|
Ijtimoiy-siyosiy tadbirlarga
|
bet | 81/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Ijtimoiy-siyosiy tadbirlarga namoyishlar, mitinglar, yurishlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining qurultoylari (syezdlari) turli darajalardagi deputatlar, Respublika Prezidentining saylanishi kabilar kiradi.
Ommaviy tadbirlarning yana bir keng tarqalgan turi madaniy-ommaviy tadbirlardir. Ular ko‘rgazmalar, vernisajlar (ko‘rgazmani ochish marosimlari), xalq sayillari, teatrlashtirilgan tomoshalar, festival, yarmarka, konsert kabilardan iborat.
Sport-tomosha tadbirlari an’anaga ko‘ra, respublikamizda aholi ommaviy dam olishning keng yoyilgan shakllaridan biri hisoblanadi. Ular, miqyosi va muhimlik darajasiga ko‘ra, xalqaro, respublika, viloyat, shahar va tuman miqyosidagi tadbirlarga bo‘linadi. Odamlarning ommaviy to‘planishi hamda jamoat tartibining holatiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasi bo‘yicha qo‘riqlash uchun eng qiyini futbol, kurash, katta tennis kabi sport o‘yinlarining o‘tkazilishidir. Ushbu ommaviy tadbirlarning o‘ziga xos jihati, futbol matchlarida muayyan toifadagi sport ishqibozlari, turli sport klublariga mansub ashaddiy muxlislarning bo‘lishidir.
Ommaviy - diniy tadbirlar, jumladan, respublikamizdagi har xil diniy bayramlar, odatda, tegishli machitlarda dindorlar va oddiy qiziquvchilar ko‘plab to‘planadigan sharoitda o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda davlat siyosatining dinga munosabati o‘zgargani sababli yangi machitlar qurilmoqda, eskilari tiklanmoqda, dindorlarga ibodat uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Ular orasida faoliyati g‘ayrisotsial xususiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan oqimlar bo‘lganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu oqimlarga ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan «Vahhobiylar», «Akromiylar», «Hizb ut-tahrir» kabilar kiradi. Ular o‘z saflariga yoshlarni tortadilar, odamlarni yo‘ldan uradilar, ba’zan esa huquqbuzarlik va hatto, jinoyatlar sodir etadilar.
Ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan ob’yektda va uning atrofida turli xil favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganda quyidagi psixologik bilimlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq:
jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan xodimlarning tezkor vaziyatni doimiy ravishda asosida shubha uyg‘otuvchi va jazava holatiga tushib qoluvchi shaxslarni aniqlash;
jamoat tartibining buzilishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida ommaviy tadbir ishtirokchilariga psixologik ta’sir choralarini ko‘rish;
shubha uyg‘otuvchi va jazavaga tushib qoluvchi shaxslarga psixologik ta’sir ko‘rsata olish (xodimlar tomonidan doimiy nazoratda ekanligini his qilib turishi);
tezkor xodimlar tomonidan ommaviy tadbir ishtirokchilariga psixologik ta’sir ko‘rsatish maqsadida mish-mish gaplardan foydalanish;
mmaviy tadbir ishtirokchilari orasidan shubha uyg‘otuvchi shaxslarni olib chiqib ketishda obro‘sizlantirish usulidan foydalanish.
Bizga ma’lum bo‘ldiki, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda ommaviy tartibsizliklar vujudga kelishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari zimmasiga ulkan va mas’uliyatli vazifalar yuklatiladi. Zero, ular yurtimizning tinchligi va barqarorligi, fuqarolarning xavfsizligi hamda jamiyatimizning barqaror hayoti uchun javobgardirlar.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda ommaviy tartibsizlik vujudga kelishining oldini olishda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan psixologik bilimlarga ega bo‘lish, ayniqsa insonning jamoadan tashqari xatti-harakatlar psixologiyasini bilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, psixologik bilimlar natijasida ichki ishlar organlarining fuqarolarni va jamiyatni terrorchilik, qo‘poruvchilik xurujidan, barcha shakldagi ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikning turli ko‘rinishlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlaydi.
|
| |