• 3. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet69/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    to‘satdan yuzaga kelgan olomon;

  • ekspressiv olomon;

  • konvensial olomon;

  • harakatdagi olomon.

    To‘satdan yuzaga kelgan olomon birdan to‘planadi, voqea-hodisaning mohiyatini tushunishni xohlaydi.
    Ekpressiv olomonga to‘y-hasham, xudoyi va janozalardagi olomon, xalq kiradi.
    Konvensial olomonga ommaviy sport tadbirlari, masalan, futbol uchrashuvlariga yig‘ilgan odamlar kiradi. Ushbu toifadagi olomonning o‘ziga xosligi shundaki, ko‘p hollarda ularning axloqi ma’lum qolipdan chiqib ketadi. Bu ularning baqiriqlari, qayg‘urishlari, quvonganlarida ko‘rinadi.
    Harakatdagi olomon ko‘pincha qo‘zg‘olonchi-ashaddiy olomon deb ataladi. Chunki olomon qo‘zg‘olon orqali o‘z niyatini amalga oshiradi. Ashaddiy olomon hamma yoqni buzadi, sindiradi, o‘t yoqadi, bu bilan olomonning o‘zi ham vahimaga tushadi. Bunga Donbasdagi shaxtyorlar harakatini, Bryansk va Brestdagi o‘qituvchilar harakatini misol qilishimiz mumkin.
    Olomon ham o‘z tarkibiga ega, masalan:

    1. adashib qo‘shilib qolgan shaxslar;

    2. ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar;

    3. olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar;

    4. boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar).

    Adashib qo‘shilib qolgan shaxslar, ya’ni bunda ayrim shaxslar o‘zlari bilmagan holda shu oqimga qo‘shilib ketadilar va olomonni to‘ldiradi.
    Olomon tarkibidagi eng qo‘rqinchli shaxslar ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar bo‘lib, ular o‘z axloqini ko‘z-ko‘z qiladilar.
    Olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslarning olomon tarkibida bevosita ishtiroki deyarli kamdan kam hollarda bo‘ladi.
    Boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar) olomonning axloqiy xatti-harakatini izdan chiqaradi va bir yo‘nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o‘zlari hech qanday ishni amalga oshirmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar.



    1. 3. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar

    Olomon shakllanishining ilk belgilaridan guruhiy tartibbuzarlikkacha bir qancha bosqichlar bosib o‘tiladi.
    Bahonaning yuzaga kelishini guruhiy tartibbuzarliklarning boshlanishi deb hisoblash mumkin. Odamlarning e’tiborini tortgan va ular noto‘g‘ri talqin etgan har qanday voqea yoki fakt ana shunday bahona bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bahonalar nihoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin.
    Bahonalarning kelib chiqishida mish-mish gaplarning ham ta’siri katta bo‘ladi. Mish-mish gaplar o‘zi mohiyatiga ko‘ra ma’lum ma’noda tasdiqlangan yoki hech kim tomonidan tasdiqlanmagan xabar (ma’lum ma’noda) vazifasini bajaradi, shuning uchun ham ba’zi shaxslar hayotida va jamiyatda ma’lum bir sotsial psixologik muammolarni yuzaga keltiradi. Natijada jamiyatni, insonlar turmush tarzini o‘zgartirib yuborish xususiyatiga ega.
    Shu nuqtai nazardan mish-mishlar sotsial psixologik xususiyatga ega bo‘lib, jamoatchilik ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatga zid bo‘lgan ommaviy tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini yanada murakkablashtiradi.
    Ko‘p hollarda shaxslarda kerakli ma’lumotlarning yetishmasligi oqibatida mish-mishlarning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo‘ladi. Natijada shaxslarning ma’lum muammo, voqea-hodisaga nisbatan talab, ehtiyoj va qiziqishlari qondirilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, xabarlarni tarqatishda ularga emotsional tus beradi, ularni bo‘rttirish va boyitishga olib keladi. Mish-mishlar ma’lum maqsad va manfaatlarga qaratilib, sotsial, iqtisodiy, madaniy-maishiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘lib g‘arazli niyatlarda tarqatiladi. Mish-mishlarni tarqatuvchi shaxslarning psixologik xususiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular hamisha xabarlarini ishonchli manbalardan olingan deb aytishadi va odamlarga o‘zlarini bilag‘on qilib ko‘rsatishga harakat qiladilar. Bunday shaxslar odamlardagi hayajonni ko‘rib, voqealarga yanada ko‘proq emotsional tus berishga intilishadi. Oqibatda, ba’zan mish-mishlarning kuchi haqiqiy axborotdan ham kuchli bo‘ladi.
    Mish-mishlarni quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiq:

    1. hodisalarni tasvirlash;

    2. emotsional ton (tus) berish, izohlash;

    3. mish-mish gaplarning ta’sir kuchidan foydalanish.

    Mish-mishlarning tarqalishi va e’tirozli holatlarning paydo bo‘lishiga manfaatli shaxslarning xatti-harakatlari va xabarlari sabab bo‘lib, hududdagi operativ vaziyatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, mish-mishlar ba’zi shaxslar tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, ma’lum bir voqea, hodisalar haqida bir kishi tomonidan ikkinchi bir kishiga yetkaziladigan og‘zaki xabardir.
    Mish-mishlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

    1. umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish gaplar;

    2. ma’lum ma’noda tasdiqlangan (haqiqat bor) mish-mish gaplar;

    3. to‘liq ma’noda haqiqatga ega bo‘lgan mish-mish gaplar.

    Umuman, mish-mishlar «mish» qo‘shilganligi sababli, o‘z xarakteriga ko‘ra to‘g‘ri, aynan haqiqatning o‘zini tashkil qilmaydi, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yoki bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishda qandaydir qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritiladi.
    Mish-mishlar agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin (1992-yildagi talabalar shaharchasida bo‘lgan voqeani ko‘z oldingizga keltiring). Bunday vaziyatda odamlar, ayniqsa kichik-kichik guruhlardagi odamlar hech narsaga ishonmaydi.
    Mish-mishlar o‘z xususiyatiga ko‘ra maxsus tashkil etilishi va birdan yuzaga kelishi mumkin.
    Maxsus tashkil etilgan mish-mishlardan ko‘zlangan maqsad yashirin motivlar, g‘arazli niyatlar bilan amalga oshiriladi.
    Mish-mishlar muayyan psixologik sharoitlar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Ushbu sharoitlarni tushunish uchun taniqli olim P.V.Simonov his -hayajonlar
    (emotsiyalar) axborot nazariyasiga qiziqish uyg‘otadi5, degan fikrni bayon qilgan.
    Ushbu nazariyaga ko‘ra, vaqtning har bir muayyan daqiqasida dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun inson aniq harakatlar sodir etishi kerak. Lekin u doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtimolli muhitda harakat qilgani bois, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun unga ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi narsalar va shart- sharoitlar haqidagi axborot kerak bo‘ladi. Ehtiyoj qanchalik keskin bo‘lsa, insonning zarur axborotni izlashga qaratilgan faoliyati ham shunchalik jadal bo‘ladi. Agar inson xatti-harakati (xulqi)ni tashkil qilish uchun yetarli axborotga ega bo‘lsa, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) amalda yuzaga kelmaydi, yuzaga kelsa ham juda sust ko‘rinishga ega bo‘ladi. P.V.Simonovning yozishicha, agar raqibni yengish usullari yaxshi ma’lum bo‘lsa va unga qarshi kurashayotganlar ana shu usullarni bilsalar, g‘azabning keragi yo‘q; himoya vositalari mavjud bo‘lsa va samaradorligi shubha uyg‘otmasa, tashvish va qo‘rquv uchun sabab yo‘q. Inson tasarrufidagi axborotning yetarli emasligi natijasida aniq vaziyatlarda salbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Axborotga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish uchun zarur deb bashorat qilinayotgan hajmdan ortib ketganida insonni ijobiy hissiyotlar chulg‘ab oladi.
    P.V.Simonov matematik simvollardan foydalanib quyidagi ifodani keltiradi:

    Download 3,89 Mb.
  • 1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143




    Download 3,89 Mb.