|
rasm. A.A.Bodalev eksperimentida ko‘rsatilgan portret
|
bet | 53/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 20241rasm. A.A.Bodalev eksperimentida ko‘rsatilgan portret.
Ko‘rsatmalar har xil bo‘lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo‘lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g‘amxo‘r, aqlli bo‘lsa kerak, deyishgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar uni - beshafqat, makkor, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko‘zlarni dono, muloyim deyishgan bo‘lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham ob’yekti, ham sub’yekti bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Idrokning ob’yekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil bo‘ladigan “boshqa odam obrazi”ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o‘sha odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko‘p ma’lumot beradigan ob’yektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko‘ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo‘lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita bog‘liq murakkab jarayondir. Boshqa odamni to‘g‘ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya - birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, “ko‘pni ko‘rgan” shaxsgina boshqalarni to‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Aniq va to‘g‘ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
1.Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor to‘qnashgan odamlarda bir-birlari haqida faqat birlamchi tasavvurgina hosil bo‘lishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilar talabalarga boshqa talabalarga baho berish topshirig‘ini berishgan. Baholar birinchi to‘qnashuv natijasiga ko‘ra, bir haftadan keyingi qayta to‘qnashuv natijasida va ikki haftadan keyin tekshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bo‘lar ekan.
|
| |