Oriental Renaissance: Innovative




Download 337.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana10.02.2023
Hajmi337.71 Kb.
#41783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 Sayyora Rustamovna Abdalova 53-61
14. Kurakli nasoslar, asosiy kattaliklari, Abdushukurova Shohida, Mustaqil ta'lim mavzulari(1) (2), CAMEL risk metodikasi, 8 sinf Jahon tarixi, resume (3), orkestr-va-ansambl-partituralari-bilan-ishlash, 1681801265 (1), individual loyiha Xushnazarov Azizbek 313-20, OR 3070301- Qurilish ishlari ishchisi, W1, [@imtihonlar kanali uz] 9-sinf rus tili 2021 javoblari, Ny1Ogsz4, 1-mavzu amaliy mashg (1)
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
58 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
yoritishga yordam berish imkoniyatlarini bilib oladi. Darslikda bayon etilgan o‘quv 
materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari hamda guruh talabalarining bilim 
darajasiga moslashtirib, zaruriyat bo‘lsa o‘zgarishlar, tuzatishlar kiritadi [3]. 
O‘quvchilarni mashq qildirish uchun amaliy vazifalarni belgilaydi, so‘ng mavzu 
yuzasidan xulosalar chiqarish, qonun-qoidalarning ta’rifini belgilab oladi. Talabalar 
dars davomida va uyda olib boriladigan mustaqil ishlari uchun vazifalar tayyorlaydi. 
Dars turi hamda uning davomida qo‘llaniladigan metodlar aniq belgilab qo‘yiladi.
Shu bilan birga dars mavzusini oldingi o‘tilgan mavzular bilan hamda fanlararo 
aloqalarni ayrim talabalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi 
va dars rejasini yozishga kirishiladi. Kundalik dars rejasi o‘qituvchi tomonidan har 
bir darsga alohida yoziladi. 
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar 
hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda 
talabalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur. Dars ijodiy jarayon. 
Dars-jamoa mehnati jarayoni. 
Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z 
vaqtida o‘tkazish talabalarda jamoa bo‘lib ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, 
o‘zaro yordam va talabalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar 
jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi. Dars ta’limning boshqa shakllaridan o‘zining 
ichki va tashqi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma’lum 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan talabalar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni 
ma’lum xonada o‘tkazish kabilar darsning tashqi xususiyatlari, darsning maqsadi, 
ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari 
sanaladi. Dars ana shu ikki xil tashqi va ichki xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi 
asosida tashkil etiladi. Darsga quyiladigan talablar kiradi: 
- har bir darsning maqsadini aniq belgilash; 

darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, 
shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish; 
- darsni tashkil etishga oid ta’lim metodlarini, vositalarini tanlash, talabalar 
bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq 
etish. 
Jamiyatning turli sohalari to‘xtovsiz rivojlanishda bo‘lib, o‘z ustida ishlamagan 
va soha yangiliklaridan bexabar mutaxassis esa zamondan orqada qolishi tayin. Shu 
sababli ham informatika fanlarini ham zamon bilan hamnafas yangilab borish va 
o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi. 
Informatika o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy 



Download 337.71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 337.71 Kb.
Pdf ko'rish