• 4. Bahs turlari. Yozma bahs o‘tkazish usullari
  • yengillashtiruvchi mashqlar




    Download 3,89 Mb.
    bet85/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    yengillashtiruvchi mashqlar, boshqacha qilib aytganda, psixogimnastik mashqlar
    o‘tkazish tavsiya etiladi.
    Masalan, ana shu maqsadda o‘tkaziladigan psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    1. O‘qituvchi guruhni aylana shaklida turishlarini so‘raydi va a’zolarni navbatma-navbat o‘rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda, lekin samimiy salomlashishni so‘raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko‘proq yoqqanini so‘raydi.

    2. Guruh a’zolari o‘qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi. Navbat bilan guruh a’zolari o‘rtaga chiqib, xohlagan a’zo bilan so‘zsiz, lekin ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so‘raladi.

    3. Hamma doira shaklida o‘tiradi va o‘qituvchi olib kelgan koptok navbat bilan muloqot qatnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o‘sha odamning kuchli, yaxshi bir sifati aytilib, so‘ng irg‘itiladi. O‘qituvchi koptokning albatta har bir kishiga tegishini nazorat qiladi.

    Bu kabi mashqlar munozara qatnashchilari o‘rtasida o‘zaro tanglikning bo‘lmasligi va o‘z fikrini bayon etayotganda o‘qituvchidan tortinmasligi uchun o‘ziga xos trening hisoblanadi.
    O‘qituvchi munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni yetkaza olishi kerak:

    1. mashg‘ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo‘ladi va ular bir-birlariga yordam berish uchun kelganlar;

    2. munozara o‘zaro muloqotning bir shakli bo‘lib, har bir ishtirokchi bir-biriga ochiq va samimiy munosabatda bo‘lsin;

    v) munozara ishtirokchilarning o‘zaro tajribalarini almashinishlari uchun qulay sharoitdir;
    g) fikr bayon etishda kerak bo‘lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik shiorimiz bo‘lmasin;
    d) munozara paytida ko‘p yozish shart emas;
    ye) agar biror narsa tushunarli bo‘lmasa, uni so‘rashdan tortinmang;
    j) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham bundan manfaatdor bo‘lsinlar, «yashiringan bilim - bilim emas»ligini unutmaylik!

    1. 4. Bahs turlari. Yozma bahs o‘tkazish usullari

    Agar mashg‘ulotlar bir-birlarini yaxshi tanimaydigan boshlang‘ich guruhlarda boshlangan bo‘lsa, «tanishish» mashqlarini o‘tkazish, albatta ishni kichik guruhlardan boshlash lozim. Bunda erkin yo‘naltirilmagan bahs shaklini qo‘llash o‘rinliroq. Bunda o‘qituvchi ishtirokchilarga bir-birlarini yaxshi tanib olsalar, birgalikda harakat qilsalar, umumiy ish uchun manfaatli bo‘lgan natijalarga erishish mumkinligini tushuntirishi lozim.
    Agar ishtirokchilar biror yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish, murakkabroq masala yuzasidan umumiy nuqtai nazarga ega bo‘lish va mantiqiy xulosalarga erishishni maqsad qilgan bo‘lsalar, unda dars avvalida o‘qituvchi yoki oldindan tayyorgarlik ko‘rgan guruh a’zosi ma’ruza qilishi, ma’ruza yuzasidan keyin bahs uyushtirilishi, dars oxirida imkon bo‘lsa, o‘qituvchi o‘zi tayyorlagan tarqatma materiallarini har bir a’zoga berishi kerak. Faollashtiruvchi usullar materiallar qo‘lga berilgach, ishga solinadi.
    Agar darsning yoki amaliy mashg‘ulotning maqsadi tinglovchilardagi aniq qobiliyatlarni rivojlantirish, malakalarni oshirish va yangi tajribadan foydalanish bo‘lsa, unda bahsning predmeti avvalo tajriba almashinuvga qaratilishi, bunda ayrim mashqlar ham bajarilishi, ularning natijalari tahlil qilinishi, rolli o‘yinlarni bajarishgacha olib borilishi kerak. Bunda o‘qituvchining roli ancha mas’uliyatli bo‘lib, u mashg‘ulotgacha konkret yo‘riqnomalarni o‘quvchilarga berishi va guruh ishini muntazam kuzatib, nazorat qilib turadi.
    Agar munozara darslarining maqsadi - ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularni shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog‘lab aytib berishlariga olib kelish bo‘lsa, unda o‘qituvchi «Men» - munozaradaman» holatida guruhli bahsni kichik guruhlarda tashkil etishi, ularda alohida holatlar va vaziyatlarning tahliliga barchaning diqqatini qaratishi, ishtirokchilarni turli rollarni tasavvur qilishga majbur qila olishi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan savolnomalarni dars oxirida tarqatib,
    shakllangan yangi g‘oyani ajratib olishi kerak. Demak, bu shakldagi ish har bir i shtirokchidan puxta tayyorgarlikni va aniq ko‘nikmalarni talab qiladi.
    Bahs shaklida mashg‘ulot o‘tkazganda, qabul qilinadigan qarorlarning ahamiyati katta. Qarorlarning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:

    • mashg‘ulot boshlanishidan oldin o‘qituvchi tahlil qilinishi lozim bo‘lgan muammoni belgilaydi va unga qay tarzda munosabat bildirilishi lozimligini tushuntiradi;

    • qisqa bo‘lsa-da, bu muammoning oldingi darslarga bog‘liqligi, uyga berilgan vazifa, muhokama qilinadigan masalaga oid muhim faktlar esga tushiriladi;

    • bahs qatnashchilari kichik guruhchalarga (4-5 kishi) bo‘linib, mashg‘ulot oxirida fikrlar umumlashtirilishi uchun qog‘ozlar taxt qilib qo‘yiladi;

    • guruhda ishlash mobaynida bildirilgan fikrlarning afzal va kamchilik tomonlari haqidagi o‘z mulohazalarini og‘zaki yoki yozma tarzda qarorlar shaklida bayon etadilar;

    • ish yakunida guruhning vakillari o‘z guruhining ishi to‘g‘risida gapirib, ularni boshqalarniki bilan qiyoslaydi. Zarurat bo‘lsa, o‘qituvchi har bir guruhning qarorlarini o‘zaro qiyoslab, savollarga javob beradi, noaniqroq qarorlarga o‘z munosabatini bildiradi.


    Download 3,89 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




    Download 3,89 Mb.