• Hissiy holatning ta’siri
  • Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
  • Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi nima
  • So‘z va nutq orqali ko‘rsatadigan ta’sir nima deb ataladi
  • Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir”. Ushbu fikr kimga tegishli
  • Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deya kim aytgan
  • Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi
  • Ma’lumotlarni olish tartibi




    Download 3,89 Mb.
    bet54/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan unda o‘sha odam haqida muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni qayta qurish, o‘zgartirish ancha mushkul.

  • Normal intellektning bo‘lishi. Intellekt juda yuqori bo‘lganda ham, juda past bo‘lganda ham boshqa odamni to‘g‘ri tushunish qiyin.

  • Maxsus tayyorgarlikning bo‘lishi. Mutaxassislar 4-kursda o‘qiyotgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshqalarga bergan psixologik baholarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo‘lib chiqqanining guvohi bo‘lishgan.

  • Hissiy holatning ta’siri. Nurrey degan olimning tadqiqotlarida turli emotsional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni baholash topshirig‘i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib, boshqa odamning rasmini baholashni tavsiya etishganda, baholanayotgan shaxsda johillikka yaqin sifatlar ham borligi aytilgan. Yaxshi emotsional holat boshdan kechirilayotgan seriyada esa o‘sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.

    6. Shaxsning ochiqligi. Kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, pismiq odam baholari o‘rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo‘lishini ta’minlaydi
    Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo‘lg‘usi psixologlar, pedagoglar va rahbarlar uchun muhimki, ular o‘z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o‘tkir dadillik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu muloqotdagi bilimdonlikdir.
    Tayanch tushunchalar: muloqot, funksiya, psixologik ta’sir, verbal, paralingvistik, noverbal, kommunikativ, interaktiv, perseptiv, refleksiya, identifikatsiya, stereotipizatsiya, kauzal atributsiya
    Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
    1.Muloqotning turi va shakllari haqida fikringiz?
    2.Muloqotning qanday funksiyalari mavjud?
    3.Muloqotda psixologik ta’sir vositalari deganda nimani tushunasiz?
    4.Ta’sirning tashabbuskori va adresatini tushuntirib bering.
    5.Kommunikativ uquvsizlikning mohiyati?
    6.Tinglash texnikasi haqida olimlarning fikrlarini izohlang.
    7.Muloqotning psixologik tizimini yoritib bering.
    8.Muloqotning perseptiv tomonining mexanizmlarini tushuntirib bering.
    Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari

    1. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi nima?

    1. Sotsial tajribaga asos solish

    2. Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash

    3. Ruhlantirish

    4. Suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlash

    1. So‘z va nutq orqali ko‘rsatadigan ta’sir nima deb ataladi?

    1. Paralingvistik ta’sir

    2. Noverbal ta’sir

    3. Lingvistik ta’sir

    4. Verbal ta’sir

    1. Artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar qaysi ta’sir tarkibiga kiradi?

    1. Paralingvistik ta’sir

    2. Noverbal ta’sir

    3. Lingvistik ta’sir

    4. Verbal ta’sir

    1. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik amaliy psixologiyada qanday holatni keltirib chiqaradi?

    1. Kommunikativ uquvsizlik

    2. Depressiya

    3. Diskommunikatsiya

    4. A va C javoblar

    1. Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir”. Ushbu fikr kimga tegishli?

    1. E.Fromm

    2. D.Karnegi

    3. G.Andreyeva

    4. Z.Freyd

    1. Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deya kim aytgan?

    1. R.Atkinson

    2. D.Karnegi

    3. A.Shopengauer

    4. Gegel

    1. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?

    1. Aktiv holat

    2. Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish

    3. O‘ychan jimlik

    4. Barcha javoblar to‘g‘ri

    1. Quyida nimaga ta’rif berilmoqda? “IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir”.

    1. Amaliy muloqot treningi

    2. Professional tinglash texnikasi

    3. Muzokara

    4. Bahs





    1. Download 3,89 Mb.
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




    Download 3,89 Mb.