|
Sotsial psixologiya
|
bet | 73/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Ommaviy tartibsizliklar - ko‘p miqdordagi odamlar (omma) tomonidan qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yohud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etgan holda, jamoat joylarida belgilangan tartibni buzish va xavfsizlikka tahdid solish bilan bog‘liq boshqarib bo‘lmaydigan favqulodda harakatlardir.
Guruhiy tartibbuzarliklarga mitinglar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazishning belgilangan tartibini guruh bo‘lib buzish, sport musobaqalari va estrada konsertlari namoyishida ashaddiy muxlislar yoki ayrim shaxslarning belgilangan axloq qoidalarini buzishlari, guruhiy bezorilik va boshqa nojo‘ya harakatlarini kiritish mumkin.
Ommaviy tartibsizliklar, odatda, jinoyat tarkibini tashkil qiladi va terrorchilik harakatlari, shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish, qirg‘in qilish, ichki ishlar organlari binolariga o‘t qo‘yish, ularni egallab olishga, hokimiyat vakillariga hujum qilish, qurolli qarshilik ko‘rsatishga urinish va boshqa shunga o‘xshash harakatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida qamrab olingan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Ommaviy tartibsizliklarning sotsial xavfli xususiyatlari bevosita ularning yuz berishi jarayonida ushbu harakatlarning ishtirokchilari tomonidan boshqa bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etish bilan kechishi, fuqarolar hayotiga, sog‘lig‘iga va mol- mulklariga jiddiy xavf solishi hamda boshqa shu kabi bir qator og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi bilan yuz berishida namoyon bo‘ladi.
Ommaviy tartibsizliklarning eng xavfli tomoni shundaki, ularning o‘z vaqtida oldi olinib bartaraf etilmasa, ular jamiyat hayotiga putur yetkazib, uning inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
Guruhiy tartibbuzarlik va ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqishida insonning jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlari, ya’ni mish-mish gaplar va
|
| |