Publitsistik uslubdan asosan xabar, reportaj, maqola, ocherk, feleton, pamflet kabilarni yozishda foydalaniladi. Bu uslubda rasmiy yoki ilmiy uslubda bo'lishi mumkin bo'lmagan his-tuyg'ularga berilish mumkin. Bayonda qoliplardan nari ketib, badiiy tasvir vositalardan keng foydalaniladi. Lekin ifodalar atamalar vositasida lo'nda, aniq ishtirok etadi. Hayotdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar zudlik bilan publitsistik uslubda yoritiladi.
Publitsistik uslubga doimiy epitetlar (munosib ulush, tarixiy o'zgarishlar, og'ishmay amalga oshirish); badiiy nutqqa xos tantanavor so'z, so'z birikmalari (muhtasham bino, ulug'vor zafar quchish) kabilar xos.
|