• 2. Faol o‘qitish metodlari va ularni tashkil etish
  • 1-rasm. Sinf sharoiti.
  • 2-rasm.
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet83/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Monolog - ma’ruzachi yoki o‘qituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi- talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir. Ayni shu usul ta’lim-tarbiya jarayonidag asosiy vosita ekanligi to‘g‘risida ongimizga o‘rnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu holatda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi o‘zi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o‘z mavqeini ta’kidlash imkoniga ega bo‘ladi. Lekin auditoriya, ya’ni tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo‘ladilar va bu narsa ma’lumotning faqat kichik bir qisminigina idro qilish va eslab qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning boshqa yo‘llarini qidirishga majbur bo‘ladi.
    Dialog - o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir. Shuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo‘lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta’minlaydi. Ya’ni, tinglovchilar o‘quv jarayonining ob’yektidan uning subyektiga aylanadilar.
    Dialog jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida fikrlar almashinuvi, bilimlarni o‘zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi. Lekin dialogni tashkil etishdan avval o‘qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo‘lishini inobatga olishi zarur, aks holda o‘zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o‘z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir.
    Polilog - guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, o‘qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o‘quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko‘proq nazariy xarakterli bo‘lib, yangi g‘oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurati bo‘lganda qo‘l keladi. Lekin bu usul mashg‘ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o‘sha soha yuzasidan ma’lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur. Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, munozarani samarali tashkil etish qobiliyati o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, buning uchun o‘qituvchi umuman munozara metodikalarining mohiyati va uni tashkil etish yo‘llarini ilmiy-amaliy jihatdan bilishi kerak.



    1. 2. Faol o‘qitish metodlari va ularni tashkil etish

    Faol o‘qitish metodlariga eng avvalo bahs va munozara yo‘li bilan bilim va malakalar hosil qilish tushuniladi. Bahsning samarali bo‘lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashuvlariga bog‘liq. Quyida keltirilgan rasmlarda tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining mohiyati keltirilgan.
    Har bir holat bahs qatnashuvchilarida o‘ziga xos ruhiy tayyorgarlik va mas’uliyat hissini keltirib chiqaradi.
    1-rasm. Sinf sharoiti. Bu - an’anaviy dars o‘tkazish shakli bo‘lib, tinglovchilar bir-birlarining yuzlarini ko‘rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi o‘qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning mavqelari, mas’uliyati turlicha. Bu sharoitda bahs o‘tkazish mumkin emas. Chunki sinfda oxirgi qatorda o‘tirgan bola bilan birinchi qatorda o‘tirganning darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqei - «Men» - o‘yindan tashqarida».
    2-rasm. «Men» - o‘yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o‘rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim sotsial rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi,hatto boshlovchi ham «qatorda» o‘tiradi.«Ishchanlio‘yinlar»vaboshqa rolli o‘yinlar ana shunday sharoitd o‘tkazilishimumkin

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143




    Download 3,89 Mb.