|
Sotsial psixologiya
|
bet | 64/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Tayanch tushunchalar: shartli, real, katta, kichik, uyushgan, uyushmagan, funksiya, parametr, struktura, maqsad, faoliyat, muloqot, diada, konformizm, referent, normativ, qiyosiy, negativ, agregatsiya, avtonomlik, uyushganlik, o‘zaro moslik, etnik, etnotsentrizm,.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Guruhlarning turlarini izohlab bering.
G.Andreyeva guruhlarni qanday klassifikatsiyasini talqin etgan?
Guruh bo‘lishi uchun qanday talablarga javob berishi kerak?
Sotsial psixologiyada qaysi guruhlar bo‘yicha ko‘proq tadqiqot ishlari olib borilgan?
Guruhlardagi dinamik jarayonlarga nimalar kiradi?
Fasilitatsiya va ingibitsiya tushunchalariga izoh bering.
Konformizm deganda nimani tushunasiz?
Har bir shaxning fe’l-atvoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
Referent guruh haqida gapirib bering.
R.S.Nemov qanday kichik sotsial guruhlarning klassifikasiyasini taklif
etgan?
Guruh o‘lchamlari va uning tizimi haqida fikr yuriting.
Kichik guruhning chegarasi masalasida olimlarning fikrlarini bayon qiling.
Psixologik moslik deganda nimani tushundingiz?
Guruhiy qarorlar qabul qilishda o‘zaro ta’sir masalasini tushuntirib bering.
Katta guruhlarni tadqiq qilish bo‘yicha ishlarning ozligiga sabab nima?
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Kimning kitobidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlari haqida ma’lumotlar berilgan?
Andreyeva
Karnegi
Freyd
Nurrey
Andreyeva har qanday kishilar guruhini qanday guruhlarga ajratadi?
Katta va kichik
Real va tabiiy
Shartli va real
Shartli va tabiiy
Qaysi guruh o‘z ichida endi shakllanayotgan diffuz va taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi?
Uyushgan
Uyushmagan
Katta
Kichik
|
| |