• Ma’lum yoki tahminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo‘li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash deb nimaga aytiladi
  • Kimning o‘tkazgan tajribasiga ko‘ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi
  • BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYADA GURUHLAR MUAMMOSI 1. Sotsial guruhlar psixologiyasi
  • uyushgan va uyushmagan
  • Kishi tomonidan qoldiriladigan baholashiga sabab bo‘lishi qaysi effektning mohiyati hisoblanadi?




    Download 3,89 Mb.
    bet56/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Kishi tomonidan qoldiriladigan baholashiga sabab bo‘lishi qaysi effektning mohiyati hisoblanadi?

    1. Noadekvatlik effekti

    2. Stereotipizatsiya

    3. Refleksiya

    4. Oreol effekti

    1. Ma’lum yoki tahminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo‘li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash deb nimaga aytiladi?

    1. Refleksiya

    2. Kauzal atributsiya

    3. Identifikatsiya

    4. Stereotipizatsiya

    1. Kimning o‘tkazgan tajribasiga ko‘ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi?

    1. D.Karnegi

    2. A.Bodalev

    3. G.Andreyeva

    4. Z.Freyd




    1. BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYADA GURUHLAR MUAMMOSI

    1. 1. Sotsial guruhlar psixologiyasi

    Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish sotsial psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
    Psixologik ma’noda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p (o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
    Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
    Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning «Sotsial psixologiya» darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilaming maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida endi shakllanayotgan diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasida ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Guruhlarning sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita guruh funksiyalari, parametrlari va strukturasini o‘rganishga o‘tamiz.

    1. 2. Guruh funksiyalari

    Nima sababdan odamlar guruhlarga birlashadilar va ko‘pincha guruhga a’zoliklarini juda ham qadrlaydilar? Shubhasiz, guruhlar, umuman, jamiyatning va uning har bir a’zosining u yoki bu ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Amerikalik sotsiolog Nil Djozef Smelzer quyidagi guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi:


    1. Download 3,89 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kishi tomonidan qoldiriladigan baholashiga sabab bo‘lishi qaysi effektning mohiyati hisoblanadi?

    Download 3,89 Mb.