Soliyeva Muhlisa Ikrom qizi




Download 133,65 Kb.
bet3/24
Sana17.01.2024
Hajmi133,65 Kb.
#139533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Soliyeva Muhlisa Ikrom qizi-fayllar.org

Mavzuning dolzarbligi 
Ushbu bitiruv malakaviy ishimda yarimo’tkazgichli geterostrukturalarni
epitaksial o’stirishning asosiy g’oyalari va usullari bayon etiladi. Bu masalaga
magistratura talabalariga o’qiladigan “Epitaksial strukturalar fizikasi va
texnologiyasi” maxsus kursining bir qismi bag’ishlangan.
Epitaksial sistema deganda qattiq monokristal taglikka surtilga yupqa ko’p
qatlamli yarimo’tkazgichli strukturalar (geterostrukturalar va nanostrukturalar)



4
tushuniladi. Yarimo’tkazgichli materiallarga to’liq asoslangan zamonaviy


elektronika va kompyuter texnikasi rivoji elektron sistemalar o’lchamlarining
kichrayishi, ishlash tezligining oshishi va energiya ta`minotining qisqarishi
tomonga bormoqda. Shu nuqtai nazardan xarakteristik o’lchamlari nanometrli
diapazonda
yotuvchi epitaksial sistemalar o’ta dolzarb hisoblanadi.
Yarimo’tkazgichlar fizikasi bo’yicha ishlarning ko’pchiligi aynan shunday
strukturalar ustida olib borilishi tasodif emas. Bugungi kunda yarimo’tkazgich
asboblar texnologiyasida epitaksiyadan foydalanish orqali judayam qiyin
sharoitlarda ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan elektr va optik asboblar yasay
olishimiz mumkindir. Bu esa epitaksiya haqida chuqurroq ma’lumotga ega
bo’lishimiz bugungi kun talablaridan biri ekanligini tasdiqlaydi, fikrimcha.
Yarimo’tkazgich getereostrukturalarni yaratish va o’rganish bo’yicha ishlari
sikli uchun Rossiya olimi J.I.Alferov 2000-yili fizika bo’yicha mukofot oldi.
Bugungi kundagi zamonaviy hayotimizda geterostrukturalar (yuqori tezlikka ega
tranzistorlar, geterolazerlar, yorug’lik diodlari) aloqaning optik tarmoqlarida,
yozish va kompyuter ma`lumotlarini o’qish sistemalarida keng qo’llanilmoqda.
Yarimo’tkazgichli geterostrukturalar o’zlarining ulkan fizik xossalariga ularni
tayyorlash texnologik usullari ayniqsa, molekulyar dastali epitaksiya
texnologiyasining zamonaviy rivojlanishi tufayli erishgan. Bu kimyoviy
texnologiyaning xususiyati kimyoviy tarkib, geteroqatlamlar qalinligi, erkin
tashuvchilar konsentratsiyasi kabi oldindan berilgan parametrlarga ega
materiallar yaratish imkonidir. Bunda epitaksial geterostrukturalar bilan
shug’ullanuvchi ixtiyoriy fizik bu parametrlarni qanday oraliqlarda va qanday
narxda almashtirishni bilishlari uchun ularni tayyorlash texnologiyasini yaxshi
bilishi kerak. Shu bilan birga o’z-o’zidan zamonaviy yuqori texnologiyalarga
tegishli bo’lgan epitaksial texnologiya tadqiqotchidan chuqur fizik bilim va
ko’nikmalarni talab etadi. Buning natijasida bu sohada, qoidaga ko’ra fizik
bilimga ega bo’lgan mutaxasislar ishlaydi.



5


Download 133,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 133,65 Kb.