• 2.2 - rasm. Gorizontal reaktorlar turlari
  •  Epitaksial qatlamlarni olish qurilmalari




    Download 133,65 Kb.
    bet9/24
    Sana17.01.2024
    Hajmi133,65 Kb.
    #139533
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    Soliyeva Muhlisa Ikrom qizi-fayllar.org

    2.2. Epitaksial qatlamlarni olish qurilmalari 
    O’suvchi epitaksial qatlamlar sifati ko’p jihatdan temperatura va
    gazodinamik sharoitlariga bog’liq. Shuning uchun epitaksiya qurilmalariga
    yuqori talablar qo’yiladi. Epitaksial o’stirish qurilmasi reaktorlar tuzilishiga
    bog’liq. Ularning gorizontal va vertikal xillari bor. Gorizontal reaktor ancha
    sodda tuzilishga ega (2.2,a-rasm). Bunda bug’-gaz aralashma oqimi taglik
    ushlagichga parallel o’tadi va epitaksial qatlamlar qalinligi hamda solishtirma
    qarshilikni o’zgartirishga olib keladi. Yanada tekis o’stirishni hosil qilish uchun
    ikkita usuldan foydalaniladi.
    Vertikal reaktorlar konstruksiyasi yaxshiligi qizdirish va aralashma gaz
    oqimi uchun ancha yaxshi sharoitni ta’minlaydi. Taglik ushlagichning
    aylantirilishi issiqlik va gazodinamik maydonlarning tekis taqsimlanishiga olib
    keladi. 2.3,a-rasmda to’rt qirrali taglik ushlagich va gaz - bug’ aralashmani
    vertikal kiritishning vertikal reaktor qurilmasi ko’rsatilgan. 2.3, b-rasmda yuqori
    unumdorlikka ega bo’lgan ishchi aralashmani gorizontal kiritishning baraban
    ko’rinishidagi vertikal reaktori ko’rsatilgan. To’rt qirrali grafitli taglik
    ushlagichni qizdirish yuqori chastotali tok induktori bilan amalga oshiriladi,
    reaktor kvars naydan iborat. Barabanli taglik ushlagichni zanglamas po’latdan
    tayyorlangan reaktor ichida rezistiv elementlar yordamida qizdiriladi. Bu
    qizdirish ba’zan reaktorning kamchiligi deb ataladi.



    23
    2.2 - rasm. Gorizontal reaktorlar turlari: 


    1-kvars reaktor; 2-gaz oqimi; 3-taglik ushlagich; 4-plastinkalar.
    2.3-rasm. Vertikal reaktorning tuzilishi:
    a) kvars nayli reaktor; b) zanglamas po’lat qalpoqli reaktor;



    24
    Xlorid usulida epitaksial qatlamlarni olish qurilmasi 2.4-rasmda berilgan.


    Legirlangan epitaksial qatlamni olish uchun tetraxlorid kremniy yoki legirlovchi
    qo’shimchalar p-turni
    𝐵𝐵𝑟
    3
    yoki n-turni
    𝑃𝐶𝑙
    3
    hosil qiluvchi legirlovchi
    qo’shimcha tarkibli aralashmalar
    𝑆𝑖𝐶𝑙
    4
    + 𝐵𝐵𝑟
    3
    yoki
    𝑆𝑖𝐶𝑙
    4
    + 𝑃𝐶𝑙
    3
    termostat
    idishda tetraxlorid temperaturasi yuqori aniqlikda ushlab turiladi. Bu esa, zaruriy
    bug’ bosimini ta’minlaydi. Odatda bu temperatura 0°C dan past, chunki
    𝑆𝑖𝐶𝑙
    4
    juda uchuvchi suyuqlik.
    Sistemaga palladiy tozalovidan o’tgan vodorod beriladi. Chunki palladiy
    tozalov nam va kislorod qoldiqlaridan vodorodni tozalaydi. Palladiy yoki
    platinali tozalov sistemasi 400–450°C qizdirilgan diafragmadan iborat. Bu
    diafragma orqali yuqori tezlikda atomar vodorod diffuziyalanadi va uning sarfi
    1 m
    3
    /soat ni tashkil qilib boshqa moddalar bu diafragma orqali umuman
    o’tmaydi, chunki ularning diffuziya koeffitsienti kichik. Tozalov nuqtasi
    shudringdan so’ng - 70°C ni tashkil qiladi. Vodorod 1-kran - vodorod sarfini
    o’lchovchi rotametr orqali o’tadi. 2-, 3-, 4- kranlar yopiq. Kremniy tagliklar
    1000–1200°C gacha qizdiriladi va ularning sirti vodorod oqimida tozalanadi. 1-
    kran yopiladi, 2- va 3- kranlar ochiladi. Vodorod
    𝑆𝑖𝐶𝑙
    4
    li idish orqali o’tadi va
    reaktorga tetraxlorid bug’i bilan to’yinib elementar kremniy tiklanadi.
    Reaksiyada qatnashmagan
    𝑆𝑖𝐶𝑙
    4

    𝐻
    2
    , HCl va boshqa mahsulotlar 5-ochiq
    kran orqali skrubberga chiqadi. Skrubber vazifasi zaharli chiqindilarni ushlab
    qoladi, vodorod alangasida yondirib yuboradi. Epitaksial o’stirishda gaz yedirish
    uchun 1-kran orqali MCl epitaksiya jarayonidan oldin beriladi.



    25


    Download 133,65 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 133,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Epitaksial qatlamlarni olish qurilmalari

    Download 133,65 Kb.