|
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan tashqi ko‘rinish xususiyatlari
|
bet | 76/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024E’tibor qaratish lozim bo‘lgan tashqi ko‘rinish xususiyatlari
keng bichimli, qoramtir yoki kulrang tusdagi, gavda o‘lchamiga mos
kelmaydigan, g‘ijim, bel sohasi keng yoki kun, joy va ob-havo sharoitlariga mos kelmaydigan nostandart kiyim;
bel sohasida shubhali (notabiiy) bo‘rtiqlari bo‘lgan beo‘xshov kiyim, yonida olib yuriladigan va maishiy buyum sifatida niqoblangan ob’yektlar, shubha uyg‘otuvchi shaxsning nihoyatda ehtiyotkor munosabatda bo‘layotgan ryukzak, sumka, bolalar kajavasi va shu kabilar (narsalarni bag‘riga (badaniga) bosib, vaqti- vaqti bilan beixtiyor siypalab qo‘yadi);
qo‘lida siqib olingan yoki kiyim qatlari orasidan (yenglaridan) ko‘rinib qoladigan shnur yoki simlar borligi;
shubha uyg‘otuvchi shaxsda ko‘zlarining noverbal signallarini atrofdagilardan yashiruvchi qoramtir ko‘zoynaklar borligi (bu uning salbiy niyatlaridan dalolat berishi mumkin);
poyafzali nihoyatda toza (dafn marosimiga tayyorgarlik), soqoli qirtishlab olingan, atrofga befarq yoki aksincha, diqqat, xavotir bilan qarayotgan, boshqalardan ajralib turgan, shuningdek, mo‘ylovi olingan soqolli (ko‘pincha tarashlanmagan) va bosh kiyim (odatda naqsh va gullarsiz do‘ppi kiygan) erkak (bular «vahhobiy» lik belgilari);
homiladorlik belgilari bor ayollar, shuningdek, bo‘yin va quloqlarni yopib turuvchi ro‘mol o‘ragan, sidirg‘a (bir tusli), ko‘pincha suratlarsiz, tizzadan pastga tushgan yoki deyarli yerga tegib turadigan, yenglari uzun ko‘ylak (yoki uzun yubka), lozim, tufli kiygan ayol («vahhobiy»lik belgilari);
hatto issiq kunda ham kurtka, plashch yoki palto kiygan va tugmalarini taqib olgan erkak va ayollar.
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan xatti-harakat xususiyatlari:
ko‘p terlash, ba’zan so‘lak ajralishi, atrofdagi vaziyat va odamlarga kuchli e’tibor berish bilan kechadigan sezilarli darajadagi asossiz qo‘zg‘alish yoki beo‘xshov qarash, qo‘l terlashi, qo‘l barmoqlarining titrashi, harakatlarning cheklangan bo‘lishi;
begonalar yaqinlashganda pichirlashga aylanadigan duo o‘qish;
oldinda huquq-tartibot organlari xodimlari bo‘lganda harakat yo‘nalishini
o‘zgartirish va ulami aylanib o‘tishga urinish.
|
| |