• Moslikning mezoni sifatida kim faoliyat natijalari, a’zolarning sarflagan kuch-energiyalari, faoliyatdan qoniqishni keltiradi
  • Guruhiy qarorlar qabul qilishda o‘zaro ta’sirni kim o‘rgangan
  • Guruhning boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan olinadigan ikki kishi nima deb ataladi?




    Download 3,89 Mb.
    bet67/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Guruhning boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan olinadigan ikki kishi nima deb ataladi?

    1. Diada

    2. Dublikat

    3. Oila

    4. Ota-ona

    1. Guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi deganda nima tushuniladi?

    1. Guruhbozlik

    2. Psixologik moslik

    3. Komformizm

    4. Uyushganlik

    1. Moslikning mezoni sifatida kim faoliyat natijalari, a’zolarning sarflagan kuch-energiyalari, faoliyatdan qoniqishni keltiradi?

    1. R.S.Nemov

    2. Ch.Kuli

    3. N.Obozov

    4. G.Andreyeva

    1. Guruhiy qarorlar qabul qilishda o‘zaro ta’sirni kim o‘rgangan?

    1. N.Obozov

    2. Ch.Kuli

    3. Nemov

    4. T.Mitchell




    1. BOB. OLOMON PSIXOLOGIYASI

    VIII.1. Olomonning umumiy tavsifi. Uning ruhiy birdamlik qonuni


    Olomon deganda oddiy ma’noda millati, kasbi, jinsi va to‘planish sabablaridan qat’iy nazar bir joyga yig‘ilgan individlar tushuniladi. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda esa, bu so‘zning ma’nosi umuman boshqacha. Ma’lum sharoitlarda - va faqat aynan shu sharoitlarda - odamlar yig‘ini umuman yangi xulq-atvor qirralarini namoyon qiladi. Olomonning xulq-atvori olomondagi alohida olingan har bir individning xulq-atvoridan o‘zgachadir. Fikrlovchi shaxs yo‘qolib ketadi, olomonning ichidagi odamlarning hissiyotlari va g‘oyalari bitta yo‘nalishga kiradi.
    J amoa joni(ruhi) paydo bo‘ladi. Albatta bu jonning umri qisqa, lekin juda ham aniq xarakterga ega. Bunday xaloyiqni uyushgan olomon deb atash mumkin. Bu olomon yagona ruhga bo‘ysunadi. Hech qanday ikkilanishlarsiz aytish mumkinki, bir joyga to‘planib qolgan alohida ko‘p individlar uyushgan olomon fe’lini
    namoyon qilmaydi: buning uchun qandaydir ruhlantiruvchi ta’sir kerak. Fikrlovchi shaxsning yo‘qolib ketishi va odamlarning his va fikrlari bir aniq yo‘nalishga kirishi olomonni xarakterlovchi bosh qirrasidir
    Alohida-alohida, bir-birini tanimaydigan minglab individlar ma’lum bir vaqtda ma’lum sabablarga ko‘ra, aytaylik milliy bayram sababiga ko‘ra yig‘ilib, ruhlangan olomon kayfiyatini namoyish qilishi mumkin. Bu odamlar olomon fe’lini ko‘rsatishi uchun qandaydir ta’sir va tasodif yetarlidir. Ba’zan yuzlab odamlar bir joyga to‘planib, sharoit bo‘lmaganligi sababli olomon bo‘lolmaganligi holda, ba’zan oltita odamdan ham bir ruhdagi olomon paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, ma’lum ta’sirlarning ostida ba’zan butun xalq, olomon so‘zining ma’nosini tushunmay turib, o‘zi olomonga aylanishi mumkin.



    Download 3,89 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruhning boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan olinadigan ikki kishi nima deb ataladi?

    Download 3,89 Mb.