|
E’tibor berish zarur bo‘lgan qo‘rquvning o‘ziga xos tashqi belgilari
|
bet | 77/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024E’tibor berish zarur bo‘lgan qo‘rquvning o‘ziga xos tashqi belgilari:
teri oqarishi, terlash, yutinish;
nafas olishning qiyinlashishi, tez-tez nafas olish;
uyqu arteriyasining pulsasiyasi;
ko‘z qorachiqlarining kengayishi;
ovoz yo‘qolishi va jarangining pasayishi;
kaftlar tremori, barcha gavda mushaklarining titrashi;
qoshlarning ko‘tarilishi va birlashishi (chimirilishi);
ko‘zlarning katta ochilishi va kengayishi;
yuz mushaklarining nihoyatda taranglashishi.
Tashqi ko‘rinish va xatti-harakatning mazkur belgilarini bir butunlikda ko‘rib chiqish, har bir shubhali jihatni inobatga olish zarur.
Shubha uyg‘otuvchi shaxs bilan suhbatlashganda uning yoshi, jinsi, millati, psixologik tipi, aqliy darajasini inobatga olish lozim. Turli millat va xalqlarning an’ana, urf-odatlarini hurmat qilish, musulmonlar va boshqa din vakillarining e’tiqodlariga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish kerak. Ko‘ngilsiz oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun iloji boricha nazokat va odob bilan munosabatda bo‘lish, aslo bahslashmaslik, ayniqsa diniy yoki milliy mavzudagi munozaralarga kirishmaslik darkor.
Xodimlar hujjat tekshirayotganlarida shubha uyg‘otuvchi shaxslarning pasport ma’lumotlari (tarjimai holiga oid ma’lumotlar)ni aniqlashtirishlari, ularning kelgan vaqtlari va ko‘zlagan maqsadlari, aniq yashash manzillari, tug‘ilgan joylari, oilaviy ahvollari, ma’lumoti, mashg‘ulotlari bilan qiziqishlari mumkin. Javob olinganida shubha uyg‘otuvchi shaxsning noverbal signallari sinchkovlik bilan kuzatiladi, ushbu signallar ularning verbal signallari bilan qiyoslanadi: gumon qilinuvchining imo-ishoralari, holati, mimikasi (jumladan, ko‘z, lab ifodalari) uning so‘zlariga mos kelish-kelmasligi, nutqiga xos xususiyatlar, teri qoplamasining holati (oqarishi, qizarishi, dog‘ bilan qoplanishi, ter chiqishi kabilar) tekshiriladi. Savollar «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob qaytarilmaydiga n shaklda beriladi.
Shuningdek, xodimlaming to‘g‘ri javob avvaldan (hujjatli manbalardan, tezkor axborotdan) ma’lum bo‘lgan ayrim savollarni berishlari tavsiya etiladi. Ushbu savollarga yolg‘on javob qaytarilishi so‘ralayotgan shaxsga nisbatan gumonlarni mustahkamlaydi.
Yuz berayotgan voqealarga inson neytral munosabatda bo‘lganida, odatda uning boshi tik, nigohlari to‘g‘ri va tiyrak, ko‘zlari suhbatdoshiga qarab turadigan, o‘zini tutishi erkin, imo-ishoralari ifodali bo‘ladi.
Agar so‘ralayotgan shaxsning boshi egik, nigohlari tashqariga yo‘nalgan yoki ko‘z qiri bilan qaraydigan, qo‘llari mudofaa holatida (qovushtirilgan ikki qo‘li bilan sumka yoki paketini ushlab olgan) bo‘lsa, u holda ushbu noverbal signallar suhbatdoshiga nisbatan uning salbiy hissiyotlaridan va (yoki) stress holatida ekanligidan dalolat beradi.
|
| |