan bosh- qa mamlakatlar uchun bu usul ishlatilmaydi. Bunda reaksiyalar olish uchun to‘liq ranglardan foydalanib bo‘lmaydi lekin yanada keng tarqalgan rang assotsiyatsiyasidan xabardor bo‘lib turish foy- dali hisoblanadi. Genri Dreyfussning «A Symbol» materiallar ran- gi ramziy ma’no uchun qimmatli yozuvlar bo‘ladi. Kartani loyiha- lalashda boshqa jarayonlar kabi dizayn va rang tanlash uchun ham foydalanuvchilar auditoriyasini, ma’lumotlarni va karta mazmu- nini chuqur o‘rganish zarur.

    Download 211.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning

    Download 211.22 Kb.