• 7. Guruh o‘lchamlari va uning tizimi
  • «guruhbozlik»
  • 8. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik
  • Psixologik
  • Guruhlardagi yana bir jarayon




    Download 3,89 Mb.
    bet61/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Guruhlardagi yana bir jarayon bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikga ijobiy zamin hisoblanadi.
    Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi mavzuda o‘rganamiz.

    1. 7. Guruh o‘lchamlari va uning tizimi

    Guruhlar ulardagi odamlar soniga ko‘ra katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Psixologiyada ko‘proq kichik guruhlar o‘rganiladi. Uni necha kishi tashkil etishi, necha kishi hamkorlikdagi faolityati ko‘proq samara berishi masalasi amaliy ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik olimlar guruhning boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan ikki kishini - diadani tan olishadi. Polyak olimi Yan Shepanskiy bunga qo‘shilmasa-da (uning fikricha kamida uch kishi - triadadan boshlanadi), har qalay diada o‘ziga xos uyushma sifatida tan olingan. Masalan, yangi oila qurib, birga yashayotgan kishilar, sevishganlar, ikki do‘st - o‘ziga xos kichik guruh. Har qanday kichik guruhga xos sifat shuki, uning a’zolari bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishish, «yuzma-yuz» bo‘lish imkoniyatga ega bo‘ladi. Har bir kishi uchun shu guruh juda ahamiyatli bo‘lib, uning normalariga o‘zi xohlab-xohlamay bo‘ysuna boshlaydi. Kichik guruhning chegarasi masalasi ham ko‘p muhokama qilinadi.
    G.M.Andreyeva bu chegarani 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik Moreno o‘z vaqtida bu chegarani 30-40 kishigacha surgan edi. Lekin, uning yuqori chegarasi necha kishi bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har bir a’zo bir-biriga ta’sir ko‘rsata olishi kerak.
    Hari bir o‘ziga xos psixologik tizimga ham ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror bo‘lib, ular guruh a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Avvalo guruhning maqsadini ajratish kerak. Maqsad - odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning maqsadi - o‘qish, professional malaka orttirib, mutaxassis bo‘lib yetishish.
    Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har bir odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
    Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi va uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
    Guruhning uyushganligi ham dinamik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, shu nuqtai nazardan har bir guruh bir-biridan farq qiladi. Masalan, odamlar hamkorlikda bajarayotgan ishning qiziqarli va hamma uchun manfaatli ekanligi, guruh normalarining a’zolar tomonidan umuman olganda qabul qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi uyushqoqlikning mezonlaridir.
    Guruhning tizimi yana uning katta-kichikligiga ham bog‘liq. Masalan, 5-10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, uyg‘unroq va faoliyat samaraliroq hisoblanadi. Chunki bunday guruhlarda norasmiy muloqot uchun ma’qul sharoit mavjud bo‘ladi. Bunday guruhlarda «guruhbozlik» degan illat ham bo‘lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan sari ularda rasmiyatchilik, rasmiy yuzaki munosabatlar ko‘payadi va bu odamlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarda o‘z aksini topadi.



    1. 8. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik

    Guruh hayoti va undagi a’zolarning o‘zlarini yaxshi his qilishlari ko‘p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo‘la olishlariga bog‘liq. Bu hodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi.
    Moslikning mezoni sifatida Nikolay Nikolayevich Obozov quyidagilarni ajratadi: qoniqish.
    Ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va sotsial psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida sotsial xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ularda ko‘proq sotsial psixologik moslikning ahamiyati kattadir.
    O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




    Download 3,89 Mb.