|
Sotsial psixologiya
|
bet | 71/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Obro‘ samarasi axborot insonning yoki shaxs o‘zini mansub deb hisoblayotgan guruhning obro‘sini oshirishidan qoniqish hosil qilishida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa odamlar ichki jihatdan qabul qilgan maqsad va qadriyatlarni tasdiqlovchi axborot (jumladan, mish-mishlar)ni jon deb qabul qilishi va oson o‘zlashtirishiga asoslanadi.
Mish-mishlar taraflardan biriga boshqasiga qarshi qo‘shimcha dalillar bergan hollarda pozitsiya (mavqe)ni kuchaytirishi effektini yuzaga keltiradi. Bu kabi misollar mamlakatga qarshi olib borilayotgan psixologik urushlarda xohlagancha topiladi.
Mish-mishlar darajasida bilishga bo‘lgan qiziqishlarni qanoatlantirish effekti haddan tashqari qiziquvchan odamlarga xosdir. Bu yerda ham qanoatlanish, albatta, xom-xayol, qiziqishlarning o‘zi ham arzimas va axloqiy jihatdan umidsizdir. Shunga qaramay, bu jamoani qo‘zg‘atuvchi mish-mishlar yuzaga kelishi va tarqalishining psixologik sabablaridan biri hisoblanadi
Bu hodisaning boshqa tomoni ham mavjud. Agar, masalan, shaharda kunduzi odamlar mavzelardan biri uzra ko‘tarilayotgan quyuq tutunni ko‘rgan bo‘lsalar, nima
bo‘lganini bilishga intilishning yuzaga kelishi tabiiydir. Agar odamlarning qiziqishi vakolatli organlarning rasmiy axboroti bilan qanoatlantirilmasa, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish gaplar yuzaga kelishi muqarrar. Binobarin, odamlarda tushunmaslikdan berilgan savol yuzaga kelsa, bunday savol qanchalik nozik va achchiq bo‘lmasin, undan qo‘l siltab ketish mumkin emas, aks holda nosog‘lom mish-mishlar yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Mish-mishlardan kelib chiqadigan hissiy effekt ijobiy modallikni o‘tkir his etish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Hissiyotlar axboroti nazariyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, inson his qilayotgan qoniqish, lazzat mish-mishlardagi xabar (garchi yolg‘on, voqelikka mos kelmaydigan, ammo rostga o‘xshab ketadigan bo‘lsa ham) kutilganidan ortiq axborot berganidagina mavjud bo‘ladi. Qandaydir (moddiy yoki ma’naviy) qadriyatlarga ega bo‘lishga intilgan hollarda axborotning bunday o‘ziga xos ko‘pligi zavq, xursandchilikni yuzaga keltiradi. Masalan, amalga oshish ehtimoli juda kamdek tuyulgan azaliy orzu kutilmaganda ushalganini ta’kidlovchi mish-mishning oqibati ana shunday. Ushbu holda hissiy zavqlanishga (razryadkaga) bo‘lgan ehtiyoj qanoatlantiriladi, holbuki, albatta, mish-mish bunday maqsadga o‘ziga xos tarzda, inson xabarning chin yoki chin emasligini bilmagan baxtli holatda bo‘ladigan davr mobaynidagina erishadi.
Uchinchi bosqichni shartli ravishda aqllarning achishi deb atash mumkin. Darhol rad qilinmagan mish-mishlar tarqalishda davom etadi, katta o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarda hozircha «kar» qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi. Bu bosqich ham, oldingi ikki bosqich ham odamlarning, ya’ni olomonning to‘planishidan avval keladi va uni psixologik jihatdan tayyorlaydi.
To‘rtinchi bosqich olomonning shakllanishi bilan bog‘liq. Dastlab to‘plangan odamlar orasida o‘ziga xos sirkulyar reaksiya boshlanadi, ya’ni bundan keyin bir xildagi xatti-harakatga ruhiy asos yaratuvchi fikr va hissiyotlarning jadal almashinuvi ro‘y beradi. So‘ngra aylanish jarayoni boshlanadi: hissiy qo‘zg‘alish kuchayadi, odamlar buning oqibatida zudlik bilan harakatga o‘tishga tayyor bo‘lib qoladilar. Aylanish jarayonida norozilik ob’yekti aniqlashadi, nafrat obrazi shakllanadi. Nihoyat, odamlarning faollashuvi boshlanadi. Bu jarayonda, masalan, olomon yetakchisi amalga oshirayotgan qo‘shimcha rag‘batlantirish aylanish jarayonida shakllangan obrazga qarshi qaratilgan impulslarni yuzaga keltiradi7.
Mish-mish gaplar shaxslar ongiga quyidagicha ta ’sir ko'rsatadi:
shu muammo bo‘yicha ongda ma’lum tasavvur yuzaga keladi;
aholi orasida guruh-guruh bo‘lib yurishib, jamiyatdagi mavjud tartibni buzish yuzaga keladi.
Beshinchi bosqich olomonda g‘ayrisotsial xulqining rivojlanishi, ya’ni guruhiy tartibbuzarliklarning o‘zidir. Tartibbuzarlikni boshlovchilar ig‘vosiga uchgan eng tajovuzkor shaxslar boshlab beradilar. So‘ngra, taqlid asosida, olomon yomon namunaga ergashadi, beboshlikni rivojlantiradi.
Ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchilari yig‘ilgan olomonning salbiy xulq- atvor mexanizmlaridan ustalik bilan foydalanib, ulardagi tajovuzkorlik instinktlarini qo‘zg‘atadilar. Gap shundaki, mish-mishlar mantiqsizligiga qaramay, aholining muayyan tabaqalari ongi va xatti-harakatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda, afsuski, mish-mish gaplar xatti-harakatning rasmiy axborotga qaraganda kuchliroq determinanti (omili) bo‘ladi.
Odamlar orasida tarqatiladigan xilma-xil mish-mishlarning barchasini bir qator asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Aks ettirilayotgan voqea adekvatligiga ko‘ra, mutlaqo ishonchsiz, haqiqatga yaqin unsurlari bo‘lgan ishonchsiz, haqiqatga o‘xshash hamda haqiqatga o‘xshamaydigan elementlari bo‘lgan ishonchli mish-mishlarga ajratiladi.
Mish-mish tarqatuvchining so‘zlaridan aniqlanadigan pozisiyalarga ko‘ra quyidagilar ajratiladi: istak mish-mish, bunda xabar amalga oshmagan istak tufayli umidsizlik keltirib chiqarish va binobarin, odamlarni tushkunlikka tushirish maqsadiga ega bo‘ladi; qo'rqituvchi mish-mish - tashvish, qo‘rquv va ishonchsizlik kayfiyati ustunlik qiladigan odamlar orasida eng samarali tur; tajovuzkor mish-mish – muayyan shaxslar yoki muayyan odamlar guruhlariga nisba- tan adovat (nafrat) urug‘ini sochadi; ajratuvchi mish-mishlar - odamlarning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjal keltirib chiqaradi, ular o‘rtasida shubha, Ishonchsizlik kabilarni yuzaga keltirib odatdagi sotsial aloqalarni buzadi8.
|
| |