• 2. «Olomon» tushunchasi va uning turlari
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet68/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Gyustav Lebonning aytishicha, odam olomon tarkibida o‘ziga xosligini yo‘qotadi, psixik ustanovka shaklidagi har bir odamda turlicha rivojlangan sotsial ong, sotsial qadriyatlar, normalar va axloqiy cheklashlar o‘chadi. Ongsiz poydevor, har bir odamda uning irqidan, millatidan, jinsidan, yoshidan qat’iy nazar bir xil mazmunga ega bo‘lgan hayvoniy mayllar to‘plami, ong osti ochiladi, harakatga keladi. Eng asosiysi, har bir olomon ishtirokchisining ongsizlik sohasi yagona bir strukturaga birlashadi.
    Buning natijasida, birinchidan ko‘pchilik orasida ekanligi tufayli odam o‘zida yengib bo‘lmas qudrat hissini tuyadi, odamni alohida holatda jilovlab turadigan mas’uliyat kuchi o‘chadi.
    Ikkinchidan olomon tarkibida yuqumlilik shu qadar yuqori bo‘ladiki u har bir olomon ishtirokchisiga gipnotik ta’sir ko‘rsatadi, har bir harakat, hissiyot shu qadar kuchli yuqadiki, odam osongina o‘z shaxsiy manfaatlarini olomon uchun qurbon qiladi.
    Uchinchidan olomon tarkibida odamning ta’sirga beriluvchanligi ortadi, ikkinchi shart yuqumlilik esa ta’sirga beriluvchanlikning ortishi tufayli paydo bo‘ladi.
    Bir so‘z bilan aytganda, olomon tarkibida ongli shaxs yo‘qoladi, ongsiz individ ustunlik qila boshlaydi, ta’sirga beriluvchanlik oqibatida butun olomonning fikri va hissiyoti bitta yo‘nalishga birlashadi, har qanday yuqtirilgan g‘oyani beto‘xtov amalga oshirish tendensiyasi paydo bo‘ladi. Odam o‘z-o‘ziga ega bo‘lmay qoladi, u irodasiz avtomatga aylanadi.
    Olomon psixologiyasining yana bir xususiyati shuki, olomon uchun mantiq mantiqsizlikdan iborat. Uning uchun shubha ham, ishonchsizlik ham yo‘qoladi. Har qanday obraz assotsiativ - har bir odamda bir-biriga bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi, har qanday shubha ishonchga aylanadi, har qanday antipatiya - salbiy hissiyot, nafrat tug‘diradi.
    Olomonning mantiqsizligi, ishonuvchanligi uning kuchli avtoritetga, alohida obro‘li shaxsga bo‘ysunuvchanligiga sabab bo‘ladi. Olomon kuchnigina hurmat qiladi, o‘z qahramonidan qudratni, hatto kuch ishlatishni talab qiladi. Bu yerda go‘yoki
    inson psixikasiga xos bo‘lgan ikki qarama-qarshi (ambivalent) hissiyot - mazoxizm (azoblanish) va sadizm (azoblash, shafqatsizlik) baravar uyg‘onadi. Olomon o‘zi shafqatsiz, lekin ayni paytda u o‘ziga egalik qilishlarini, uni boshqarishlarini xohlaydi.
    O‘zining qoloqligi tufayli olomon har qanday yangilikdan nafratlanadi va har qanday an’anaga bo‘yin egadi. Olomonga ta’sir ko‘rsatishni xohlagan odam o‘z fikrlarining mantiqiyligini o‘ylamasligi, o‘z fikrini yorqin ranglar, ehtiroslar bilan ifodalashi va har doim bitta fikrni takrorlashiga to‘g‘ri keladi. Aqlga emas ehtirosga murojaat qilish, ilohiyot pardasiga o‘ralgan g‘ayritabiiylik olomonni tiz cho‘kishga majbur qiladi.
    Uilyam Mak-Dugallning ta’kidlashicha, olomon psixologiyasining eng hayron qolarli belgisi uning affektivliligi, qahr g‘azabining junbushga kelishidir. Qonuniyatga ko‘ra g‘azablangan odamni kuzatib turgan odamda ham o‘z-o‘zidan o‘xshash holat vujudga keladi va induksiya qonuniga ko‘ra individdan individga o‘tgan sayin g‘azab hissi kuchayib boraveradi. Olomon affekti (g‘azabi) shu darajaga yetadiki, u hech qanday sotsial norma, jilovlovchi omilni nazar-pisand qilmay qo‘yadi. Olomonning har bir a’zosi boshqalarga taqlid qilishga, ularga jo‘rovoz bo‘lib hayqirishga harakat qilaveradi.
    Mak-Dugallning fikricha olomon g‘azabining ortib borishiga yuqumlilik va taqlidchanlikdan tashqari yana olomonning alohida har bir odamda cheksiz qudrat va bartaraf qilib bo‘lmaydigan xavf taassurotini uyg‘otishi ham sabab bo‘ladi. Ana shu qonuniyatlarni yaxshi bilgan terrorizm nazariyotchi va amaliyotchilari shafqatsiz terroristik aktlarni amalga oshirishda olomondan ustalik bilan foydalanmoqdalar, do‘ppi tor kelib, maqsad amalga oshmay qolsa olomonni o‘z maqsadlari yo‘lida qurbon qilib, tinch aholiga o‘q uzishdi, deb ko‘z yoshi to‘kishga ham zamin tayyorlab qo‘yishmoqda.



    1. 2. «Olomon» tushunchasi va uning turlari

    «Olomon» atamasi sotsial psixologiyaga XIX asrning oxiri va XX asrning boshida yuz bergan ommaning qudratli inqilobiy ko‘tarilishi davrida kirib keldi. O‘z tabiatiga ko‘ra olomon harakatdagi, shuningdek, tajovuzkor, qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik (masalan, pir, aytaylik mashhur jaz muxlislarining diniy mutaassibligi (fanatikligi) yoki aqlsizligi tufayli yuzaga keladigan olomon) turlarga bo‘linadi. Mazkur tasnifning muallifi psixolog Yu.A.Sherkovin ta’kidlaganidek, bunday ajratish shartlidir. Olomonning bir turi ayni vaqtda boshqasining jihatlariga ega bo‘lishi va yangi turiga aylanishi mumkin4.
    Sobiq Ittifoq sotsial psixologlari (B.F.Porshnev, B.D.Parigin, Yu.A.Sherkovin, N.F.Fedenko va boshqalar) ning ilmiy ishlarini tahlil qilish asosida olomoning bir qator psixologik xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
    Olomonning eng muhim farqli jihati uni tashkil etuvchi odamlar tarkibining tasodifiy xususiyatlaridir. Bu, albatta, olomonning yuzaga kelishi sotsial hodisalarning sabab-oqibatlari doirasidan chetga chiqishini bildirmaydi. Olomonning dastlabki o‘zagi oqilona mulohazalar ta’sirida shakllanishi va o‘z oldiga juda aniq maqsadlar qo‘yishi mumkin. Biroq o‘zakning bundan keyingi rivojlanishi shiddat bilan va o‘z-o‘zidan yuz beradi. Olomon bungacha bir-birini mutlaqo tanimagan, umumiy tomonlariga ega bo‘lmagan odamlarni o‘z ichiga olib, o‘sib boradi.
    Bunga ishonch hosil qilish uchun spirtli ichimlik iste’mol qilgan va bezorilik qilayotgan o‘smirlar olomoniga murojaat etishning o‘zi yetarli. Bunday olomon tarkibida uni jipslashtirish bo‘yicha faol harakat qiluvchi va sekin-asta uning xatti- harakatini yo‘naltiruvchi boshlovchilar ajralib turadi. Bular jamiyatda o‘rnatilgan axloq qoidalarini tan olmaydigan, axloqi buzilgan odamlardir. O‘z qadriyatlarini olomon harakatlarining yo‘nalishi bilan birday ko‘ruvchi olomon ishtirokchilari ulardan ajralib turadi. Masalan, ba’zan olomonning tajovuzkor harakatlari qaratilgan ob’yektdan alamzada bo‘lib yurgan odamlar ham guruhiy tartibbuzarliklarga tortiladilar. Ular boshlovchi emas, ammo olomonning ta’sir doirasida qolib, unda faol ishtirok etadilar. Olomon ichida unga faqat o‘z «bebosh fe’lini» ko‘rsatib qo‘yish, o‘zining shafqatsizlikdan huzur qiladigan impulslarini chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgani tufayligina olomonga qo‘shilgan tajovuzkor shaxslar ayniqsa katta xavf tug‘diradi. Odatda, ular eng og‘ir harakatlarni sodir etadilar.
    Guruhiy tartibbuzarlik ishtirokchilari orasida adashganlari ham mavjud. Chunki ular vaziyatni xato, adolat prinsipini noto‘g‘ri tushunganligi tufayli olomonga kirib qoladilar. Bunday insonning xulqini baholashda uning ob’yektiv oqibatlarini va sub’yektiv jihatlarini farqlash zarur. Ob’yektiv jihatdan u guruhiy tartibbuzarlik ishtirokchisi bo‘lib qoladi, sub’yektiv jihatdan esa u o‘zini jamiyatga qarshi unsur deb hisoblamaydi.
    Olomonga, shuningdek obivatellar (tasodifiy qo‘shilib qolganlar) ham kiradi. Ular katta faollik ko‘rsatmaydilar, ularni sport sharhlovchilari aytganlaridek, hayajonga soluvchi tomosha sifatidagi tartibbuzarlik o‘ziga jalb qiladi. Bu tomosha go‘yoki ularning bir xil va zerikarli, bema’ni tirikchiligiga qandaydir yangilik kiritadi. Guruhiy tartibbuzarliklarda umumiy kayfiyatga beriluvchan, stixiyali hodisalar hukmiga o‘zini qarshiliksiz berib yuboradigan o‘ta ta’sirchan odamlar ham ishtirok etadilar. Nihoyat, olomonga tashqaridan (ichki pozitsiyasi nuqtai nazaridan) kuzatib turadigan, voqealarning borishiga aralashmaydigan oddiygina tekin tomoshabinlar ham kiradi. Biroq ularning hozir bo‘lishi ommaviylikni oshiradi, olomon stixiyasining odamlar xatti-harakatiga ta’sirini kuchaytiradi.
    Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, olomonning tasodifiy tarkibi - uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, buni guruhiy tartibbuzarliklarga qarshi kurash choralarini ko‘rishda inobatga olmaslik mumkin emas.
    Olomonning keyingi xususiyati odamlar xatti-harakatining bir xilligini belgilovchi sotsial-psixologik hodisalarning o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamoada bir xildagi xatti-harakat ongli ravishda qo‘yilgan va barcha e’tirof etgan hamda ijobiy sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning umumiyligi bilan ta’minlanadi. Olomon esa asosan odamlarning bunday umumiyligini norozilik ob’yektiga qarshi qo‘yish evaziga yaratiladi. B.F.Porshnev ta’kidlaganidek, olomonni uning «qarshiligi», «ularga» qarshiligi umumiylikka aylantiradi.
    Olomonning keyingi xususiyati - bu hissiy rezonans deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos sotsial psixologik hodisaning amal qilishi sanaladi. Guruhiy tartibbuzarlikda ishtirok etuvchi odamlar nafaqat oddiygina bir-biri bilan yonma-yon keladi, balki atrofdagilami qo‘zg‘atadilar va o‘zlari ham ulardan ta’sirlanadilar. Bir kishining olgan qo‘zg‘alishi, boshqasining idrok etish ob’yektiga aylanib, uning qo‘zg‘alishini yanada kuchaytiradi va bu hol ong tomonidan nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan hissiy portlashgacha borishi mumkin.
    Olomon sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:


    1. Download 3,89 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




    Download 3,89 Mb.