|
Sotsial psixologiya
|
bet | 84/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 20243-rasm. «Men» - munozarada» deb ataluvchi bu holat ayni bahs-munozaralar o‘tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o‘z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to‘rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.
4-rasm. «Men» - hamkorlikdaman» degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a’zolari to‘rt-besh kishidan bo‘lib alohida stollar atrofida o‘tirib, har bir guruh o‘z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
Demak, dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish lozim bo‘lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shunday keyingina mashg‘ulotni boshlashi kerak. Ko‘rinib turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning samaradorligi deyarli yo‘q, chunki ular oldingi qatorlarda o‘tirgan tinglovchilarning
faolligigagina yo‘naltirilgan, qolganlar «o‘yindan tashqari» holatda, bu narsa ulaming dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo‘lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‘liqdir («disput» so‘zining lug‘aviy ma’nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa - guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o‘z fikr mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o‘tirib, mavzuning yechimi batamom hal bo‘lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda ko‘pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.q.) o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar bahlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha) bo‘lsa, unda munozarani uyushtirishning o‘ziga xos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo‘linadi. Birinchi guruh - «fikrlarni jamlovchilar» - generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi - «tanqidchilar» va uchinchi guruh - «fikrlarni tezlatuvchilar» - katalizatorlar» deb ataladi.
Har bir ajralgan guruhninig o‘ziga xos funksiyalari bor: «generatorlar» o‘rtaga tashlagan muammo yoki bahs mavzusi bo‘yicha o‘zlaridagi barcha fikrlarni o‘rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri - lider - ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo‘lingan taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So‘ngra o‘yinga «tanqidchilar» kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi «mag‘zni» va «puchak» fikrlarni saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yana so‘z «generatorlar»ga yoki «katalizatorlar»ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo‘rin fikr bo‘lsa, yoki mohiyatan shu mavzuga aloqador bo‘lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So‘ngra «tezlatuvchilar» bahsni davom ettirishga ruxsat berib, agar uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning o‘yiniga xolis baho bergan holda munozarani to‘xtatishi mumkin. Ular ko‘pincha ikkala guruh uchun xolis orbitorlar - «hakamlar» rolini o‘ynaydilar.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy ma’naviy mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo‘llash imkoniyati bo‘lsa, suhbatdoshlarning uchburchak shaklidagi berk stol atrofiga o‘tirishlari mumkin. Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o‘rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog‘i, kerak bo‘lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo‘naltirib turmog‘i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o‘laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni o‘zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o‘zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bahsning yo‘nalishini buzib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo‘lishi shart.
3Darsda munozara, breynshtorming va treninglar o‘tkazish texnologiyasi
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida «mozgovaya ataka», inglizchasiga «brain storming» deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo‘q, lekin uni «miyaga hujum» yoki «fikrlar to‘qnashuvi», «fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma- navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko‘proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo‘lgan sharoitlarda qo‘l keladi. Ya’ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon beriladi va oxir oqibat guruhning o‘zi ma’lum ratsional «mag‘zni» ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A.Osborn 30-yillardayoq taklif etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o‘ziga xos yechimi bo‘lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo‘llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to‘g‘ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari ko‘p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
Jumlalar juda qisqa bo‘lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas.
Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar tanqiddan xolidir.
Mantiqiy fikrlardan ko‘ra, fantastik yoki qo‘qqisdan, tasodifan miyada paydo bo‘lgan fikr muhimroq.
Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
Bildirilgan fikr yoki g‘oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular - muallifsizdir.
Fikr yoki yaxshi g‘oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki guruhnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ta’kidlangan guruh katta bo‘lgan sharoitda bahs uyushtirishda ham generator, ya’ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘plab sinov mashg‘ulotlarining ko‘rsatishicha, aynan shu guruhda breynshtorming usulining qo‘llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks holda muhim muammolar bo‘yicha munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erishish juda qiyin bo‘ladi. Bu usul ayniqsa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.
Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida shakllanishi shart va bunda boshlovchi - o‘qituvchining roli katta. Amaliy mashg‘ulotlarni bahs-munozara shaklida o‘tkazilishi bolalarga oldindan aytilishi va ularning tayyorgarlik ko‘rishlari uchun savollar berilib qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun mashg‘ulot
boshlanishidan avval ulaming o‘zlarini erkin tutishlari uchun ayrim
|
| |