|
Sotsial psixologiya
|
bet | 82/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Tayanch tushunchalar: olomon, omma, tajovuzkor, qutqarilayotgan,
manfaatparast, ekstatik, to‘satdan yuzaga kelgan olomon, ekspressiv olomon, konvensial olomon, harakatdagi olomon, profayling, mish-mish.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Psixologik nuqtai nazardan olomon deganda nimani tushunasiz?
Olomonda ruhlantiruvchi ta’sir nimani anglatadi?
Olomon psixologiyasi bo‘yicha U.Mak-Dugallning qarashlarini tahlil qiling?
Tabiatiga ko‘ra olomon turlarini izohlab bering.
Sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab olomon turlari farqlarini tushuntiring.
Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar haqida nimalarni bilasiz?
Olomon tarkibida mutaassib shaxslarni aniqlashda profayling metodining mohiyati nimada?
Olomon tarkibida mutaassib shaxslarni aniqlashda profayling metodining ahamiyatini yoritib bering.
Olomonni boshqarishning psixologik usullari haqida fikr yuriting. 10.Ommaviy tadbirlarning asosiy turlarini izohlang.
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Fikrlovchi shaxsning yo‘qolib ketishi va odamlarning his va fikrlari bir aniq yo‘nalishga kirishi qaysi fenomenni xarakterlaydigan bosh qirra hisoblanadi?
Xalq
Guruh
Jamoa
Olomon
Odam olomon tarkibida o‘ziga xosligini yo‘qotadi, psixik ustanovka shaklidagi har bir odamda turlicha rivojlangan sotsial ong, sotsial qadriyatlar, normalar va axloqiy cheklashlar o‘chadi, degan fikrni kim bayon qilgan?
T.Mitchell
G.Lebon
Nemov
N.Obozov
Olomon o‘z qahramonidan kuch ishlatishni talab qilgan paytda qaysi ambivalent hissiyotlar paydo bo‘ladi?
Mazoxizm va sadizm
Negativizm va pozitivizm
Optimizm va pessimizm
To‘g‘ri javob yo‘q
Olomon psixologiyasining eng hayron qolarli belgisi uning affektivligi, qahr- g‘azabining junbushga kelishi ekanligini kim ta’kidlagan?
Ch.Kuli
T.Mitchell
Mak-Dugall
G.Lebon
Olomon atamasi sotsial psixologiyaga qachon kirib kelgan?
XIX asr oxiri - XX asr boshida
XVI-XVII asrlarda
XX asr o‘rtalarida
XVIII asr oxiri - XIX asr boslarida
O‘z tabiatiga ko‘ra olomon qanday turlarga bo‘linadi?
Harakatdagi va tajovuzkor
Qutqarilayotgan va manfaatparast
Ekstatik, fanatiklik, aqlsizlik
Hamma javob to‘g‘ri
Olomonni harakatdagi, tajovuzkor, qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik turlarga kim tasniflagan?
Yu.A. Sherkovin
Mak-Dugall
G.Lebon
To‘g‘ri javob yo‘q
Sobiq ittifoq davrida yashagan qaysi psixologlar olomonning bir qator psixologik xususiyatlarini o‘rgangan?
Porshnev, Parigin
Andreyeva, Nemov
Sherkovin, Fedenko
A va C javoblar
Olomon sodir bo‘lgan voqea-hodisaga qarab qanday turlarga bo‘lnadi?
To‘satdan yuzaga kelgan olomon, ekspressiv olomon
Konvensial olomon, harakatdagi olomon
Tajovuzkor olomon, fanatic olomon
A va B javoblar
Umumiy tuyg‘ularni birgalashib ifodalayotgan kishilar guruhi nima deb ataladi?
To‘satdan yuzaga kelgan olomon
Ekspressiv olomon
Konvensial olomon
D Harakatdag olamon
BOB. GURUH SHAROITIDA ZAMONAVIY O‘QITISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI
1. Auditoriya bilan ishlashning sotsial psixologik shartlari
Ma’lumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi - ta’lim oluvchida bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma’lumotlar almashinuvi orqali ro‘y beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi:
monolog;
dialog;
polilog.
|
| |