|
Sotsial psixologiya
|
bet | 70/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024H=E (Z-M)
Bunda H - hissiyotlar; E - ehtiyojlar; Z - ehtiyojni qondirish xulqini tashkil qilish uchun zarur hisoblangan axborot; M - mavjud bo‘lgan, ya’ni inson tasarrufidagi axborot.
Bizning mavzuga tatbiq etganda mazkur ifodani quyidagicha talqin etish mumkin: agar ehtiyoj nolga teng bo‘lsa (masalan, u yoki bu voqea insonni aslo qiziqtirmasa), u holda shaxs axborotga muhtoj bo‘lmaydi va bu masalada hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Binobarin, mish-mishlar yuzaga kelishi uchun ham asos bo‘lmaydi. Ehtiyojni qondirish uchun zarur deb hisoblangan axborot (Z) mavjud axborot (M)ga teng bo‘lganida ham ular yuzaga kelmaydi. Agar muayyan sababga ko‘ra odamlarning bunday axborot bilan to‘liq ta’minlangan jamoasiga tashqaridan mish- mishlar kirsa, bundan keyin ular tarqalmaydi, balki uning ichida barham topadi.
«М» nolga teng bo‘lganida, ya’ni inson o‘z xulqini tashkil qilish va dolzarb ehtiyojini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan hech qanday axborotga ega bo‘lmasa, hissiyotlar maksimal ahamiyatga ega bo‘ladi, mish-mishlar uchun esa eng qulay zamin yuzaga keladi. Bir tomondan, ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilishdek keskin zarurat, ikkinchi tomondan, buning uchun kerakli har qanday axborotning yo‘qligi insonni axborot manbalarini baholashda ularning farqiga yetmaydigan qilib qo‘yadi.
Guruhiy tartibbuzarlikning yetilishidagi ikkinchi bosqich dastlabki xavotirli mish-mishlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Tartibbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat ushbu bosqichda ancha qiyinlashadi. Odamlar voqeaga nisbatan muayyan qarashni o‘zlashtirgan bo‘ladilar va har qanday axborotni o‘zlarining yanglishuvlari orqali qabul qiladilar. Vaziyatning yanada murakkablashuviga qarshi kurashning yo‘li - bu odamlarni qayta ishontirish, mish-mishlarning yolg‘onligini dalillar bilan isbotlashdir. Bu bosqichda voqea yoki fakt manfaatlariga ko‘p darajada ta’sir ko‘rsatgan odamlarni yakka tartibda qayta ishontirish eng ko‘p samara beradi. Bu bosqichda omma oldida mish-mishni rad etish vaziyatni chigallashtirishi, mish- mishlarning yanada ko‘proq tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin.
Mish-mishlar nafaqat hech qanday rasmiy axborot bo‘lmagan sharoitda, balki bunday axborot odamlarning qiziqishlarini qondirmagan, yetarlicha ishonchli bo‘lmagan yoki shubhali bo‘lgan hollarda ham yuzaga keladi va tarqaladi.
Inson unga kelayotgan axborotni beparvolik bilan qabul qilmaydi. U ushbu axborotni o‘z qarashlari va e’tiqodlari, yanglishuvlari va xurofotlari, mayl va xush ko‘rmasliklari bilan solishtiradi. Shaxs agar norasmiy yo‘llar bilan boshqa xabar olgan bo‘lsa, rasmiy axborotga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Bunday vaziyatda nafaqat axborot berish, balki qayta ishontirish talab etiladi. Bu esa yanglishayotgan odamning o‘zi uchun ham, uni qayta ishontirayotganlar uchun ham juda qiyin bo‘ladi.
Psixologiya fanida axborotni odamlar aynan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
tarqatadilar va o‘zlashtiradilar deb to‘g‘ri ta’kidlanadi6. Ushbu ehtiyojlarning ularning mish-mishlar bilan qondirilishi nuqtai nazari bilan ko‘rib chiqamiz.
Utilitar effekt odamlar olingan ma’lumotlardan o‘z hayotiy muammolarini hal qilish uchun foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu rasmiy axborot tarqatilgan, ammo mish-mishlar ham muayyan, lekin o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladigan holatlarda eng yorqin ko‘zga tashlanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davomida ingliz razvedkasi Gitler Germaniyasining harbiy zavodlari ishini izdan chiqarish uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarilayotgan shaharda sartaroshxonada sochi quritilayotgan zavod xodimalaridan birining boshi portlab uzilib ketgani, bu go‘yoki atmosferada porox changi haddan tashqari ko‘pligidan aholining sochlariga ilashib qolayotgani va sirli portlashning imkoniyatdagi xavfi yuzaga kelishi sababli kelib chiqqani haqida mish-mish tarqatdi. Inglizlarning aytishicha, bunday mish-mish ta’sirida ko‘pchilik zavod xodimalari shahardan qochib ketganlar va oqibatda qo‘yilgan maqsadga erishilgan.
|
| |