|
Quyidagi qo‘shimcha signallarga ham e’tibor berish lozim
|
bet | 78/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Quyidagi qo‘shimcha signallarga ham e’tibor berish lozim:
aldayotganligini ko‘rsatuvchi signallar (qo‘lning og‘iz, burun yoki bo‘yin sohasiga tegishi bilan bog‘liq ishoralar, ko‘z qovoqlarini ishqalash, nigohlarni tashqariga, odatda yerga yoki shiftga qaratish, qo‘llarni cho‘ntaklarga yashirish yoki ko‘krak oldida chalishtirish);
tajovuzkorlik va hujumga tayyorlik belgilari (lablar jipslashgan, yuz qizargan, qo‘l barmoqlari musht tugilgan, oyoqlar mudofaa holatida, ko‘z qorachiqlari toraygan, ko‘z qiri bilan yoki to‘g‘ridan qarash, peshonaning tirishganligi, burun orqali qisqa-qisqa nafas olish va hokazo);
xavotir, hayajon, asabiylik, qo‘rquv belgilari (qo‘l barmoqlarining, ovozning titrashi, nafas olishning tezlashishi, qon tomirlarining bo‘rtishi va (yoki) haddan tashqari tez urishi (ayniqsa bo‘yin sohasida), lablarni tishlash, qo‘lni ko‘krak oldida chalishtirish, bir qo‘l bilan ikkinchisini quchoqlab olish, ko‘krak darajasida (balandligida) biror narsa, masalan, paket, sumka, gullarni ikki qo‘llab ushlab olish va hokazo).
Xodim shubha uyg‘otuvchi shaxs bilan muloqot jarayonida quyidagilarni inobatga olishi lozim: begona shaxsga xayrixohlik, ziyraklik va hurmat bilan munosabatda bo‘lish suhbatdagi psixologik zo‘riqishni pasaytiradi va aksincha, oldindan afsona to‘qish, toqatsizlik, surbetlik, qo‘pollik salbiy, adovatli munosabatni
keltirib chiqaradi.
Shubha uyg‘otuvchi shaxs uchun ekstremal vaziyatda ikki variant bo‘lishi mumkin:
sust, ishonchsiz dalillardan, oldinda paydo bo‘lgan va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga xalal berayotgan «to‘siqlardan» kutilmaganda (masalan, shoshayotgani yoki qayergadir kechikayotganini aytib yoki hatto, hech bir izohsiz) qochish. Bu yanada ko‘proq shubha uyg‘otishi kerak;
o‘zini nazorat qila olmaslik oqibatida to‘satdan tajovuzkor reaksiya ko‘rsatish.
|
| |