|
Ommaviy tadbirlarning ikki turi mavjud
|
bet | 80/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Ommaviy tadbirlarning ikki turi mavjud. Ruxsat etilgan ommaviy tadbirlar - ko‘ngilochar, teatr-tomosha, konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlari, umumxalq, diniy, professional bayramlar hamda miting, yig‘ilish, namoyishlarni o‘tkazish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda, maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tegishli organ va idoralardan ruxsat olgan holda tashkil etiladigan tadbirlar. Ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlar - tegishli davlat organlari va idoralaridan ruxsat olmasdan tashkil qilinadigan miting, yig‘ilish, namoyish va ko‘cha yurishlari.
Normativ-huquqiy hujjatlarda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish fuqarolarning sotsial-siyosiy faolligini ifoda etgani bois, tegishli davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsat etilgan taqdirdagina amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Yuridik adabiyotlarda ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlar deya tasniflangan.
Hududiy belgilariga qarab ommaviy tadbirlar:
tuman-shahar miqyosida;
viloyat miqyosida;
respublika miqyosida;
xalqaro miqyosdagi ommaviy tadbirga bo‘linadi.
Ommaviy tadbirlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
miting - fuqarolarning sotsial-siyosiy hayotdagi voqea-hodisalarga, shaxslar yoki tashkilotlarning harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan o‘z munosabatlarini ifoda etish va ommaviy ravishda muhokama qilish maqsadidagi ommaviy yig‘ini;
ko‘cha harakatlari - ko‘chaning qatnov yoki piyodalar yo‘laklarida, chorrahalarida qandaydir masalalarga diqqatni jalb qilish maqsadida odamlar tomonidan tashkil etiladigan ommaviy harakat;
namoyish - harakat jarayonida plakatlar, e’lonlar va boshqa ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda jamiyat siyosiy kayfiyatining odamlar guruhi tomonidan ommaviy namoyish etilishi;
yig‘ilish - fuqarolar guruhi tomonidan o‘zlarining kayfiyatlari, munosabatlari va qarashlarini ma’lum joy, hudud, binolarda boshlovchi, boshqaruvchi tomonidan ularga qarshi tomonga ma’lum qilinishi.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlar o‘tkazilayotganda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining tinchligi, osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini turli tajovuzlardan himoya qilish asosan ichki ishlar organlarining zimmasidagi vazifalar hisoblanadi.
Ommaviy tadbirlar mazmuni va yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
sotsial-siyosiy;
ommaviy-madaniy;
sport-tomosha;
diniy marosimlar.
|
| |